Shaxsni tarbiyalashda oila, maktab va mahallaning hamkorligi. Reja


Ota-onalar sinf majlisini o’tkazish. Bu shakldagi aloqa maxsus ish rejasi orqali amalga oshiriladi



Yüklə 34,48 Kb.
səhifə7/13
tarix03.04.2023
ölçüsü34,48 Kb.
#92676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Shaxsni tarbiyalashda oila, maktab va mahallaning hamkorligi. Re

4. Ota-onalar sinf majlisini o’tkazish. Bu shakldagi aloqa maxsus ish rejasi orqali amalga oshiriladi.
5. Ota-onalarni maxsus pedagogik va psixologik bilimlar bilan qurollantirish maqsadida ular bilan suhbat va ma’ruzalar o’tkaziladi.
6. Savol-javoblar kechasi. Ishning bu shakli sinf o’quvchilarning xususiyati, xarakterini yaxshiroq o’zlashtirish imkonini beradi.
7. Ota-onalarning tarbiya borasidagi ilg’or tajribalar bilan fikr almashish, o’rtoqlashish. Bu narsa quyidagi mavzuda bo’lishi mumkin:
a) yoshlarni qanday qilib mehnatga tayyorlash mumkin?
b) o’quvchining kundalik rejimi haqida.
v) “Ota-onalarning obro’si” haqida, “Oilada yoshlarga axloqiy tarbiya berish” va hokazolar to’g’risida anjumanlar o’tkazish.
8. Maktab qoshida ota-onalar universitetlarini tashkil etish va bu universitetlardan tizimli ish olib borish:
a) ota-onalarni tarbiya sohasidagi adabiyotlar bilan tanishtirish.
b) “Ota-onalar, sizlar uchun” degan mavzuda og’zaki jurnal.
v) faol ota-onalarning tarbiyaviy ish tajribalari bilan boshqa sinf rahbarlarini tanishtirish kabi ishlar olib borilishi lozim.
Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari g’oyat keng, ko’p qirrali bo’lib, bu ishlar faqat sinf va maktab miqyosi bilan cheklanmaydi, aksincha turar joylardagi va o’quvchining ota-onasi ishlab turgan korxonadagi jamoatchilik bilan ham yaqin aloqada bo’lishni taqozo etadi.
Bizning yosh avlod xalqimizniig inqilobiy, mehnat, jangovar an’analarini o’zlashtirib, o’ziga katta avlodning eng yaxshi fazilatlarini — g’oyaviy e’tiqod va matonatni, Vatanga muhabbatni, uning iqtisodiy, siyosiy va jangovar qudratini mustahkamlashda ishtirok etishga intilishni singdiribgina o’z bobolari va otalari ishini davom ettira va ko’paytira oladi. Bu ishda ota-onalar ayniqsa muhim o’rin tutishlari kerak.1
Buni barcha sinf rahbarlari nazarda tutishlari muhimdir, Bunda shaxsning huquqiy yetukligi shaxs ijtimoiylashuvining mahsuli ekanligini har bir oilaga tushuntirish g’oyat muhimdir. Oila shaxs uchun uning ijtimoiylashuv jarayoni ro’y beradigan, uning axloqi, dunyoqarashi asoslari va hokazolar tarkib topadigan dastlabki va nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo’lgan jamoadir.
Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli pavishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir ko’rsatishga qodirdir va odatda ta’sir ko’rsatadi. Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va psixologik ta’­sir ko’rsatiishning chuqur o’ziga xosligi bilan uyg’unlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta’sirchan qilibgina qolmay, shu bilan birga shaxsni shakllanti­rish jarayonining zarur bo’g’iniga ham aylantiradi.
Oilaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati shaxslar va ota-onalarning o’ziga xos xususiyatlari: qon-qarindoshligi, muhabbati, yaqinligi, ishonchi, burch hissi, obro’liligi va hokazolar bilan ta’minlanadi. O’z farzandining barcha zaif va kuchli tomonlarini yurgakdagi chog’idan biladigan, uning qalbidagi eng kichik harakatni ham sezadigan va tushunadigan, unga ta’sir etishni bi­ladigan onadan va otadan yaxshiroq kim ham ularni ezgulikka, mehnatsevarlikka, do’stlikka, muhabbatga o’rgata oladi!
Ma’lumki, xilma- xil faoliyat sharoitida shaxsning qobiliyatlari eng samarali rivojlanadi, uning ijodiy imkoniyatlari ochiladi, shaxsni oiladan boshqa qaerda ham faoliyatning xilma- xil turlariga jalb etish mumkin. Oilaviy tarbiyaning qimmatliligi va ahamiyati yana shundaki, kichik shaxslik paytida oilada egallangan narsalar bir umr saklanib qoladi. Xuddi shuning uchun ota-onalarning shaxslarni har tomonlama tarbiyalash majburiyati qonuniy tarzda belgilab qo’yilgan.
Sinf rahbarlari ota-onalar bilan birgalikda tar­biyaviy ishni tashkil etar ekanlar, eng yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar ma’lumotlarini e’tiborga olishlari ham muhimdir, ularga ;muvofiq o’sib kelayotgan kishi shaxsini shakllantirishga oilaning qo’shadigan hissasi turli yosh bosqichlarida turlicha bo’ladi va to’lqinsimon o’zgaradi. Dastlabki 3 yil ichida u ayniqsa kuchli bo’ladi, shundan keyin oilaviy ta’sirning muayyan darajada barqarorlashuvi davri boshlanadi. Uning navbatdagi odatda maktabgacha yosh tugaydigan paytga to’g’ri keladi, shundan keyin taxminan o’smirlik davrigacha u zaiflashgandek bo’ladi. Yana ota-onalariing ta’siri ota-ona oilasidan ajralib, o’z oilasini tuzguncha ancha kuchayadi.
Psixologik-pedagogik tadqiqotlarning ma’lumotlari ba’zan shaxsning imkoniyatlari to’grisidagi barqaror tasavvurlarni o’zgartirib yuboradi. Masalan, ych yillik shaxslar olimlar bir necha yil muqaddam taxmin qilganlariga nisbatan ancha chuqur idrok etish qobiliyatiga ega, uch yoshli shaxs hozir faqat olti yoshli shaxslar qilgan va qilmagan narsalarni bilishi va qilishi mumkinligi kichkintoyni yurishdan oldin suzishga, ona tili bilan deyarli baravar chet tilida gapirishga o’rganish mumkinligi va hokazolar ma’lum bo’ldi.
Vaholanki, tajribaning ko’rsatishicha, ota-onalar ko’pincha o’zlarini tarbiyaviy ishga to’la tayyor deb biladilar va maxsus pedagogik bilimlarni egallashni zarur deb hisoblamaydilar. Ota-onalarning bu xusuiyatini taniqli pedagog va psixolog K. D. Ushinskiy o’z davrida ta’kidlagan edi. «Tarbiya san’ati, — deb degan edi u, — shunday xususiyatga egaki, deyarli barchaga tanish va tushunarli, ba’zilarga esa juda oson ish bo’lib tuyuladi — odam bu ish bilan nazariy va amaliy jihatdan qanchalik kam tanish bo’lsa, unga bu shunchalik tushunarli va oson bo’lib ko’rinadi. Deyarli hamma tarbiya sabr-toqatni talab etishini e’tirof qilishadi, ayrimlar buning uchun tug’ma qobiliyat va malaka, ya’ni ko’nikma kerak, deb o’ylaydilar; lekin juda kam odam sabr-toqat, tug’ma qobiliyat va malakadan tashqari yana maxsus bilimlar kerakligi haqida ishonch hosil qilish.
Bunday bilimlarning yo’qligi oilaviy tarbiyada ko’plab xatolarga olib keladi, guruh rahbari ota-onalar bilan ishlashda buni hisobga olmay iloji yo’q. Bu jihatdan ota-onalarning shaxslarni tarbiyalashdagi quydagi qiyinchiliklari va xatolarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1. Ota-onalarning shaxslar bilan muomalasining yetishmasligi. Ular o’zlari, ishlari haqida kam so’zlab beradilar, o’quv bilim yurti o’quvchilar jamoasining hayoti, o’z shaxssining qiziqishlari, uning jamoat ishlari, bu ishga munosabati va hokazolar bilan kam qiziqadilar. Muomalaning yetishmasligi shaxslarning ota-onadan uzoqlashishiga olib keladi, kattalarni shaxsga yanada faolroq ta’sir ko’rsatish imkoniyatidan mahrum etadi.
2. Shaxslarni mehnat jarayonlariga jalb etish orqali ularning mehnat tarbiyasini tashkil qila bilmaslik ona ishga ko’milib ketgan paytda shaxslar oilaviy ishlardan, turar joylardagi ishlardan va hokazolardan ozod etiladilar. Buning natijasida mehnatga mensimay munosabatda bo’ladilar.

Yüklə 34,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin