Protsessorning tuzilishi va asosiy xususiyatlari. Protsessor EHMning markaziy qurilmasi bo‘lib, raqamli axborotni berilgan
algoritm bo‘yicha avtomatik qayta ishlashni ta’minlaydi. Protsessor EHM ning
boshqa qurilmalari bilan 3-rasmdagidek bog‘langan. So‘zlarni qabul qilish, saqlash
va ular ustida amallarni bajarish uchun registrlar, jamlagichlar va boshqa
uzellardan tashkil topgan protsessorning operatsion qismi deb ataluvchi arifmetik –
mantiqiy qurilma ishlatiladi. Har qanday amal axborot so‘zlari (operandlar) ustida
bajariladigan mikroamallar ketma-ketligidan iborat bo‘ladi. Mikroamallarning
bajarilish tartibi amal bajariladigan algoritm orqali aniqlanib, uzellarning kirish
yo‘llariga boshqaruvchi signallar ketma-ketligini berish bilan amalga oshiriladi.
Boshqaruvchi signallar hosil qilishda protsessorning boshqaruvchi qismi deb
yuritiluvchi boshqarish qurilmasidan foydalaniladi. Bu qurilma kirish yo‘liga
berilgan amal kodiga mos holda uning chiqish yo‘lida u
1
, u
2
, …, u
n
boshqaruvchi
signallar ketma-ketligi shakllanadi. Amalning bajarilish jarayonida arifmetik
mantiqiy qurilmadan boshqaruvchi qurilmaga mikroamallarning bajarilish tartibini
boshqaruvchi r
1
,r
2
, …, r
n
mantiqiy shartlarni akslantiruvchi xabarlovchi signallar
uzatiladi. Bu signallar mikroamallar ta’sirida o‘zgaruvchi so‘zlarnig qiymatlariga
qarab «1» yoki «0» qiymatlarini oladi. Bir taktda bajariladigan mikroamallar
majmui mikrobuyrug‘ deb yuritiladi. Takt protsessor ishlaydigan diskret vaqtning
ikkita t va (t=1) paytlari oralig‘i.
3-rasm
BQ (бошкарувчи кисм)
AMQ (операцион кисм)
bo‘yruq
operandalar
natija
у
1
у
2
у
n
p
1
p
2
… p