Sinf rahbarining oila va jamoa bilan olib boradigan faoliyati.
Maktabning oila va keng jamoatchilik bilan aloqasi sinf rahbari orqali amalga oshiriladi. Sinf rahbari ota-onalar bilan olib boradigan ishlariga quyidagi vazifalarni hal qiladi: 1. Ota-onalar bilan yaqindan aloqa o’rnatadi va aloqani doimo mustahkamlab boradi; 2. O’quvchiga nisbatan maktabning va oilaning yagona talablar qo’yishga erishadi; 3. Sinf ota-onalar jamoasini tashkil etib, ularning sinfdagi tarbiyaviy ishlariga faol qatnashishlarini ta’minlaydi; 4. Ota-onalar o’rtasida pedagogik bilimlarni tarqatadi va ularning pedagogik madaniyatini yuqori darajaga ko’taradi; 5. Sinfga otaliq qilayotgan tashkilotlar, oila va maktabga yordam beruvchi tashkilotlar bilan aloqa o’rnatadi va ularni sinfdagi tarbiyaviy ishlarga jalb qiladi. Sinf rahbarining o’quvchini yaxshi tarbiyalashdagi oila va jamoatchilik bilan hamkorligining muvaffaqiyati ularning bola bilan qilayotgan ishlari haqida bir-birlariga qanchalik ko’p, aniq va muntazam xabar berib turishlariga bog’liq. Ana shu maqsadda sinf rahbari oilaga bir qator tizimli axborotlar berib turishi kerak: - O’quvchining o’quv mehnatiga tavsifnoma, o’qishdagi muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligi, ularning sabablari, olayotgan baholari. - O’quvchinnig ijtimoiy faolligi haqida axborotlar, o’quvchining jamoa hayotidagi ishtiroki nimalardan iborat ekanligi, jamoat topshiriqlari va vazifalarning bor-yo’qligi, sababi, ularga o’zining munosabati. - O’quvchining o’z o’rtoqlari, o’qituvchilari bilan munosabatida vujudga kelgan holatlarning xarakteri, maktabdagi munosabatlarnnig doirasi. - O’quvchining ayrim hatti-harakatlarini tahlil qilib, ularga pedagogik izohlar berish. Oilaga o’quvchi tarbiyachi haqida maslahat va tavsiyalar.