Shaxsni tarbiyalashda oila, maktab va mahallaning hamkorligi. Reja


Ota-onalar turmushida salbiy misollarning mavjudligi o’quv muassasasining pedagogik kuch-g’ayratini yo’qqa chiqaradi



Yüklə 34,48 Kb.
səhifə8/13
tarix03.04.2023
ölçüsü34,48 Kb.
#92676
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Shaxsni tarbiyalashda oila, maktab va mahallaning hamkorligi. Re

3. Ota-onalar turmushida salbiy misollarning mavjudligi o’quv muassasasining pedagogik kuch-g’ayratini yo’qqa chiqaradi.
4. Ota-onalar tarbiyaviy ta’sirining izchil emasligi — onda-sonda o’qishini tekshirish, biror nojo’ya ish uchun jazolash va hokazolar axloqiy immunitet hosil bo’lishiga yordam bermaydi.
5. Oilaviy tarbiyaning asosi sifatida taqiqlashlar sistemasi — ijobiy namuna asosida tarbiyalay bilmaslik, shaxs hayotini u har doim turli hatti-harakatni mashk kiladigan tarzda tashkil eta olmaslik natijasidir. Bu sistema shaxsning kattalar xohishiga salbiy munosabatini tug’diradi, mustaqillikning rivojlanishini susaytiradi.
6. Harakatlarning o’quv bilim yurti bilan muvofiqlashtirilmaganligi yoki u bilan kelishmovchilik. Tarbiyalanuvchida pedagogga, o’quv bilim yurtiga ishonchsizlik paydo bo’ladi va o’sib boradi, bu esa uning kamchiliklarini tuzatishni qiyilanshtiradi, pedagogik jihatdan qarovsizlik holatiga olib keladi.
7. Ayrim ota-onalarning shaxslar ulg’ayib borishi bilan tarbiyaviy faollikni susaytirib yuborishlari, bu esa shaxslarning ota-onalardan uzoqlashuviga, o’quv bilim yurtiga qiziqishi pasayishiga va hokazolarga olib keladi.
8. Qarorlar qabul qilishda kechikish. SHaxs katta bo’lgandan keyin aqli kirib, tuzaladi deb o’ylash odatda o’zini oqlamaydi, ko’pincha qayta tarbiyalashni talab etadigan pedagogik jihatdan qarovsizlik holatiga olib keladi.
Ko’rsatib o’tilgan kamchiliklar qatoriga ota-onalar­ning tarbiya usullarini bilishlarini, shaxslar ulg’ayishi bilan ularni o’zgartirishni bilmaslik yoki istamaslik ota bilan onaning talablari birligining, pedagogik odob, chidamning yo’qligi, ota-onalarning turmushning ma’naviy tomoniga zid tarzda moddiy tomoniga qiziqib ketishi va boshqalarni qo’shish mumkin.
Ota-onalar bilan ish shakllari va usullarini tanlashni odatda sinf rahbari o’z shaxsiy xususiyatlari tajribasini, o’quvchilarning oilalarida vujudga kelgan o’ziga xos xususiyatlarni, ota-onalarning bilim va tajribasini, tarbiyalanuvchilarni tarbiyalashda yuqorida ko’rsatib o’tilgan xatolar va qiyinchiliklarni, fe’l-atvor xususiyatlarini, o’quv muassasasi pedagoglar jamoasidagi muhitni, ota-onalar bilan ish olib borishda tarkib topgan an’analarni va hokazolarni hisobga olib belgilaydi, tajribaning ko’rsatishicha, sinf rahbarining ota-ona­lar bilan hamkorligining ommaviy, sinf. tarzidagi va yakka tartibdagi ish shakllarini oqilona birga qo’shib olib borish, bunda uning mazmunida izchillikka rioya etish orqali erishiladi.

Yüklə 34,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin