Bu tipdagi jamlagichlar umumiy ishlarga mo‘ljallangan EHMlarda ishlatiladi.
Masala yechilishi vaqti qat’iy belgilangan va son kodlariga bog‘liq bo‘lmagan,
ixtisoslashtirilgan EHMlarda asinxron jamlagichlarning ishlatilishi noo‘rin
hisoblanadi.
Registr - har xil uzunlikdagi yacheyka xotirasining tezligi, registr1, ikkilik
so‘z razryadiga ega. Registr2 esa so‘z razryadligiga ega. Registr1 operatsiya
bajarganda, shu operatsiyaga qatnashgan birinchi son joylashadi, operatsiya
tugagandan so‘ng natija e’lon qilinadi. Registr2 da operatsiyada qatnashuvchi
ikkinchi son (operatsiya tugash vaqtida axborot o‘zgarmaydi). Registr1
ma’lumotlar shinasi kodlardagi axborotlarni qabul qiladi va ularga axborotni
yetkazib beradi. Registr2 shu shinalardan axborotni qabul qiladi.
Dostları ilə paylaş: