28
riga mos kelardi. Chunki, bu davrda xalqaro maydonda Germaniya
uning birinchi raqibiga aylanib qolgan edi.
Nihoyat, Fransiya — Buyuk Britaniya yaqinlashuvi yuz berdi.
Bu yaqinlashuv 1904-yilda ular o‘rtasida bitim imzolanishi bilan
yakunlandi. Bu bitim ularning mustamlakalar masalasi yuzasidan
kelishuvlarini o‘zida aks ettirgan edi. Xususan, Fransiya Buyuk
Britaniyaning Misrdagi harakatlariga bundan buyon to‘sqinlik
qilmasligini, Misrning Buyuk Britaniya ta’sir doirasida ekanligini
tan oldi. O‘z navbatida, Buyuk Britaniya Fransiyaning Marokashdagi
manfaatlarini tan oldi.
Marokash sultoni o‘z vazifasini bajara olmasligi ehtimoli borligi
va shunday bo‘lib qolsa, Marokash hududining Gibraltar bo‘g‘oziga
bevosita tutash bo‘lgan qismini Ispaniyaga berish belgilab qo‘yildi.
Marokashning qolgan qismini Fransiya o‘z qo‘liga olishi ko‘zda
tutildi.
Buyuk Britaniya uchun Gibraltar bo‘g‘ozi Fransiyaning emas,
boshqa o‘zi uchun xavfsizroq bo‘lgan Ispaniya tasarrufida bo‘lishi
ma’qul edi.
1904-yilgi ikki davlat o‘rtasidagi bitim aslida Buyuk Britaniya va
Fransiya o‘rtasida harbiy-siyosiy ittifoq to‘g‘risida shartnoma
tuzilganligini ham anglatar edi.
XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Rossiya
va Avstriya-Vengriya munosabatlari tobora
yomonlashib bordi. Bunga ikki davlat
manfaatlarining Bolqon yarimorolida keskin to‘qnash kelganligi
sabab bo‘ldi.
1879-yilda Germaniya va Avstriya-Vengriya harbiy-siyosiy
ittifoqining tuzilishi hamda bu ittifoqqa Italiyaning qo‘shilishi
vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Shunday bir sharoitda Fransiya
va Rossiyaning yaqinlashuvi tabiiy bir hol edi. Germaniyaning
yanada kuchayib ketishini istamagan Rossiya Germaniyaning
Fransiyaga qarshi yangi urush ochish rejalariga to‘sqinlik qilib
keldi.
1882-yilda „Uchlar ittifoqi“ning tashkil etilganligi Fransiya
bilan Rossiyani yaqinlashishga majbur etdi.
Nihoyat, 1891-yilda bu ikki davlat o‘rtasida ittifoq bitimi tuzildi.
Bitimga ko‘ra, bu ikki davlatdan biriga tashqi hujum sodir etilganda,
har ikki tomon bir vaqtning o‘zida harbiy safarbarlik e’lon qilishi
ko‘zda tutildi.
Dostları ilə paylaş: