Kansler — Bosh vazir.
Savol va topshiriqlar 1. Germaniya birinchi marta qachon imperiya deb e’lon qilingan?
2. Germaniyani birlashtirish jarayoni haqida nimalarni bilib ol-
dingiz?
3. Imperiya davlat hokimiyatining oliy organlari nomlarini qayd
eting.
4. Qanday omillar Germaniyaning iqtisodiy jihatdan gurkirab
rivojlanishini ta’minladi?
Otto fon Bismark haqida referat tayyorlang.
Imperiyaning ichki siyosati German hukumati ichki siyosatda Germa-
niyani prusslashtirish masalasiga alohida
e’tibor berdi. Imperiya konstitutsiyasida Prussiya qirollarigina Ger-
maniya imperatori bo‘la olishining qayd etilganligi buning yorqin
dalili edi.
Polsha va Fransiyaning Germaniyaga o‘tgan hududlarida ham
prusslashtirish siyosati yuritildi. Polyak tilida o‘qitiladigan maktablar
yopib qo‘yildi. Bunga javoban 1906-yilda 100 mingdan ortiq polyak
bolalari maktabga borishdan bosh tortdi.
Bismark hukumati katolik cherkovining ta’sirini kamaytirishga
qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. Bu o‘rinda 1872-yilda qabul
qilingan maxsus qonun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Unga ko‘ra,
maktab cherkovdan ajratildi. Ruhoniylarning siyosiy tashviqot olib
borishi taqiqlandi. Ruhoniy kadrlar tayyorlash, ularni vazifalarga
tayinlash ishlarini davlat o‘z qo‘liga oldi.
Fuqarolik holati aktlarini qayd etish ishlari ham (tug‘ilish, nikoh,
vafot etganlik) davlat idoralari ixtiyoriga o‘tkazildi. Bismarkning ka-
tolik cherkovi ta’siriga qarshi qo‘llagan tadbirlari „ Kulturkampf“ (Madaniyat uchun kurash) degan nom oldi.
Bismark hukumati, ayni paytda, ishchilar va sotsialistik ha-
rakatni ayovsiz bostirish siyosatini yuritdi. Bu davrda 1875-yilda
tashkil etilgan Germaniya sotsial-demokratik partiyasining (GSDP)
9-§.