Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar


Dastur bajarilish jarayonini tashkil qilish. Buyruqlarni bajarilishining



Yüklə 3,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/140
tarix16.09.2023
ölçüsü3,47 Mb.
#144022
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   140
Shaxsiy kompyuterlar uchun mikroprotsessorlar

Dastur bajarilish jarayonini tashkil qilish. Buyruqlarni bajarilishining 
asosiy bosqichlari. 
Arifmetik mantiqiy qurilma strukturasi 
Boshqarish qurilmasi - funksiyasi bo‘yicha mikroprotsessorning eng 
murakkab qurilmasi hisoblanadi. U mashinaning barcha bloklariga yetkaziladigan 
boshqarish signallari qayta ishlaydi. Buyruqlar registri - buyruqlar kodi 
saqlanadigan registr. Bu yerda bajariladigan amal va operandlar manzili joylashadi. 
Buyruqlar registri mikroprotsessorning interfeysli qismda joylashadi. U buyruqlar 
registri bloki deb ataladi. Amallar deshifratori - ushbu mantiqiy blok buyruqlar 
registridan keladigan operatsiya kodiga mos chiqish yo‘lini tanlaydi. 
Mikrodasturalarni doimiy saqlash qurilmasi (DXQ) - o‘z yacheykalarida 
boshqaruv signallarini saqlaydi. Ushbu impulslar ShK bloklarida bo‘ladigan 
axborotni qayta ishlash operatsiyalarni boshqaradi. Impuls operatsiyalar 


deshifratori tanlagan operatsiya kodiga muvofik. Doimiy xotira qurilmasidan 
kerakli signallar ketma-ketligini o‘qib oladi. Berilganlar, adreslar, instruksiyalar 
kodli shinalar – mikroprotsesssor–ning ichki shina qismi. Umuman olganda 
boshqarish qurilmasi quyidagi asosiy protseduralarni bajarish uchun kerakli 
signallarni yaratadi.
Hisobchi - registrdan dasturning keyingi buyruqlari joylashgan tezkor xotira 
yacheykalarini tanlash; 
Tezkor xotira yacheykalaridan keyingi buyruq kodini tanlash va buyruqlar 
registriga tanlangan buyruqni yuborish; 
Amal kodi va tanlangan buyruqni qayta shifrlash; 
Qayta shifrlangan kodga mos doimiy xotira yacheykalaridan boshqarish 
impulslarini o‘qish va bloklarga yuborish; 
Buyruqlar registri va mikroprotsessor registrlaridan operandlarning tashkil 
etish adreslarini o‘qish ; 
Operatsiya natijalarini xotiraga yozish; 
Dasturning keyingi buyrug‘i adresini aniqlash. 
Har qanday EHM ning asosiy maqsadi informatsiyani qayta ishlashdan 
iborat bo‘lib, biz bilamizki, turli tipdagi informatsiyalar sonlar yordamida 
ifodalanadi. Hisoblash mashinalarida sonlar bilan ishlash uchun maxsus qism 
mikroprotsessor qurilmasi mavjud bo‘lib, ular mantiqiy universal qurilma 
hisoblanadi va mantiqiy matematik oddiydan murakkabgacha bo‘lgan amallarni 
bajarish imkoniyatiga ega. Bu qurilma integral sxemada ko‘rilganligi tufayli uning 
hajmi unchalik katta bo‘lmaydi, keyingi yillarda mikroprotsessorlar bir-biridan 
tezligi va imkoniyati bilan farqlanadi. 
Arifmetik mantiqiy qurilmani funksional qismi jihatdan ikkiga bo‘lish 
mumkin: 
a) mikrodasturli qurilma (boshqarish qurilmasi) u mikrobuyruqlar ketma-
ketligini beradi. 
b) operatsion qurilma (arifmetik mantiqiy qurilma) mikrobuyruqlar 
bajariladi. 
Arifmetik mantiqiy qurilmaning tarkibiga Rg
1
– Rg
7
registrlari kiradi, ularda 
tezkor xotiradan kelayotgan axborot qayta ishlanadi.
Axborotni qayta ishlash qonuniyati M mikrobuyrug‘i bilan beriladi. U A
1

A
2,
...,A
n
ketma-ket mikrobuyrug‘lar sifatida yoziladi. Shu yerning o‘zida 
mikrobuyrug‘lar ikki xilga farqlanadi: 
Tashqi mikrobuyrug‘lar ya’ni bular arifmetik mantiqiy qurilmaga tashqi 
qurilmalardan keladigan buyruqlar; 
Ichki mikrobuyrug‘lar ya’ni arifmetik mantiqiy qurilmada yaratiladigan va 
mikrodastur qurilmasiga ta’sir etadigan. Masalan: arifmetik mantiqiy qurilma 
hisoblash natijalariga qarab turib holatlarni generatsiyalashi mumkin. Arifmetik 
mantiqiy qurilmada hisoblashlar natijalari u
1
, u
2
,…,u
n
kodli shinalar orqali beriladi. 
Arifmetik mantiqiy qurilma tarkibiga kiruvchi registrlar funksiyalari: 
Rg

- summator, arifmetik mantiqiy qurilmaning asosiy registri, unda 
hisoblash natijalari yaratiladi. 
Rg
2
, Rg

- qo‘shiluvchi, ko‘paytuvchi, bo‘luvchilar registrlari. 


Rg
4
- adresli registr operandalar adresini va natija adresini eslab qolishga 
mo‘ljallangan. 
Rg
6
-adreslarni tashkillashtirish uchun kerakli indeksli registr.
Rg
7
- qo‘shimcha yordamchi registr, u dastur xohishiga qarab akkumlyator, 
indeksli registr yoki oraliq natijalarni eslab qoluvchi xotira sifatida ishlatilishi 
mumkin. 
Tezkor registrlar bir qismi dasturiy murojatli hisoblanadi, ya’ni ular 
buyruqlar bilan adreslanishi mumkin. 
Ularga quyidagilar kiradi: 
-summator; 
-indeksli registr: 
-ba’zi yordamchi registr: 
qolgan registrlar dasturiy murojaatga tegishli emas, ya’ni ular dasturda adreslanishi 
mumkin emas. Operatsion qurilmani qayta ishlanadigan ko‘rinishiga qarab 
klassifikatsiyalash mumkin (7-rasm). 
Arifmetik mantiqiy qurilmaning to‘liq kvalifikatsiyasi chizmada keltirilgan. 
Arifmetik mantiqiy qurilmaning mantiqiy strukturasining qiyinligini Arifmetik 
mantiqiy qurilmaga qo‘yilgan masalani yechishda ishlatiladigan mikrodasturlar, 
ko‘pligi bilan tushuntiriladi. 
Har bir registrning kirish yo‘liga tegishli mantiqiy sxemalar yig‘ilgan. Ular 
registrlararo muloqotni qo‘llashda ishlatiladi. 
So‘zlar ustida olib boriladigan operatsiyalarni bajarilishi so‘zlarni 
o‘zgartiradigan va arifmetik mantiqiy qurilmada so‘zlarni yetkazadigan mikro 
buyruqlarga olib boriladi. Mikrobuyruqlarning bajarilish tartibi bajariladigan 
operatsiyalar algoritmi bilan aniqlanadi. Shundan kelib chiqqan holda aytish 
mumkinki, arifmetik mantiqiy qurilma registrlar va ular bajaradigan funksiyalar 
bo‘ladigan operatsiyalarning uslubiga bog‘liq, arifmetik mantiqiy maxsus arifmetik 
amalga ega. 


7-rasm 
Arifmetik mantiqiy qurilma bajaradigan operatsiyalar ro‘yxati raqamli 
hisoblash mashinasi turiga bog‘liq. 
Shu tariqa arifmetik mantiqiy qurilma strukturasi berilgan arifmetik 
mantiqiy va maxsus operatsiyalarni bajarilishi bilan belgilanadi. Arifmetik 
mantiqiy qurilma qurilishi esa mikrodasturlarda bajariladigan mikrobuyruqlar bilan 
belgilanadi. Arifmetik mantiqiy qurilmaning undanda soddaroq sxemasini olish 
uchun arifmetik mantiqiy operatsiyalardan eng minimalini tanlash lozim. Bunda 
arifmetik mantiqiy qurilmaning berilgan tezkorligini hisobga olish zarur.


· natija to‘lib-toshishi (AV) 
· ishora (AS) 
· holati (AQ)
Sikl oxirida arifmetik statusga ega bo‘lgan signallar o‘z holatlarini 
o‘zgartiradi (ASTAT): 
X kirish porti 2 ta manbadan ma’lumot qabul qilishi mumkin: AX- registr 
blokining va natijalar shinasidan natijalar shinasi (R) barcha hisoblovchi 
qurilmalarning kirish registrlarini birlashtiradi. 

Yüklə 3,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin