39
4. Germaniyaning I jahon urushiga zo‘r berib ko‘rgan
tayyorgarligini
misollar bilan asoslang.
5. Bugungi Germaniya Federativ Respublikasi va Fransiya mu-
nosabatlariga doir ma’lumotlarni to‘plang.
XIX asr oxiri — XX asr boshlarida
Buyuk Britaniyaning siyosiy va
iqtisodiy ahvoli
Buyuk Britaniya
bu davrda ham konsti-
tutsiyaviy monarxiya edi. Biroq, Germa-
niyadan farqli o‘laroq, bu davlatda qirol
hokimiyati asosiy rol o‘ynamasdi. Buyuk Britaniya qirollari davlat
boshlig‘i edi, xolos. Ular davlatni amalda boshqarmaganlar.
Davlatning
ichki va tashqi siyosatini boshqarish parlament tuzadigan hukumat
qo‘lida edi.
Buyuk Britaniyada qaysi partiya parlament saylovida g‘olib chiq-
sa, shu partiya hukumat tuzar edi. Mamlakatda kuchli ikki partiya-
viy tizim qaror topgan bo‘lib, ularning biri Konservatorlar,
ikkinchisi esa Liberallar partiyasi deb atalardi. Konservatorlar
partiyasining asosiy tayanchi yirik zamindorlar
va anglikan cherkovi,
Liberallar partiyasining asosiy tayanchi esa o‘rta sinf vakillari edi.
Konservatorlar partiyasi an’analarga sodiqligi bilan ajralib tur-
sa, Liberallar partiyasi zamon ruhiga mos islohotlar o‘tkazish
tashabbuskorligi bilan ajralib turardi. Ayni paytda, ularni birlash-
tiruvchi yagona manfaatlar ham mavjud edi.
Bu manfaatlar mush-
tarakligi asosini Buyuk Britaniyaning dunyoda yetakchi davlat
maqomini saqlab qolishga intilishi, mustamlaka imperiyani yanada
kengaytirish, dunyo bozorlaridan o‘z
raqiblarini mumkin qadar
ko‘proq siqib chiqarishga intilish kabi maqsadlar tashkil etgan.
XIX asr o‘rtalariga kelib Buyuk Britaniyada demokratik jamiyat
asoslari qaror topdi. Bular — so‘z, namoyishlar o‘tkazish, matbuot
erkinligi kabilarda o‘z ifodasini topdi. Shuningdek, tabaqaviy
imtiyozlar tugatildi. Birinchi o‘ringa insonning
qaysi tabaqaga man-
subligi emas, shaxsning erkinligi, qobiliyati, mustaqilligi, indivi-
dualligi qo‘yildi.
1867-yili o‘tkazilgan parlament islohoti
tufayli saylovda qat-
nashuvchilar uchun mulk senzi kamaytirildi. Natijada, erkak aholi-
ning 50 foizi saylov huquqiga ega bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: