29
1907-yilda esa Rossiya 1904-yilda Buyuk Britaniya va Fransiya
o‘rtasida tuzilgan harbiy-siyosiy ittifoqqa qo‘shildi. Shu tariqa Antanta
vujudga keldi va Yevropaning buyuk davlatlari ikki harbiy-siyosiy
ittifoqqa bo‘linib ketdi.
Savol va topshiriqlar
1. Qanday sabablarga ko‘ra Fransiyaning kontinental Yevropadagi
yetakchi davlatdek mavqeyi yo‘qqa chiqdi?
2. Fransiya mustamlakachilik imperiyasi qay tarzda tashkil etildi?
3. Fransiyani Buyuk Britaniya va podsho Rossiyasi bilan yaqinla-
shishga majbur etgan omillarning o‘xshash va o‘ziga xos jihatlarini
aniqlang.
Nega kecha o‘zaro munosabatlari yomon bo‘lib kelgan davlatlar
vaqt o‘tishi bilan bir-biriga ittifoqchi yoki, aksincha, o‘zaro raqib
davlatlarga aylanib qolgan?
XIX asr oxiri — XX asr boshlarida
Germaniya. Imperiyaning tashkil topishi
Yuqorida aytilganidek, Fransiya—Prussiya
urushi davom etayotgan bir paytda, ya’ni
1871-yilning 18-yanvarida barcha german
davlatlarining monarxlari Versalda to‘planib, Prussiya qiroli Vil-
gelm I ni Germaniya imperatori deb e’lon qildilar. Bu Ger-
maniyaning ikkinchi marta imperiya deb e’lon qilinishi edi. (Eslang:
Germaniya qachon 1-marta imperiya deb e’lon qilingan edi?)
Shunday qilib, butun Germaniya hududining 2/3 qismida joy-
lashgan, aholisining esa 60%i yashayotgan Prussiya monarxiyasi
yetakchiligida Germaniyaning birlashuvi tugallandi. Yagona va yaxlit
Germaniya imperiyasi barpo etildi.
1871-yil imperiya reyxstagi umumgerman
konstitutsiyasini qabul qildi. Germaniya
imperiyasi ittifoqchilar davlati bo‘lib qoldi.
Elzas-Lotaringiya imperiya tarkibiga hokim (shtatgalter) tomoni-
dan idora qilinadigan „maxsus imperiya viloyati“ bo‘lib kirdi. Ho-
kimni imperatorning o‘zi tayinlardi. Imperiyaga kirgan ayrim dav-
latlar o‘z konstitutsiyalari va parlamentlarini (landtaglarini) saqlab
qoldi.
Dostları ilə paylaş: