VII. Nizolarni hal etish tartibi 7.1. Tomonlar o‘rtasida mazkur shartnoma yuzasidan kelib chiqadigan nizolar o‘zaro kelishuv asosida hal qilish choralari ko‘riladi.
7.2. Kelishuvga erishilmagan taqdirda nizolar tegishli sudlarda ko‘rib chiqiladi.
VIII. Korrupsiyaga qarshi kurashishga doir majburiy shartlar 8.1. Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishda taraflar:
korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga zid bo‘lgan har qanday xatti-harakatlarini amalga oshirmaslik;
8.2. shu jumladan pora taklif qilmasligi, va’da bermasligi, tovlamachilik qilmasligi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita pora olishga, ya’ni moddiy boyliklar yoki mulkiy imtiyozlarni olishga rozilik bermasligi, pora beruvchining manfaatlari yo‘lida o‘z lavozimidan foydalangan holda amalga oshirishi yoki amalga oshirishi mumkin bo‘lgan muayyan harakatlarni bajarmasligi shart.
8.3. Taraflar ushbu harakatlarning oldini olish uchun choralar ko‘rilishini kafolatlaydilar.
8.4. Agar taraflar shartnoma shartlarining buzilishiga duch kelsa, shuningdek, ushbu shartnomaga va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid bo‘lgan xatti-harakatlari, shu jumladan korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etilganligi haqida quyidagi aloqa raqamllariga yoki kanallariga murojaat qilish mumkin:
Jizzax davlat pedagogika universitetining (72) 226-67-98 raqamidagi ishonch telefoni orqali;
Jizzax davlat pedagogika universitetining (www.jspi.uz va http://interaktiv.jspi.uz) veb sayti orqali;
Jizzax davlat pedagogika universitetining (jspi info@umail.uz) elektron pochtasi orqali.
Jizzax davlat pedagogika universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimin boshqarma bo‘limining (72) 226 38 47 telefon raqami orqali;
Jizzax davlat pedagogika universitetining (@jdpiantikorrbot) telegram boti orqali;
IX. Yakuniy qoidalar 9.1. Mazkur shartnoma bilan tartibga solinmagan masalalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
9.2. Ushbu shartnoma_____ yil_______________kuniga qadar amal qiladi.
9.3. Shartnoma davlat tilida, tomonlarning har birida shartnoma nusxalari bo‘lishi uchun uch nusxada tuziladi va ular bir xil yuridik kuchga ega.