Shu bilan birga, katta bo’lmagan ish joyiga EGA bo'lgan korxonalarda (odatda 50 dan ortiq bo'lmagan) Axborot xavfsizligini ta’minlashga katta e’tibor beriladi


Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə17/18
tarix17.10.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#65279
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
O’ralov S.J finsh (2) (2)

3.2. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish
1. Jabrlanuvchini elektr tokidan xolos etish.
2. Jabrlanuvchining ahvolini aniqlab bilish.
3. Sun’iy nafas berish va yurakni uqalash.
Elektr toki ta’siridan ozod etish uchun elektr qurilma (jihozni)ni oziqlanayotgan kuchlanishdan uzib olib qo’yish (o’chiruvchi moslama, tugmacha va rubilniklar yordamida), agar buning iloji bo’lmasa, u holda probochnik predoxranitellarni burab chiqib olish yoki simlarni tokdan saqlaydigan qo’lqopchalar bilan o’tkir jismlar yordamida qismlarga bo’lib, chopib tashlash zarur.
Agar sim jabrlanuvchining ustiga tushgan bo’lsa, istalgan tok o’tkazmaydigan jism (yog’och, xoda, doska) bilan ehtiyotkorona olib, bir tomonga surib tashlash kerak.
Agar jabrlanuvchi biron-bir tayanchda bo’lsa, tok yuruvchi simga oldindan erga tutashtirilgan sim tashlash mumkin. Bu sim himoyani ishga solib, kuchlanishni o’chirishga xizmat qiladi. Bu holatda jabrlanuvchining yiqilishiga yo’l qo’ymaydigan tadbirni oldindan ko’ra bilish zarur.
Aksariyat hollarda jabrlanuvchining tana a’zolariga yalang qo’llar bilan tegmaygina kiyimidan tortib, xavfsiz joyga sudrab o’tish mumkin.
Imkoniyat bo’lsa, dielektrik qo’lqoplar va kalishlar berishi kerak.
Jabrlanuvchining elektr tokidan ozod etib, tezda ahvolini aniqlash kerak.
Agar u hushida bo’lsa-yu, biroq uzoq vaqt tok ta’sirida bo’lib turgan bo’lsa, u holda unga to’la tinchlik, osoyishtalik zarur va 2-3 soat davomida kuzatuv ostida bo’lishi lozim, zero, elektr toki chaqirgan buzilishlar sezilarsiz xossalarsiz o’tishi, biroq ayrim muddat o’tgach, patologik oqibatlar klinik o’lim kelishigacha borib etishi mumkin.
Agar jabrlanuvchi hushsiz bo’lsayu, nafas va yurak faoliyati saqlanib qolsa (puls, tomir urish), u holda
a) qulay va tekis qilib, chalqancha etqizish;
b) kiyimni tugmasini echish;
v) toza havo oqimini yaratish;
g) so’ng jabrlanuvchiga vaqti-vaqti bilan spirt, nashatir hidlatish;
d) suv purkash va doimiy tarzda tanani artish va qizitish;
e) ko’ngil behuzur bo’lganda, ko’ngil ayniganda jabrlanuvchining boshini chapga yonboshga egish kerak.
Agar jabrlanuvchida hayot belgisi sezilmasa (pulsi yo’q bo’lsa, yurak urmayotgan bo’lsa, talvasali noritmik nafas urishi), u holda jonlantirish (tiklash) ishlariga kirishish zarur.
a) birinchi navbatda barcha organlarni kislorod bilan ta’minlashning bosh manbai sifatida nafasni me’yorlashtirish va b) inson organizmining hamma to’qimalariga kislorod etkazib beradigan qon aylanishini normalashtirish zarur.
Nafasni sun’iy nafas yordamida tiklaydilar.
Sun’iy nafas uslublari:
Qo’lbola (Silvestr Shefer uslublari va hokazo)
1. Og’izdan og’izga (keng tarqalgan)
2. Og’izdan buringa (keng tarqalgan)
3. Apparat va qo’l yordamida.
Bizni o’rab turgan havoda 21% ga yaqin kislorod bor, o’pkadan chiqaradiganimiz 16 foizga teng. O’pkaga puflaganda qo’lbola uslublardagiga nisbatan ko’p, 1-1.5l havo tushadi. O’pkaga daqiqasiga 10-12 martadan kam emas, o’z nafasi chastotasi bilan birga puflash lozim.
Agar jabrlanuvchi mustaqil tarzda nafas olsa, u holda puflash jabrlanuvchining o’zini nafas olishiga moslash zarur. Ilk bor mustaqil nafas olishda sun’iy nafasni to’xtatish mumkin emas, zero, noritmik sust mustaqil nafas olishlar o’pkada etarli gaz ayriboshlashni ta’minlab berolmaydi.
Yurak faoliyatini tiklash uchun to’g’ridan to’g’ri bo’lmagan holda yurakni uqalash (massaj qilish) jarayonini o’tkazadilar.
Avvalo jabrlanuvchining chap tomoniga joylashadilar.
Kaftning asosini ko’krakning uyi -qismiga qo’yib, boshqa qo’l kaftini birinchisining yuqori qismiga ko’yadilar.
Ko’krakni shunday kuch bilan bosilsinki, shunday u umurtqa tomon 3-6sm ga joylashib borsin. 1 daqiqada 60-70 ta ezish, bosish zarur.
Yurak faoliyati tiklanishi xususiyatlari jabrlanuvchining pulsi (tomir urishi) paydo bo’lishi, terining pushti-qizil rangga kirishi, ko’z qorachig’larining kichkinalashuvidan iborat.
Ko’pincha yurakni to’g’ridan to’g’ri bo’lmagan holda uqalash sun’iy nafas berish bilan muvofiq holda qilinadi. Agar 2 kishi yordam ko’rsatayotgan bo’lsa, u holda biri yurakni uqalasa, boshqasi sun’iy nafas beradi: 3-4 yurak ezish va 1 ta nafas puflash. Agar yordamni 1 kishigina ko’rsatayotgan bo’lsa, u holda davriylik almashib turadi: 3-4 nafas puflash, so’ngra 15 marta yurak ezish; 2 puflash-15 bosish va hokazo.
Jonlanish belgilari paydo bo’lgandan so’ng sun’iy nafas berish va tashqaridan yurakni uqalash havo puflashni jabrlanuvchining nafas olishni boshlashiga muvofiqlashtirgan holda 5-10 daqiqa davom ettirish zarur.
Jarohat (shikastlanish) olganda birinchi yordam, qon ketishini to’xtatish.
Jarohatni suv bilan yuvish, tuproqni tozalash, jarohatga dori kukunini sepish, eki boshqa davolash vositalarini qo’yish, jarohat joyidan to’planib qonni olib tashlash zinhor mumkin emas. Faqat tibbiyot hodimigina jarohatni to’g’ri tozalab tashlay oladi.
Buning uchun individual paketni ochib, jarohat joyiga steriltoza materialni qo’yib, bog’lab qo’yish kerak.
Koppilyar yoki venadan ketayotgan qonni to’xtatish uchun jarohatning nihoyalanish a’zosini yuqoriga ko’tarib, lat egan joyga siquvchi bog’lamani qo’yadilar.
Arterial qon ketishni to’xtatish uchun bo’g’indagi nihollanish joyini bukib, arteriyani qo’l bilan ushlab, jgut yoki zakrutka qo’yadilar. Jgut sifatida rezina shnur, zakrutka sifatida-remenlar, sochiqlar, ro’mollar.
Jgut yoki zakrutka jarohatdan 5-7sm chetidan yuqoriroq qo’yiladi. Jgut ostiga qo’yilish, vaqti ko’rsatilgan yozuvni qo’yadilar.
Yozda jgutni 2 soatga, qishda 1 soatga qo’yish mumkin. So’ngra jgutni qon lat egan nihoyaga kelishi mumkin bo’lishi uchun 2-3 daqiqaga engillashtirish mumkin, negaki aks holda to’qimalari o’lishi mumkin. Agar jgutni bo’shashtirganda qon yana ketaversa, jgut yana qattiq qayta siqiladi.
Sinish, lat eyish va shikastlanishda birinchi yordam.
Sinish va chiqishda birinchi shifokor yordamiga ko’mak to’liq bexarakat holga keltirishni taminlash eki shikastlangan tana qismini harakatsiz holatga keltirishdan iboratdir.Sinish belgilari-og’riq ,tananing shikastlangan qismidagi tabiiy shakl,singan joyda suyakining qimirlashi.Harakatsiz holatga keltirish uchun maxsus shinalar eki qo’lbola vositalarni chang’i palkalari, doskalari, yupqa taxtalar, zontlar va ham Shinalar shikastlangan joyni, bo’g’ini quyi va yuqori tomonini yopish uchun bir xil uzunlikda tanlanadi.Agar singan joy ochiq bo’lsa, u holda avval jarohatni aseptik bog’lama bilan o’rash , so’ng shina qo’yish zarur.
Bosh suyagi sinsa, jabrlanuvchi chalqanchasiga yotqiziladi, boshi yonboshlatib sovuq narsa qo’yiladi.
Umurtqa singanda, jabirlanuvchi ostiga ehtiyotkorona taxta, keyin g’ov qo’yiladi yoki jabirlanuvchi yuzi erga qaratilgan holda qorniga yotqiziladi.
O’mrov suyagi singanda yoki chiqqanda, qo’ltiq ostiga paxta uyumi eki yumshoq narsani yumaloqlab qo’yilishi zarur.To’g’ri burchak ostida bukilgan qo’lni tanaga bintlash yoki ro’mol bilan bo’yinga bog’lab qo’yish zarur. Jaroxat joyiga sovuq qilish zarur.
Qo’l suyaklari singan yoki chiqqanda, shina qo’yib, qo’lini to’g’ri burchak ostida ro’molga osma tarzda qilib qo’yish yoki pidjak maydoniga to’g’irlash va shikastlangan erga sovuq jism (muz) qo’yishi zarur.
Qovurg’a singan-nafas olayotganda ko’krak nafasini zich qilib bintlash zarur.
Kuyish va Muzlashda birinchi yordam.
Kuyishni 4 darajasi mavjud (1, 2, 3, 4). Shikastlanishi og’irligi kuyish darajasi va maydoniga bog’liq. Agar tanani 20% dan ko’prog’i jarohatlangan bo’lsa, u holda kuyish markaziy asab tizimi va yurak-qon tomirlarida o’zgarish bo’lishiga sabab bo’lib, shok xolatini yuzaga keltirishi mumkin. Shikastlangan erga steril toza bog’lama qo’yish, yoki muz solingan xalta eki muzdak suv solingan xaltani bosish va jabirlanuvchini shifoxonaga jo’natish, eltish zarur.
Ko’z kuyganda, voltli ey qilib, 2-3% bor kislotasi bilan ko’zni yuvish va bemorni shifoxonaga eltish lozim.
Kimyoviy kuyishlarda (kislota, ishqor) –shikastlangan joyini 10-15 daqiqa davomida oqar suvda yuvish, so’ng neytral eritma bilan yuvish lozim. Kislotadan kuyganda esa-5% margansev-kisliy kaliy eki 10 % iste’mol soda eritmasi bilan yuvish zarur. Ishqordan kuyganda–5 foizli uksus eritmasi yoki bor kislotasi bilan yuvish kerak. Ko’zlarni esa 2-3% eritma bilan yuvish zarur.
Muzlash-past harorat tasirida to’qimalarni lat eyishi.
Birinchi yordam-butun tanani qizdirish, muzlagan qisimlarni engil yumshoq quruq gazmol (sharf, jun qo’lqoplar) bilan artish. Aslo qor bilan emas. SHikastlangan er qizargach, biron bir yog’-moyli bog’lama qo’yib, nihoyalash erlarni yuqoriga ko’tarib ushlash va shifoxonaga elitib ko’yish zarur.
Issiqlik zarbasi-butun tana qizishi oqibatida markaziy asab tizimi faoliyatini keskin tosatdan maromi buzilishi.
Atrof muhitning yuqori harorati uzoq ta’sirida bino ichida yuqori namlik mavjudligi va havoning etarli bo’lmagan harakatlanishida vujudga keladi.
Issiqlik zarbasiga quyosh urishi yaqin, u quyosh nurlarining to’g’ridan to’g’ri boshni qizdirib yuborishi natijasida sodir bo’ladi.
Jabirlanuvchi darhol:
a) salqin joyga olib o’tish;
b) boshini sal ko’targan holda chalqanchasiga etqizib qo’yish;
v) osoyishtaligini taminlash;
g) toza havo kelishiga imkon yaratish;
d) boshiga muz yoki sovuq latta qo’yish lozim.
Tibbiy zambillarga joylashtirishda asta-sekin ko’tarib turib, ostiga zambil qo’yish zarur (uni zambilga ko’tarib qo’yish xilof ish).
Tekis joyda oyog’ini oldiga qilingan holda olib boradilar balandlikka ko’tarilishi yoki zinapoyalarda-boshini oldiga qilib tashiydilar.
Zambil tashuvchilar zambilni chayqatib yubormastlik ehtiyotini qilib, biroz bukilgan tizza bilan yurishlari lozim.


XULOSA
Ushbu bitiruv ishida tashkilot uchun lokal tarmoq xavfsizlik siyosatini ishlab chiqish o’rganildi va quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  1. “Quality product” MCHJ muassasasi faoliyati va strukturasini tahlil qilindi.

  2. Axborot xavfsizligi aktivlari va ularga nisbatan tahdidlarning tahlili keltirildi.

  3. “Quality product” MCHJ uchun lokal tarmoq xavfsizlik siyosati ishlab chiqildi.

  4. Hayot faoliyati xavfsizligi qismida quyidagilar keltirildi: Mehnatni muhofaza qilishni ta’minlash to’g’risida va yong’in xavfsizligini oldini olish bo’yicha chora tadbirlar. Elektr xavfsizligini ta’minlash chora tadbirlari o’rganib chiqildi hamda keltirilib o’tildi.




Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin