31
texnologiya hamda fan va texnika yutuqlarini joriy etdi. Ayniqsa,
Òomson tomonidan fosfor olish jarayonining soddalashtirilishi
Germaniya sanoatining gurkirab rivojlanishi
uchun katta imko-
niyatlar yaratdi. Chunki, Germaniya fosfor rudalarining asosiy
makoni edi.
Òo‘rtinchidan, sanoatning tez sur’atlar
bilan militarlashtirilishi
ishlab chiqarishning rivojlanishiga ta’sir etmay qolmadi. Fransiya-
dan undirilgan tovonning ma’lum qismi
harbiy buyurtmalar uchun
to‘landi.
Bu omillar, ayni paytda, Germaniyani
agrar davlatdan industrial
davlatga aylantirdi.
Germaniya kimyo sanoatida jahonda birinchi o‘ringa chiqib
oldi. Òemir va po‘lat ishlab chiqarishda esa AQSHdan so‘ng ik-
kinchi o‘ringa chiqdi. Cho‘yan ishlab chiqarish 1912-yilda 17,6
mln. tonnaga yetdi.
Sanoat rivojlanishi bilan ishlab chiqarish
tobora yirikroq kor-
xonalarda to‘plana bordi. Bu davrda har birida 1000 dan ortiq ishchi
ishlaydigan korxonalar soni 600 taga yaqinlashgan edi.
Ayni paytda, sanoatda ishlab chiqarishning
markazlashuvi ku-
chaydi. Masalan, ko‘mir qazib chiqarish, cho‘yan va po‘lat eritish,
asosan, 4 ta monopoliya qo‘lida to‘plandi.
1914-yilga kelib, Germaniyada sanoat ishlab chiqarishi 1871-
yilga nisbatan 7 marta ko‘paydi.
Sanoat ishlab chiqarish hajmi
jihatidan Germaniya dunyoda
AQSHdan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi. Qishloq xo‘jaligi ham tez
sur’atlar bilan taraqqiy eta boshladi.
Shnayder zavodida to‘plarni yig‘ish jarayoni.
32
Bundesrat
(Ittifoq Kengashi) — Germaniya
parlamentining yuqori
palatasi.
Reyxstag
— Germaniya parlamentining quyi palatasi.
Dostları ilə paylaş: