Shaxsni tarbiyalashda oila, maktab va mahallaning hamkorligi. Reja


Oila ham o’z navbatida farzandi haqida o’z mulohazalari, kuzatishlari yuzasidan sinf rahbariga quyidagi mazmunda ma’lum axborotlar berib borishi mumkin



Yüklə 34,48 Kb.
səhifə5/13
tarix03.04.2023
ölçüsü34,48 Kb.
#92676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Shaxsni tarbiyalashda oila, maktab va mahallaning hamkorligi. Re

Oila ham o’z navbatida farzandi haqida o’z mulohazalari, kuzatishlari yuzasidan sinf rahbariga quyidagi mazmunda ma’lum axborotlar berib borishi mumkin:
- Farzandi uyga berilgan vazifalarni qanday bajaradi, unga sarflaydigan vaqti, dars tayyorlash tartibi, mustaqillik darajasi.
- Belgilangan kun tartibining bola tomonidan bajarilishi.
- O’quvchining maktab haqidagi hikoyalari, taassurotlari, gaplari, sinf hayotidagi turli voqealarga baholari.
- Ota-onaning ayrim o’qituvchilardan, sinf rahbaridan, maktab rahbarlaridan iltimoslari va takliflari.
Sinf rahbari bilan oila o’rtasidagi bu xildagi o’zaro xabarlashuvlar o’quvchini to’la o’rganishga, ta’lim va tarbiyada shu o’quvchi uchun eng maqbul tarbiya va ta’sir vositasini topishga yordam beradi. Sinf rahbari o’z kuzatishlari, oiladan olgan axborotlari natijasini kundalikka yozib borsa, undagi to’plangan ma’lumotlarni vaqti-vaqtida o’rganish bilan shularga asoslanib tegishli xulosalar chiqarsa, bola xulqini va fazilatlarini yaxshilash yo’llari, keyingi rejalarni belgilasa, erishilgan darajani hisobga olib yangi pedagogik talablar qo’yib bo’lsa, tarbiya albatta samarali natija beradi.
Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari tajribasida shaxsiy, sinf-sinfli va ommaviy kabi shakllar keng tarqalgan. Ayniqsa, uning ota-onalar bilan olib boradigan ommaviy ishlari bu sohadagi faoliyatinnig asosiy yo’nalishidir. CHunki bu barcha ota-onalarni birlashtiradi hamda ularni maktab talablari bilan tanishtirish, jamiyatning tarbiyadan kuzatadigan maqsadlari, ota-onaning vazifalari, tarbiyani amalga oshirish yo’llari, uslub va shakllari haqida bilim berish, sinf hayotidagi o’zgarishlar, rejalar haqida maslahatlashish uchun pedagogik ma’ruzalar tashkil etish ilmiy anjumanlar, “ochiq eshik” kunlari, savol-javob kechalari, ota-onalar majlislari o’tkazish ommaviy ishning turlaridir.
Sinf rahbarining tajribasida ota-onalar majlislari keng tarqalgan va qaror topgan ish shaklidir. Bu majlislar sinf ota-onalar jamoasining yuqori organi sifatida o’z qarorlari bilan sinfdagi, oiladagi va turar joylardagi amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlarning vazifasini va yo’nalishini belgilab beradi.
Sinf ota-onalar majlislarining bir necha xili mavjud: sinfdagi tashkiliy ishlar bilan bog’liq majlislar, ota-onalarga pedagogik ma’lumot berishga bag’ishlangan majlislar, munozara shaklidagi majlislar, yarim yillik yoki yil yakuniga bag’ishlangan majlislar. Bu majlislarning har biri o’z maqsadiga tayyorlash va o’tkazish tartibiga ega.

Yüklə 34,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin