34
Qishloq xo‘jaligida texnikaning keng qo‘llanilishi
ortiqcha ish-
chi kuchlarining ish izlab shaharga ko‘chishiga olib keldi. Bu esa
gurkirab rivojlanayotgan sanoatni ishchi kuchi bilan ta’minlashga
keng yo‘l ochdi.
Germaniyaning qisqa tarixiy davr ichida agrar davlatdan qudratli
industrial davlatga aylanishida bu omil ham muhim rol o‘ynadi.
Germaniya
qanchalik gurkirab rivojlan-
masin, bu mamlakat ishchilari AQSH va
Buyuk Britaniya ishchilariga nisbatan kam
ish haqi olardi. 1900—1903-yillardagi
jahon iqtisodiy inqirozi
ishsizlikning ortishiga, ish haqining yanada kamayishiga olib keldi.
Oqibatda, ishchilarning moddiy ahvoli og‘irlashdi. Shunday
sharoitda GSDP ishchilar manfaatini parlament yo‘li
bilan himoya
qila boshladi. 1912-yilgi parlament saylovida bu partiya 34,8% ovoz
olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu muvaffaqiyat hukumatni ham yon berishga
majbur etdi. Natijada, ish haqi qisman bo‘lsa-da
oshirildi, ish kunining
9,5 soatga tushirilishiga erishildi. Biroq, ishchilar bu bilan kurashni
to‘xtatib qo‘yganlari yo‘q. Ular endi 8 soatlik
ish kuni belgilanishi
talabi bilan chiqa boshladilar.
GSDP ishchilarning manfaati uchun kurashning tinch, par-
lament yo‘lini tanlagan edi. Bu Parij Kommunasi saboqlaridan kelib
chiqib tanlangan birdan bir to‘g‘ri yo‘l edi.
GSDPning parlament
yo‘li bilan kurash taktikasining asosida jamiyatdagi dolzarb, asosiy
muammolarni islohot yo‘li bilan hal etish maqsadi yotar edi. Ayni
paytda, bu yo‘l fuqarolar totuvligini ham nazarda tutardi.
To‘g‘ri, GSDPning rahbarlari ichida
mavjud tuzumni qurolli
qo‘zg‘olon yo‘li bilan o‘zgartirish lozim, deb hisoblovchilar ham
yo‘q emas edi. Biroq ular kamchilikni tashkil etgan.
Butun o‘tgan tarixiy davr bu yo‘lning xato ekanligini tasdiqladi.
Dostları ilə paylaş: