Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Siyosiy ahvol


25
hisobladi. Lekin, bu haqiqat sirligicha qolib ketmadi. 1897-yilda u
matbuot yuzini ko‘rdi.
Fransiyaning barcha demokratik kuchlari A. Dreyfus ishini qayta
ko‘rib chiqishni talab eta boshladi. Sharmanda bo‘lishni istamagan
kuchlar soxta guvohning o‘ldirilishini uyushtirdi. Estergazi esa
Fransiyadan qochib ketishga muvaffaq bo‘ldi.
„Dreyfus ishi“ atrofidagi kurash uzoq davom etdi. Oxir-oqibatda
hukumat uni ozodlikka chiqarishga majbur bo‘ldi. Biroq, u aybsiz-
ligi uchun emas, „sog‘lig‘i yomonlashgani“ uchun ozod qilindi.
A. Dreyfus faqat 1906-yildagina to‘la oqlandi.
XX asr boshlariga kelib, mamlakatda mo‘-
tadil siyosiy barqarorlik ta’minlandi. Bunga
XIX asr 90-yillarining o‘rtalaridan bosh-
langan iqtisodiy yuksalish tufayli erishildi. 1913-yilda Fransiya,
xususan, temir rudasi qazib chiqarish bo‘yicha AQSH va Ger-
maniyani ortda qoldirdi.
Sanoatda yangi tarmoqlar (elektrotexnika, avtomobil va kimyo)
tez rivojlana boshladi. Natijada, sanoatda xizmat qilayotgan aholi-
ning soni 36 foizga yetdi. 40 foiz aholi qishloq xo‘jaligida band edi.
Fransiya eksportida jun birinchi, ið-gazlama ikkinchi, shoyi
gazlama uchinchi, fransuz vinolari to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Fransiyaning chetga kapital chiqarish quvvati yanada ortdi. Bu
borada u dunyoda Buyuk Britaniyadan so‘ng ikkinchi o‘ringa chiq-
di. 1914-yilga kelganda Rossiyaga 13 mlrd., Buyuk Britaniya va
AQSHga 5 mlrd., Janubiy Amerika davlatlariga 6 mlrd. frank
miqdorida kapital chiqardi.
Bu kapitallar foiz hisobida Fransiyaga juda katta miqdorda da-
romad keltiribgina qolmay, ayni paytda siyosiy ittifoqchilarni ham
vujudga keltirdi.
Fransiya mehnatkashlarining ahvoli esa og‘ir
edi. Ular kuniga 10—12 soat, ba’zan 14—
16 soatgacha ishlashga majbur edi. Mehnatkashlar o‘z haq-huquq-
lari uchun kurasha boshladi. Bunday sharoitda ishchilar harakatini
uyushtirish muhim ahamiyatga ega edi. 1880-yilda ishchi tashkilot-
lari vakillari „Fransiya ishchi partiyasi“ni tuzdi. Ayni paytda, ish-
chilar mehnat birjalari tuzildi. Ular ishsizlar va ish tashlashda
qatnashayotganlar haqida g‘amxo‘rlik qila boshladi.
Chunonchi, mehnat qonunlari Kodeksiga ko‘ra, ish vaqtida
olingan jarohat uchun to‘lov to‘lanadigan bo‘ldi. Haftada bir kun—
dam olish kuni joriy etildi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin