Shartli belgilar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/143
tarix26.12.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#77948
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   143
Jahon tarixi. 9-sinf (2014, M.Lafasov, U.Jo\'rayev)

Iqtisodiy hayotdagi
o‘zgarishlar
Ijtimoiy harakat


26
1910-yilda esa pensiya haqida qonun qabul qilindi. Unda pensiya
yoshi 65 yosh deb belgilandi (bu ko‘rsatkich Germaniya va Buyuk
Britaniyada 70 yosh edi). Ayni paytda ijtimoiy harakatda ikki asosiy
oqim mavjud edi. Ularning biri — jamiyatni parlament yo‘li bilan
(islohotlar orqali) qayta qurish, ikkinchisi esa noqonuniy yo‘l
bilan (qurolli qo‘zg‘olon) qayta qurish yo‘li edi. Ikkinchi yo‘l
bora-bora o‘z ta’sirini butunlay yo‘qotdi.
Anarxizm
(yunoncha — hokimiyatsizlik, beboshlik) — alohida bir
shaxsning xohish-irodasinigina tan olib, har qanday hokimiyat va
davlat tuzumini rad etuvchi ta’limot.
Shovinizm
— irqiy ayirmachilik va milliy nizoni avj oldirishga urinuvchi
o‘taketgan millatchilik.
Siyosiy reaksiya
— taraqqiyotga qarshi, eskirgan ijtimoiy tartiblarni
saqlab qolish tarafdori bo‘lgan siyosiy kuch.
Savol va topshiriqlar
1. Fransiya hukumati ichki siyosatda qanday muhim tadbirlarni
amalga oshirdi?
2. „Dreyfus ishi“dan ko‘zlangan asosiy maqsad nima edi?
3. XIX asr oxiri—XX asr boshlarida Fransiya iqtisodiy ahvolida
qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?
4. Fransiya mehnatkashlari o‘z haq-huquqlari uchun olib borgan
kurashlarida nimalarga erishdi?
Nega oxir-oqibatda Fransiyada ijtimoiy harakatda jamiyatni
islohotlar yo‘li bilan qayta qurish yo‘li g‘alaba qozongan?
Fransiyaning tashqi siyosati
XIX asrning 70-yillaridan boshlab, Fran-
siyaning xalqaro maydondagi ahvoli zaif-
lashdi. Prussiya bilan bo‘lgan urushdagi qaq-
shatqich mag‘lubiyatdan so‘ng Fransiyaning kontinental Yev-
ropadagi yetakchi davlat mavqeyi yo‘qqa chiqdi. Endi Fransiya
Germaniya hujumidan xavfsirab yashaydigan davlatga aylandi.
Ayniqsa, 1879-yilda Germaniya va Avstriya-Vengriya o‘rtasida
tuzilgan ittifoqchilik shartnomasi Fransiyaning xalqaro mavqeyini
yanada yomonlashtirib yubordi. Shunday bo‘lsa-da, Fransiya boshqa
buyuk davlatlar o‘rtasidagi nizolardan ustalik bilan foydalanib,
o‘z mustamlakachilik imperiyasini tobora kengaytirish imkoniga
ega bo‘ldi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin