INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE July , 2022 Boston, USA 65
va faoliyat to'g'risidagi ma'lumotlardan samarali foydalanish, vatanparvarlik
namunalarini ko'rsatgan, xalq qahramonlari namunasida shakllantiriladi.
Axloqiy tarbiya o'quvchilarda dunyoqarashni shakllantirishda ham muhim
ahamiyatga ega bo'lib, uni samarali tashkil etishda ong, his-tuyg'u hamda xulq-atvor
birligiga erishish maqsadga muvofiqdir.
Zero, ular birligida ma'lum kamchiliklarning yuzaga kelishi ham
o'quvchilarning komil shaxs bo'lib kamol topishlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Dunyoqarash tabiat, jamiyat, inson tafakkuri hamda shaxs faoliyati mazmunining
rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e'tiqodlar tizimidir.
O'quvchilarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda milliy istiqlol g'oyasi
va mafkurasi asoslari tayanch omillar sifatida namoyon bo'ladi.Yosh avlod
tarbiyasida milliy qadriyatlardan foydalanishning ahamiyati va o'rni katta. Ma'naviy
qadriyatlar va milliy o'zlikni anglashning tiklanishi. Biron -bir jamiyat
imkoniyatlarini, odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay
hamda mustahkamlamay turib o'z istiqbolini tasavvur eta olmaydi.
Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g'oyat xilma-xil dinlar,
madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch totuv yashagan markaz bo'lib
kelgan. Etnik sabr- toqat, bag'rikenglik hayot bo'ronlaridan omon qolish va
rivojlanish uchun zarur tabiiy me'yorlarga aylandi. Hatto bu hududlarni bosib
olganlar ham qimmatbaho an'analarini, shu hududda mavjud bo'lgan davlatchilik
an'analarini avaylab qabul qilganlar. Oila qadriyatlari va qon- qarindoshlik
munosabatlaring qayta tiklanishi o'z umrini yashab bo'layotgan oila- urug'.
Har bir xalqning o'ziga yarasha urf-odatlari, marosimlari bo'ladi. Agar biz
dunyo xalqlarining hayotiga nazar tashlasak bir-biriga o'xshamagan, turli-tuman
marosimlarni ko'ramiz. Marosimlar jamiyat, xalq va shaxs hayoti-faoliyatidagi
muhim o'zgarishlar, ijtimoiy ahamiyatga molik voqea-hodisalar bilan bog'liq bo'lib,
ular ibrat orqali tarbiyalash, ruhiy-estetik ta'sir ko'rsatish vazifasini bajaradi.
Marosimlarda milliy,diniy urf-odatlar va rasm-rusumlar ham o'z ifodasini topadi.
O'zbek xalqining paydo bo'lishi tarixi qanchalik uzoqqa borib taqalsa, uning milliy