II. Amaliyotni tashkil eitshda tyutorning vazifalari 2.1. o‘ziga biriktirilgan talabalarning darslarini, talaba davomati va dars sifatining monitoringini olib borish maqsadida kuzatish;
2.2. talabaning darslariga qatnashishi, o’zlashtirish va ijtimoiy hayotidagi roliga oid takliflarni fakultet dekanatiga kiritish, talabaning rag‘batlantirilishi yoki jazolanishi va maxsus stipendiyalarga loyiqligi bo’yicha xulosa berish;
2.3. Universitet makreting va talabalr amaliyoti bo‘limi va ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi bilan birgalikda talaba bilimini odilona baholashni nazorat qilish;
2.4. tyutor qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
2.5. Tyutor o‘z faoliyatida amaldagi qonun hujjatlari, oliy ta’lim muassasasi ichki tartib va odob-axloq qoidalari hamda Nizomda ko‘zda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham bajaradi.
III. Tomonlarning huquq va majburiyatlari Universitet 3.1. amaliyotga ketayotgan talabalarga oldindan amaliyot o‘tkazish tartiblari, xavfsizlik texnikasi haqida zarur ko‘rsatmalar va yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish;
3.2 zaruriyatga muvofiq qabul qiluvchi tashkilotga amaliyot boshlanishidan oldin borib, talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik ishlarini tashkil etish;
3.3 amaliyotning butun davri uchun talabalarga amaliyot dasturi asosida reja-jadvalini tuzish, qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbari bilan birgalikda ishning hajmi va tarkibini belgilash;
3.4. talabalarni amaliyot reja-jadvali va dasturi hamda kundalik bilan ta’minlash;
3.5. talabalarning amaliyot o‘tash joyiga yetib borishi va qaytishini nazorat qilish;
3.6. qabul qiluvchi tashkilotdan amaliyot rahbari bilan talabaning amaliyotni o‘tashi holati bo‘yicha muntazam ravishda aloqada bo‘lish;
3.7. amaliyot muddatlariga rioya qilinishini, shuningdek, amaliyot reja-jadvali va dasturi bajarilishini hamda kundalikni har kunlik to‘ldirishini nazoratini olib borish, uslubiy yordam ko‘rsatish ishlarini, zarur hollarda, talabalarning amaliyot o‘tash joylariga borib ko‘rish yo‘li bilan amalga oshirish;
3.8. talabalarning amaliyot hisobotini yozishga ko‘rsatma va tavsiyalar berish;
3.9. talabalarning amaliyot bo‘yicha hisobot himoyasida ishtirok etish va baholash;
3.10. amaliyotni o‘tashni takomillashtirish yuzasidan zarur hollarda o‘z taklif va mulohazalarini kafedra mudiriga (fakultet va Universitet Kengashida ko‘rib chiqish uchun) taqdim etish