Butun insoniyat tarixida insonga berilgan ijrochilik ovozi Alloh tomonidan berilgan deb hisoblangan. U har doim ilohiy titroqni, havasni va uni egallash xohish istagini keltirib chiqargan. Ijroga nisbatan katta hurmat va maishiy qiziqishlami ortib borishi, vokal maktablarini va yangi ovoz usullarining tashkil topishiga sabab bo‘ldi. Ammo talabchanlik maqsadiga ko‘ra ularni usul deb aytib bolmaydi. Bu pedagogiktarafdan shaxsni vokalni his qilish tuyg‘usi orqali ovozni yo'lini topish harakatlari edi. Ulardan har biri o‘z usulini ajoyib ijrochi sifatida taklif qilgan. Ayni damda esa gap o'quvchini o‘qitish emas, balki tabiatan unda bo‘lgan ovozining imkoniyatlarini mukammallashtirish va uning tabiiy sifatlarini rivojlantirish haqida edi va pedagogik tarafdan qaralganda ijobiy natijaga o'qituvchi va o‘quvchining vokalni o'zaro judayaqin sezishi orqali erishiladi. Lekin bu o'qitishning ko‘p qismi bo‘lib, ular o‘rtasida kurashni keltirib chiqarardi va turgan gapki o'qituvchi yutib chiqqan, Xrestomatiyaga asosan misol Enriko Karuzo o‘zining birgina o‘quvchisini ovozini o‘ziga o‘xshashga majbur qilib juda tez buzgan. Karuzo o'zining fenomenal vokal ma’lumotlarini o‘quvchiga taklif qilganda o'zining tabiatan oddiy ovozi bilan bunday yukni ko‘tara olmagan va ovozi shikastlangan.
Bunday mudhish voqealar hozirgi vaqtda ham sodir bo'lmoqda. Savol tugiladi: nima uchun musiqa pedagogikasining hech bir sohasida vokaldan tashqari shunday vaziyatlar mavjud emaski, o‘qituvchi o'quvchisini o‘z kasbiga o‘rgatishni bilmaydi. Nafaqat bilmaydi, balki uning tabiatan bolgan imkoniyatlariga zarar qiladi. Javob bitta: o‘qituvchi buni qanday qilishni bilmaydi va bu muammoni o‘zicha yechishga harakat qiladi. O‘quvchi o‘zida bor ovoz bilan bir amallab oldiga qo‘yiIgan masalalami yechishi mumkin. Akustika va fiziologiya fanlarining oxirgi yutuqlariga asosan murakkab mexanizmga ega bo‘lgan ovoz tuzilishi mushaklarini qo‘shiq aytish jarayonida ahamiyatga ega boMishi uchun ulaming har birini mashq qilishdadir. Shunday qilib ovozni yoMga qo‘yish qo‘shiqning o‘zi va musiqa jo ‘rligida «yakkalikka” chek qo‘ydi. Ijrochilik san’ati mustahkam ilmiy bazaga ega bo‘lib, endi ijro qilishni boshlayotgan o‘quvchiga noldan boshlab professional ovoz ijrochisi bo‘lguniga qadar barcha yo‘llami ochadi. Ovozni ijro qilish ilmini yaratish masalasiga katta hissa qo'shgan buyuk olimlar: Yusson (Fransiya), L.B.Dmitriev (Rossiya), D.E.Ogorodnikov (Rossiya). Yusson va L.Dmitriev masalani akustika va fiziologik tomonlarini o‘rgangan!ar. Bundan asosiy
Xulosa: bu bir turdagi vokal texnikasini mavjudligidir, ya’ni hamma ijrochilar texnologik tomondan bir xil kuylaydilar. Shu o‘rinda “Vokal ” so'zining lug‘aviy ma’nosiga to'xtalib o'tsak. “Vokal” so‘zining lug‘aviy ma’nosi bizda qadimdan mavjud bo‘lgan “qo‘shiq, ashula” degan musuqiy atamalarga to‘g‘ri keladi shunga ko'ra, vokal istilohi tarixiy - ijtimoiy, madaniy - ma’rifiy jarayonlarning ajralmas bir bo'lagi sifatida qadim zamonlardan beri yashab kelmoqda. O‘zbek xalqi madaniy xayoti XIX asming ikkinchi yarmidan kirib kelib, san’atning ijrochilik janrini ifodalay boshlagan bu tushuncha Yevropada uzoq tarixga ega bo‘lib, uning negizi antik davr diniy marosimlari, ijro jarayoniga borib taqaladi. Melodiy I asrda evropaning madaniyat markazlaridan biri bo'lgan Italiyada ilk bor masihiylik e’tiqodi, shu asosda masihiylik ibodatxonalari va diniy marosimlar tizimi paydo bo‘lgan va ushbu tizimda ham “So‘z-ritm uyg‘unligida ijro etilgandagina marosim to’laqonli amalga oshadi”, deb ta’kidlagan. Eng muhimi, ibodat marosimlari qay holda ijro etilishidan qa’tiy nazar, so‘z-ritm bilan uyg‘unlashib ketganki, bu biz bugun “ vokal” deb nomlayotgan janrga poydevor vazifasini ham o‘taydi. Nazariy adabiyotlarning guvohlik berishicha, Yevropa vokal san’ati markazi va tarixiy jihatdan eng qadimiysi Italiya hisoblanadi. Eski yozma manbalarda “ekslamatsya” degan tushuncha mavjud. Bu ataraa hozirda deyarli qo‘lanilmaydi. U “Tovushni avval kuch bilan chiqarish, keyin esa keskin pasaytirish” degan ma’noni anglatadi. O‘sha davrlarda ovozni shakllantirish uchun qo’llanilgan. Xonandalik yo‘nalishida asosiy o‘rin tutgan vokal hozirda ancha ommalashib ketgani sir emas. Vokal - musiqa san’atining o‘ziga xos turi bo‘ lib, eng awalo ashula aytish mahoratini yuksak darajada o‘zlashtirishga asoslanadi. Ashula aytish yakka holda, ansambl yoki xor jo‘rligida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Muhimi, vokal san’ati hozirgi kunda opera, operetta, musiqali dramalar, komediyalar va Estrada konsertlarida ham keng qo‘llanib kelinmoqda.
Respublikamiz mustaqillika erishgan dastlabki yillardan boshlab, har tomonlama rivojlangan, maʼnaviy va axloqiy salohiyati yuksak barkamol inson tarbiyasi davlatimiz siyosatining ustivor yoʼnalishlari qatoridan oʼrin olib kelmoqda.
Zamonaviy jarayonda o‘tmish an’analariga yangicha qarash, ilg‘or rivojlangan texnikadan munosib foydalanish hamda komil insonni tarbiyalash kabi omillarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, komil inson tarbiyasida musiqa eng muhim, ya’ni insonlarni ruhiy hamda ma’naviy tarbiyasiga asos bo‘la oladigan omil sifatida qaraladi. O‘quv-ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida bunga e’tibor berilishining sababi ham shunda ekanligi shubhasizdir. Qolaversa, ta’limda alohida-alohida standartlar tarzida ishlangan dasturlar asosida faoliyat olib borish yo‘lga qo‘yilmoqda. Natijada o‘qitish mezonida qo‘llanilayotgan adabiyotlar va mavjud barcha nashrlarni zamonaviy talab darajasidagi yangi qarashlar bilan boyitish, shaklan hamda mazmunan yahlit bir o‘quv adabiyoti ko‘rinishiga keltirib takomiliashtirish taqozo etilmoqda. Umumta’lim maktablarida musiqa darslarining mazmuni, unga qo‘yiladigan umumiy talablar, uning tuzilishi, o‘ziga xos xususiyatlari, uni tashkil etish shakllari, vosita va usullari yuqorida qayd etilgan olimlar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lsada, lekin musiqa ta’limi va tarbiyasi jarayoniga bugungi kun nuqtai nazaridan yondashib, uni samarali tashkil etish yo‘llarini aniqlash alohida muammo sifatida o‘rganilganicha yo‘q. Amaliyotda ham ushbu muammo, musiqa tarbiyasining boshqa ko‘plab muammolari qatori o‘zining to‘laqonli yechimini topmagan bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Qarorida “umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida milliy musiqa cholg‘ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati o‘rgatiladi hamda bu haqda ularning ta'lim to‘g‘risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi”. Olib borilayotgan islohatlar shuni ko‘rsatib turibdiki, o‘zbek milliy musiqa san'atining kelajagi porloqdir.
Prezidentimiz tomonidan 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab ta'lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bo‘lgan muhabbatni shakllantirish, yosh iste'dodlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi. Milliy musiqa cholg‘ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati o‘rgatiladi hamda bu haqda ularning ta'lim to‘g‘risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi. Mazkur qarorga 1-ilovadagi ro‘yxatda keltirilgan milliy cholg‘ulardan kamida bittasida, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab esa kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega bo‘lish musiqa fani o‘qituvchilari uchun majburiy hisoblanadi. Mazkur qaror ijrosi kelajakda ulkan natijalar beradi deb umid qilamiz. Barcha san’at ahli mutahassislari va biz talaba yoshlar kelajakda Prezidentimiz Qarorlarini sidqidildan bajarishni o’z oldimizga maqsad qilib olganmiz.
Vokal malakalarini rivojlantirish orqali bo‘lajak o’quvchilarning estetik va badiiy didini tarbiyalash, professional uslubda kuylash malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Asosiy vazifalardan biri ovoz xosil qilish malakalari va fiziologiyasini o‘rganish hamda uni amalda qo‘llay olish, shuningdek, vokal malakalarini rivojlantirish va amaliy ko’nikma xosil qilishdan iborat. O‘quvchilarning vokal malakalarini rivojlantirish musiqanining sir-sinoatlarini bilish, nazariy va amaliy savodxonligini o‘stirishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Boshlang‘ich sinflarda qo’shiq kuylash malakalarini shakllantirish jaryoni. Qo’shiq kuylash faoliyati o’quvchilarining ijrochilik mahoratlarini, ovoz ijrosini boshqarishni, aytim yo‘llarini yo‘lga qo‘yadi. Qo’shiq kuylashda o’quvchilarining individual xususiyatlarini, ovoz diapazonlarini hisobga olish zarur. Mazmun va g‘oyaviy jihatdan bu yoshdagi bolalarga mos keladigan lekin diapozon jihatdan to‘g‘ri kelmaydigan asarlar tranpozitsiya qilinib, repertuarlarda qo’llash mumkin. Qo’shiq kuylash faoliyati asar bilan tanishtirish vaqtida musiqa tinglash kabi to‘rt bosqichda tashkil qilinishi maqsadga muvofiq.
Vokal eshitish (vokalniy slux). Tovush hosil qiladigan harakatlar bilan tovush holatda tasavvur aloqasi vokal eshitish asosidir. Bu tushuncha shuningdek, boshqa hislar: vibratsion, rezonator va to ’qim a osti boshi hissini ham o ’zgacha oladi. Vokal eshitish deb nafaqat to’g’ri xonandalik jarangi xususiyatlarini sezish, ulam i noto’g ’risidan farqlash, balki ovoz apparati ishini sezish, boshqa xonanda u yoki bu jarangda nim a qilayotganini m ushaklarda his qilish tushuniladi. Nafaqat ovoz jarangini tinglash, balki uning kuylash chog’idagi ishini aniq tasavvur etish, ovoz apparatida nima bo’layotganini sezish -har bir xonanda va pedagog egallash lozim bo’lgan vokal eshitish aynan shu. Vokal eshitish asta-sekin, vokal texnikasini egallagan sari rivojlanadi. kuylashni boshlaganlar, odatda, buni bilishmaydi. Boshlovchi xonanda u yoki bu jarang qay tarzda hosil bo’lishini na hislarda tasavvur qiladi va na m ushaklar bilan tushuna oladi. Asta - sekin u eshitishga tayanib texnikani ishlaydi va unda eshitish tasavvurlari va uning m ushakda aks etish o ’rtasida k o ’p sonli aloqalar shakllana boshlaydi. Shu asosda kuylash chog’ida ovoz apparati ishini tasavvur qilish va sezish qobiliyati rivojlanadi. Shunday qilib, vokal eshitishni shakllantirish vokal k o ’nikmalarini rivojlantirish jarayonida kechadi. "Kuylay oladigan kishi, oldindan, ya'ni tovush hosil b o ’lish m om entidan avval mushaklarni m a'lum va oldindan belgilangan m usiqiy tonni am alga oshirish uchun barcha m ushaklarni qay tarzda yetkazishni biladi; u hatto m ushaklar bilan, ovoz yordam ida o ’z tafakkuri uchun kuylash m umkin, istalgan tanish q o ’shiqni" m ashg’ulotlar vaqtida vokal pedagog o ’quvchi texnologiyasini tahlil qiladi: uning ovoz apparati ishini o ’z m ushaklarida tasavvur qiladi. O ’quvchi kuylaganda vokal pedagog ham m a vaqt u bilan birga ichida kuylaydi va shu sababli kam chiliklarni to’g ’rilash uchun kerakli mushak usulini aytib bera oladi. O’quvchi esa boshqa xonandaning vokal texnologiya xususiyatlarini o ’z ovoz apparati mushaklari vositasida xis etgandagina idrok eta oladi. Tovush va ovoz apparati ishi haqida tasavvurlar o ’rtasidagi o ’zaro uzviy aloqalam i ayrim xonandalar chiqish oldidan to ’qri xirgoyi uchun, pal mushak energiyasini sarflamay qo’llashdadi.Yaxshi xonanda kuylaganini diqqat bilan tinglash apparat ichki kuylash tufayli kuylovchi holatga kelishi uchun yetarli. Faol ichki kuylash ovoz apparatini amalda ovoz chiqarib kuylash kabi "qizdira"oladi.Bu o ’zaro aloqa asosida chiqishdan oldin hech qachon yomon kuylash, noto’g ’ri jarangini eshitm aslik kerak. K o’p tinglash ham mumkin emas, toki ovoz apparati ko’p musiqa eshitishdan toliqishi mumkin. Fiziologik tomondan xonandaning vokal eshitish asosida qobiqda bir vaqtda ta'sirlangan uchastkalar orasidagi reflektor aloqalar hosil bo’lishi yotadi. Kuylash chog’ida xonanda o ’z ovozini eshitadi, ovoz apparati ishi haqida kinestik tasavvur oladi; turli vibrasion hodisalarni sezadi, agar oyna oldida kuylasa, o ’z harakatlarini k o ’radi va sh .k. B ir so’z bilan, turlixil hislarning butun kom pleksi bir paytda va ko’p marta harakat qilgani bois bu barcha hislar o ’rtasida m ustahkam aloqa hosil bo’ladi. Miya qobig’i harakat hujayrasining qobig’ning boshqa sohalari bilan aloqasi, Pavlov aytgan kom pleks analizator bilan, aloqasi k o ’p sonli va turfa keng. "qobiqning kinestezik xujayralari qobiqning barcha qujayralari, barcha Tashqi ta'sirlar kabi organizmning turli ichki jarayonlari vakillari bilan bog’liq bo’lishi m umkin va amalda bog’lanadi ham. Bu harakatlar ixtiyoriyligi, ya'ni fiziologik asosdir". Shunday qilib, ovoz ustida ishlash barcha jarangni nazorat qiluvchi analizatorlar tizimi o ’rtasida aloqalar rivojlanishi bilan kechadi. Vokal harakatlarni sezgi organlari kompleksi boshqaradi. Shu sababli har bir xonanda nafaqat o ’zi chiqarmoqchi bo’lgan jarangini ichki eshitish bilan eshitadi, balki sezadi qam. Har bir xonanda "vokal jarangining tana sxema”siga ega, unga turli organda va ovoz apparati qism laridan turli sezgilar kiradi.Shunga k o ’ra, vokal texnikasining turli tiplari bu sezgilar tizimida turlicha aks etadi. Xonanda sezgilari ancha indiviudal bo’lsa-da, ular orasidan u yoki bu jarang tili uchun xarakterlarini ajratish mumkin. M asalan, jarangning bir tipida tovush tishlar oldida; boshqasida temen sohasida va sh .k. seziladi. Bu ovoz hosil qilish texnikasi tiplarini ular keltirib chiqargan sezgilarga k o ’ra tadqiqotchisi Raul Yusson o ’z imkonini berdi. Sezgi organlari butun ansambli tovush hosil b o ’lish m om entida harakatga kelganiga qaram ay, ulam ing ayrim larigina tovush hosil qilish ustidan ongli nazoratda qatnashadi. Yuqorida aytilganidek, katta e'tibor qaratiladigan sezgilargina yaxshi rivojlanadi. Faollik, qaysidir analizator faoliyatiga e'tiborni jam lash, aynan shu analizatom ing um um iy kom pleksda ustuvor rivojlanishga olib keladi. Shu sababli jarangning "tana sxemasida" birinchi planda sezgirlikning turli k o ’rinishlari bo’sh, boshqalarda resonator sezishi. Agar shogird e'tibori asosan rezonator sezgilarga qaratilgan b o ’Isa, ular vokal sxem ada rivojlanganligi va yorqinligiga k o ’ra ustuvor o ’rin tutadi. Bordiyu, nafas apparati ishini m ushak sezishga e'tibor qaratilsa, demak, ular umumiy kom pleksda yetakchilik qilishi mumkin va q.k. Ovozni qo’yish Ovozni qo’yish - kuylovchining eshitish va m ushak k o ’nikmalarini rivojlantirish jarayoni, yaxshi xonandalik odatlarini ishlash. Kuylashga o ’rgatishda asosiy vazifa - ovoz va eshitish, badiiy didni rivojlantirish. Tovush ustida ishlash jarayonida to ’g ’ri xonandalik ustanovkasi, nafas tayanchi k o ’nikmalari egallanadi, nafasni to ’qri taqsimlash, to ’qri xonandalik pozisiyasi o ’rganiladi, bu ovozning jarangliligi, parvozliligi, yig’iqligi kabi sifatlarni baxsh etadi. Vokal m ashg’ulotlari boshida, odatda ovoz apparatini "qizdirilgan", vokal k o ’nikm alarini shakllantiradigan va rivojlantiriladigan m ashqlar bajariladi. C holg’u asbobi jo ’rligisiz kuylash solo kuylash sinfida o ’qish m azm uniga kirgan maxsus ko’nikma bo’lib, bunday kuylash jarayonida xonandalik tovushning tembr, dinam ik va tovush balandligi haqidagi eshitish tasavvurini kom ponentlari rivojlanadi. Kuylash faoliyatining amaliy turi sanaladi. Vokal o’qitish ko’p jiqatdan xonandalik ovoz hosil qilish, amaliy kasbiy ko’nikmalarini takom illashtirshdan iborat bo’ladi. Kuylashga o’rgatishda ovoz apparati a'zolari kuylovchilik vazifalariga m axsus m oslashtiriladi. Kuylovchilik tovushi, jarang xarakteri haqidagi tasavvurlar m usiqiy - mazmunli ifodalilik bilan belgilanadi va ovoz apparati ishiga ta'sir etadi. Vokal jarangi ifodaliligi, tovush sifati vokal - texnik ko’nikmalar: nafasni rezonatorlar ishi, talaffuz apparatini egallashga bog/liq. Biroq texnik ko’nikmalarni shakllantirish em otsional yo’nalish va badiiy ifodalilik bilan birga olib borilishi lozim. Xonandalik ovozga kasbiy talablar bu jarangdorlik, parvozlilik, yaqin chiroyli jaranglash. O ’qitishning boshlang’ich bosqichida vokal - texnik ish ustuvorlik qiladi.Ovozning asosiy boshqaruvchisi (regulyatori) eshitish sanaladi. Ovoz va eshitishni rivojlantirish kuylashga o ’rgatishdagi asosiy vazifa. Kuylovchilik tovushi turli xususiyatlarini eshita olish, uni shu xususiyatlariga ko’ra taniy olish, ya'ni ovoz apparati ishiga k o ’ra tanish vokal eshitish deyiladi. Tovush hosil qilishda nafas olish muhim omil sanaladi. X onandalik nafas olishi. Xonandalik nafas olishni rivojlantirish kuylash asosi sifatida kuylovchilik tovush ustida ishlash jarayonida kechadi va asta-sekin, sistemali tarbiyalanadi. U bir m arom da, erkin, ovoz hosil qilishda qatnashuvchan barcha sistemalarning tabiiy m uvofiqlashuviga k o ’maklashadigan b o ’lishi kerak. Faqatgina kuylash bilan bog’liq tashkil etilgan, tinch nafas olish "tayangan" tovush uchun sharoit yaratiladi. Bunday tovush to’liq va chiroyli eshitiladi. Ovoz hosil qilishdan oldin nafas olinadi nafasning bu fazasini nazorat qilish m umkin, bu o ’qitish uchun juda muhim. Xonandalik nafas olish jarayonida o ’pka havoga to ’ladi va ovoz apparati ovoz hosil qilishga tayyorlanadi. Xonandalik nafasi shovqinsiz ancha chuqur, yarim esnash tuyg’usi bilan olinadi. Nafas olganda ko’p m iqdorda havo olish yaramaydi, zero tovush berish va ovoz hosil qilish jarayonining o ’zi qam qiyinlashadi. Xonanda nafas olishi va chiqarishi nafasni bir zum tutib turishi bilan ajratiladi, keyin nafas chiqarish boshlanadi. Tovushni qayta yaratishdan oldin nafasni bir zum tutib turish - nafas olish holati, nafas olish pozisiyasini fiksasiyalash momenti nafas olish ustanovkasi butun kuylash davom ida , butun fiksasion nafas chiqarishda saqlanish kerak, bu nafas tayanchini tashkil etadi. T o’qri nafas chiqarishning asosiy vazifasi uni ohista, tejam korona chiqarish ovoz to ’qimalari normal ishlashi uchun zarur b o ’lgan to’qima osti b o ’shlig’ida bosim yaratishdan iborat. Nafasni uni oxirigacha tovushga aylantirib sarflay olish xonandalik nafasini egallaganlik m ahoratini belgilaydi. V okal-pedagogik am alyotida pastki qovurg’a - diafragmatik, ya'ni aralash nafas olish eng qulay sanaladi. Nafasning bu tipda ko’krak qafasi va diafragma ishga faol kirishadi: nafas olish ularning bir paytdagi harakati bilan kechadi, bu to ’liq nafas olish im konini beradi. nafas va ovoz to ’qimalari o’zaro ta'siri tovush tayanchini belgilaydi. Boshqacha aytganda, xonandalik tayanchi - ovoz apparatining barcha qism lari (bo’g ’iz, nafas a'zolari va ustki trubka) m uvofiqlashgan ishi natijasi. Xonandalik tayanchining asosiy mezoni qayta yaratilgan tovush sifatidir. Bu yig’iq tem br b o ’yog’iga boy, yaxshi eshitiladigan, dumaloq tovush. Shu sababli ta'lim boshlanishida to ’g ’ri tashkil etilgan nafas olish va tovush atakasi birinchi darajali m uhim m om ent sanaladi, zero ko’p jihatdan xor jarangini belgilab beradi. Ovoz to’qim alari va nafas ham korligining boshlang’ich momenti -tovush atakasi deyiladi. Ataka tovush paydo bo’lish momenti. Ovoz hosil qilishning boshlang’ich m om entida ovoz to ’qimalari ishini tashkil etayotib, ataka izchil jarangni belgilaydi. Tovushni olish usulini ixtiyoriy o ’zgartirib bu bilan ovoz to ’qimalari ish xarakteriga ta'sir etamiz, ular irodam izga bevosita bog’liq emas. Vokal pedagogik amaliyotida yumshoq va qattiq ataka qo’llanadi. Ataka kuylashda ifoda vositasi sanaladi. Kuylash - m usiqiy tashkil etish so’z bilan bog’liq bo’lgan m usiqa san'ati. m usiqiy nutq hosil bo’lishida nutq a'zolari: og’iz b o ’shlig’i, til, yumshoq tanglay, pastki ja g ’, bog’iz, hiqldoq qatnashadi. Bu a'zolarning (unli va undosh) nutq tovushlarini yaratishga qaratilgan ishi artikulyasiya (talaffuz) deyiladi. Talaffuz a'zolari alohida aham iyatga ega.Bu ovoz apparatining eng harakatchan va irodam izga buysunadigan qismi. Pastki jaq harakati, lablar ishi, yum shoq tanglay holatini ko’ra olamiz. Bu a'zolar ishi avvalo bo’g’iz bilan bog’liq. Talaffuz a'zolari ishi sustligi, xuddi zo’riqish kabi butun ovoz apparati ishiga ta'sir qiladi. Kuylashda yum shoq tanglay va bo’qiz ham sozligi juda muhim, zero ongimizga bo’ysungan yumshoq tanglay orqali bo’g’izga uning barqarorligiga ta'sir etamiz. Yumshoq tanglayning esnash holatiga kelishi unlilar shakllanishga sharoit yaratadi, ulam ing dum aloqlashuviga, tem bri, bo’yog’i, yuqori pozisiyaga ta'sir etadi. Yuqori tonlar yumshoq tanglayning baland ko’tarilishi, baland "gumbaz"ni talab qiladi. Bu ayniqsa erkak ovozlarida yuqori tonlarni shakllantirishda muhim. Kuylashga o ’rgatish boshdanoq esnashga o’rgatishda qat'iy e'tibor qaratish lozim. Esnash nafas olish pozisiyasining tarkibiy qismi sanaladi. Artikulyasiya organlarning kuylash skladi kuylash unililarrosil bo’lishda nutqiy unlilardagidan akustika, formatiga ko’ra farqlanadi. Kuylash undoshlari ham shunday xususiyatga ega fonislar (alohida nutq tovushlari ) yordamida xonandalik ovozi va ovoz apparati ishiga ta'sir usuli vokalga o ’rgatishning fonetik metodi bo’lib, vokal pedagogikada keng tarqalgan va samarali hisoblanadi. Artikulyasiya organlari ishi intensivligi va muvofiqlashganligi nutq tovushlari talaffuz sifati, so’zlar aniqligi diktsiyani belgilaydi. Artikulyatsiya apparati ishini shunday tashkil etish lozimki, tez va intensiv harakatlar, ayniqsa til harakatlari bo’g’izning kuylovchilik ustanovkasini buzmasin, hiqildoqni deyarli qo’zg’atmasdan, tovushlarni talaffuz qilishga o’rgatish lozim