yoki bajarilmasligiga qarab S matritsadagi gorizontal shina tarmog‘ini qo‘zg‘atadi.
Natijada keyingi mikrokomandaning biror tartibi beriladi.
S va S matritsalar EHM xotirasi ko‘rinishida qurilishi mumkin. Bu xotirada
har bir so‘z
gorizontal shinaga mos kelsa, bu shinalardagi nuqtalar bu so‘zlarning
ma’lum xonalaridagi «1» qiymatlari mos keladi.
EHMli
boshqarishni
qator
alomatlari
bo‘yicha
quyidagicha
klassifikatsiyalash mumkin:
1)
EHM xotiralarining xili bo‘yicha statik va dinamik EHMlash farqlanadi.
Statik EHMlashda doimiy xotira ishlatilsa, dinamik EHMlashda esa operativ xotira
ishlatiladi. Ba’zida qo‘shma statik-dinamik EHMlash ishlatiladi, ya’ni ham
operativ, ham doimiy xotiralarda
saqlanadigan EHMlar bajariladi;
2)
Boshqaruvchi funksional signallarni shakllantirish usullari bo‘yicha
gorizontal, vertikal va qo‘shma vertikal- gorizontal EHMlash farqlanadi.
Gorizontal EHMlashda mikrokomanda amal kodining har bir xonasiga ma’lum
boshqaruvchi funksional signal-ma’lum mikroamal to‘g‘ri keladi. Vertikal
EHMlashda mikroamal mikrokomandaning bir xona holatiga bog‘liq bo‘lmaydi,
balki mikrokomandaning amal kodi qismidagi ikkili kod orqali aniqlanadi.
Gorizontal-vertikal usulda qism to‘plamlar gorizontal usulda har bir qism to‘plami
ichidagi mikroamallar vertikal usulda kodlanadi.
Vertikal- gorizontal usulda
mikroamallarning barcha to‘plami qism to‘plamlariga ajratiladi va har bir qism
to‘plamida bir taktda ko‘pincha birga uchraydigan mikroamallar birlashtiriladi.
3)
Mikroamallarni kodlash usuli bo‘yicha to‘ppa-to‘g‘ri va
bilvosita kodlash
farqlanadi. To‘ppa-to‘g‘ri kodlashda mikrokomandaning har bir hoshiyasi oldindan
belgilangan funksiyalarni bajaradi. Bilvosita kodlashda esa qo‘shimcha hoshiyalar
bo‘lib, ulardagi axborot asosiy hoshiyalarning mazmunini o‘zgartiradi.
4)
Mikrokomandaning bajarilish usuli bo‘yicha bir va ko‘p
fazali
mikrokomandalar farqlanadi. Bir fazali mikrokomandalarda ularda ko‘rsatilgan
barcha mikroamallar bir takt mobaynida, bir vaqtda bajariladi. Ko‘p fazali
mikrokomandalarda takt fazalari yoki mikrotaktlar
deb ataluvchi qismlarga
bo‘linadi va mikrokomandadagi ko‘rsatilgan mikroamallar har xil mikrotaktlarda
bajariladi.
Dostları ilə paylaş: