37
Biroq, 1907-yilda tuzilgan Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya
ittifoqi Germaniyaning tashqi ahvolini murakkablashtirib yubordi.
XIX asr oxiridan boshlab, Germaniya—
Turkiya munosabatlari tobora yaqinlashib
bordi. Turkiya Germaniya qiyofasida o‘z
xaloskorini ko‘rgandek edi.
Xo‘sh, bunga nimalar sabab bo‘lgan? Yevropaning buyuk
davlatlari bo‘lgan Buyuk Britaniya ham, Fransiya va Rossiya ham
Turkiya uchun imperiyaning hali u, hali bu hududlariga ko‘z
olaytirayotgan yoki birin-ketin ularni bosib olayotgan umumiy
dushman davlatlarga aylangan edi. Masalan, Turkiyaga rasman qa-
ram bo‘lgan Misrni bosib olgan Buyuk Britaniya emasmidi? Yoki
Tunis va Marokashga da’vogar Fransiya emasmidi?
Qora dengizni O‘rtayer dengizi bilan bog‘lashga imkon beruvchi
Turkiyaga qarashli Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozlariga, Istanbul
shahriga da’vogarlik qilayotgan Rossiya emasmidi? Albatta, shunday
edi. Binobarin, bunday sharoitda Germaniya Turkiya ko‘z o‘ngida
uning imperiyasi hududlariga da’vo qilmayotgan birdan bir davlat
edi.
Buyuk davlatlarning bosimiga bardosh berish uchun Turkiyaga
Germaniyadek ittifoqdosh zarur edi. Germaniya uchun Bag‘dod
temiryo‘lini qura olsa, kelgusida butun Yaqin Sharqqa egalik qilishi
mumkindek edi. Shuning uchun ham Germaniya Turkiyani ham
moliyaviy, ham harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatladi.
Bu ikki davlat o‘rtasidagi yaqinlik, oxir-oqibatda, Turkiyani
o‘zi sezmagan holda Germaniyaning deyarli vassaliga aylantirib
qo‘ydi. Endi, Turkiya xohlaydimi, yo‘qmi yaqinlashib kelayotgan
Birinchi jahon urushida Germaniya tarafida turib urushda qatnashishga
majbur edi.
Germaniya ham mustamlakalar bosib olish-
dan chetda turmadi. XIX asrning 90-yilla-
rida u egallagan mustamlakalar hududi
o‘zining hududidan deyarli besh baravar ortiq edi.
Ayni paytda, Germaniyaning Yevropada hukmron bo‘lishi
haqidagi da’volari kuchaydi.
Ikkinchidan, jahon bozorlarida Germaniya Buyuk Britaniyaning
asosiy raqibiga aylandi.
Uchinchidan, Afrikani qayta taqsimlashni talab etayotganligi
uning ham Fransiya, ham Buyuk Britaniya bilan munosabatlarini
yanada keskinlashtirib yubordi.
Dostları ilə paylaş: