IV. Tomonlarning javobgarligi 4.1. Universitet va qabul qiluvchi tashkilot amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha shartnomada shartnoma predmeti, taraflarning huquq va majburiyatlari, qabul qiluvchi tashkilotning ish faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish tartibini, shartnomaning amal qilish muddatini, shartnomani bekor qilish asoslarini, shuningdek, taraflarning javobgarligini kelishib oladi.
4.2. amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish uchun javobgarlik Universitet rektori (direktori) va amaliyot o‘taladigan tashkilot raxbari zimmasiga yuklatiladi.
4.3. talabalarning amaliyot reja-jadvali va dasturlarini to‘liq bajarilishiga o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, o‘quv-uslubiy boshqarma (bo‘lim) boshlig‘i, fakultet dekani, kafedra mudiri va universitetdagi amaliyot rahbari javobgar hisoblanadi.
V. Fors-major holatlari 5.1. Agar ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlar qisman yoki to‘liq bajarilmasligi yengib bo‘lmaydigan kuch, ya’ni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (fors-major) tufayli kelib chiqsa va agar bu holatlar mazkur shartnomaning bajarilishiga bevosita ta’sir etsa, tomonlar bunday bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod etiladilar.
5.2.Mazkur shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari amal qilgan, shuningdek ushbu holatlar yuzaga keltirgan vaqtga mutanosib ravishda uzaytiriladi.
5.3. Fors-major holati mavjud bo‘lgan tomon 5 kun ichida boshqa tomonni fors-major holati boshlangan muddatlarni ko‘rsatgan holda yozma ravishda ogohlantirishi lozim.
VI. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish tartibi 6.1. Majburiyatni bajarishni bir tomonlama bosh tortishga
va shartnoma shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlari va ushbu shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
6.2. Ushbu shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar tomonlar o‘rtasida yozma ravishda rasmiylashtirilgan va tomonlar o‘rtasida imzolangan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.
6.3. Shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga tomonlarning kelishuviga muvofiq yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.
6.4. Mazkur shartnomani bekor qilishga qaror qilingan tomon, shartnomani imzolagan qolgan tomonlarga o‘n kun oldin yozma bildirishnoma yuborishi shart.