1. 2. ShukurXolmirzayevasarlaribadiiyati. “Yozuvchi millat ruhidan kelib chiqmasa, bolmas ekan” , – degan o’z iqrornomasi uning butun ijodini, asarlarini, shaxs sifatidagi tabiatini tutashtirib turadi. Shukur Xolmirzayev asarlari hayotda, inson qalbida yechilmay yotgan muamolarning badiiy tahliliga qaratilgan. Yozuvchi qahramonlari asar g’oyasini, badiiy topilmalarni kitobxon og’ziga chaynab solmaydi. Noshud, hayotda to’g’ri yo’l topolmagan, beo’xshov yoki razil qahramonlarini asar nihoyasiga borib tugatmaydi, yaxshilamaydi. Ularni o'zining badiiy niyati amalga oshirilgan darajada hayotdagiday qoldirib, kitobxon hukmiga havola etadi. Bu uslub asar va qahramon haqida mushohada yuritish uchun o’quvchiga keng imkoniyat qoldiradi. Adib asarlari qahramonlari aksari uning o’zi tug’ilib osgan tuproq – Surxon diyorining mehnatkashlaridir. Asar voqealari sodir bo’ladigan manzil ham ko’pincha shu voha bo’ladi. Shu voha qahramonlari timsoli misolida adib o’zbek xalqining, o’zbek tuprogining o’ziga xosliklarini tajassum etadi. Yozuvchi asar qahramonlarini oqlamaydi ham, qoralamaydi ham. Asosiy e’tiborni ularning qalbi, ma’naviyati, do’stlarga, yangi hayotga, o’zgarishlarga munosabatini ko’rsatishga qaratadi va hukm chiqarishni o’ziga qoldiradi.
Adib asarlarining g’oyalari bir-birini to’ldirib boradi, tasvirlangan qahramonlar harakatidan, tabiatidan chiqarilgan xulosalar bir-birini yanada boyitadi, milliy ozligimizning turli qirralarini alohida xarakterlar orqali tasvirlab, xalq qiyofasidagi yaxlit qiyofaning turli jihatlarini ochib beradi. Yozuvchi asarlari tasvirida tirikchilik qiyinchiliklari bilangina o’ralashib qolmaydi, ma’naviyat masalalariga ham alohida e’tiborni qaratadi. Zamon talotumlari ma’naviyatimiz mustahkamligi va mustaqilligida jiddiy salbiy iz qoldirayotganiga ishora qiladi. Bunga, bir jihatdan, avvalambor, jamiyat norasoliklari sabab, qolaversa, ikkinchi jihatdan, bu hol ko’proq irodasi sust kishilarda namoyon bo`lmoqda. Irodasi mustahkam kishilarning esa irodasin sinovdan, chig’iriqdan o’tkazib, ma’naviyatini yanada mustahkamlamoqda, zamon yangiliklari tasirida yanada boyitmoqda. Mustaqillik davri kishisi qalbida, dunyoqarashida ro’y berayotgan o’zgarishlarni, bazan iqtisodiy sharoitlarning shaxslararo va jamiyat bilan munosabatlarga korsatayotgan tasirini, bir soz bilan aytganda, yangilanayotgan tabiatli zamondosh, yurtdosh sajiyasini, siymosini korsatish bu yo’ldagi qiyinchiliklarni, ziddiyatlarni, yo’qotish va topishlarni aks ettirish adabiyotimiz oldidagi muhim vazifalardan sanaladi. Shukur Xolmirzayevning ba’zi romanlari mana shu muammoga bag’ishlangan. Shukur Xolmirzayevning “Qil ko’prik”, “So’nggi bekat”, ‘‘Yo’lovchi’’, ‘‘Olabo’ji’’, ‘’Dinozavr’’ romanlari turli mavzu va muammolarga bag’ishlangan. ‘So’nggi bekat’ adibning roman janridagi dastlabki tajribasi bo’lishiga qaramay, sho’ro davrining so’nggi bosqichidagi kamchiliklarni zamondoshlar qiyofasidagi Zorasoliklarni keskin fosh etishi bilan ajralib turadi. ‘Bekat’ xojaligida yashab, mehnat qilayotgan turli toifadagi kishilar xarakteri, harakati misolida adib, umuman, jamiyatni qattiq qoraladi. Bu, mohiyat e’tibori bilan, mazkur davr jamiyatning umuman so’nggi bekati bolsa nima qilarkin, degan badiiy fikrga go’yo ishoradek bolgan. Taxminan, o’n besh yil o’tgach bu badiiy ‘karomat’ o’zining tasdig’ini topgan. 1987-yil adib ‘Yolovchi’ romanini yaratgan. Ayniqsa, shakli, kompo’zitsiyasi jihatdan yangicha izlanishlari mol bolgan bu asar ko’proq monolog va dialoglar asosiga qurilgan. Yozuvchi qahramonlari xarakterini, asosan, shu yo’sinda ochishga harakat qiladi. Oliy ma’lumotli bolish yaxshi. Lekin shunchaki, bilimsiz, jamiyatga nafi tegmaydigan, o’zini o’ylashdan nariga otmaydigan xudbin oliy ma’lumotlining nima keragi bor? Undan ko’ra noilojlik tufayli nainki oliy malumot, balki, hatto, to’liq o’rta ma’lumot ham ololmay qolgan, biroq mehnatsevar, halol, el va yurtga qayishuvchi, do`stga sadoqatli kishi ko‘p bor afzal emasmi?
Yozuvchi xuddi shu fazilatlarni romanning bosh qahramoni Bekdavlat qiyofasida aks ettirgan ‘’Olabo‘ji’’romanida yozuvchi mustaqillik arafalaridagi sho‘ro jamiyatini tanazzulga yetaklagan jarayonlarning ma’naviy va axloqiy asoslarini ko‘rsatgan. Asarda Ulton va Bahor singari yoshlar taqdirini chilparchin qilishda, jamiyatni rasvo yo‘lga yetaklashda To‘qliboy Qo‘chqorov singari kimsan, firqaning manaman degan rahbarlari bosh-qosh bo‘lgani ochib tashlangan. ‘Qil ko‘prik ‘ romanini yo’zish uchun adib salkam besh yil sarflagan. Asarda ‘qizil’larning istiqlolchilarga (davr tili bilan aytganda ‘bosmachi’larga) qarshi olib borgan kurashi va ularni mahv etish jarayonlari tasvirlangan. Kitob ham sho‘rolar hukm surgan davrda yo’zilgani bois, firqaviy mafkuraga mos kelmaydigan biror gapni aytish, g‘oyani ilgari surish amri mahol bo‘lgan. Shu ma’noda, romanda sho‘ro maqsadlarini ko‘rsatuvchi manzaralar, sahifalar oz emas va bu tabiiydir. Lekin yozuvchining asl maqsadi bu emas. Uning qalbida, vujudida milliy istiqlolchilarga, vatanparvarlarga mehri, xayrxohligi tug‘yon urgan.
O‘ziga xos usulda, sirli shakllarda bu niyatni ‘’Qil ko‘prik’’da amalga oshirish uning bosh muddaosi bo‘lgan.Adib rang-barang janrlarda ijod etadi. «Qora kamar» uning ana shu rangbaranglikni tasdiq etuvchi asari bolib, XX asrning oxirlaridagi o’zbek adabiyotining, dramaturgiyasining sara namunalaridan biri hisoblanadi. Adib ijodida bayon emas, korsatish, etirof emas, tasvirlash sanatining chiniqqanligi shu tariqa dramaturgiyada o’zining ajoyib samaralarini bergan. Asar yo’zilgan vaqtda, orzu qilingan istiqlolning qaldirgochlarini korsatishda muallif badiiy tahlil va tasvirning retrospektiv tamoyiliga murojaat etgan. Bu kunning yog`dularini tarixga murojaat orqali ochib bergan.
Sh.Xolmirzaev asarlarida xususan mustaqillik davrida yaratgan asarlarida halqimiz tarixi va taqdiri masalalarini aniq va yorqin aks ettirib berdi. Bu masalalar adibning mustaqillikdan oldingi asarlarida ham o`z aksini topgan edi, lekin u davrdagi tasvir, ifoda yo`lini tabiyki, ma`lum qoliplar ostida edi. Mazkur muammolar xususida Prezidentimiz ham o`z asarlarida shunday yozadi: «...noinsoniy g`oya xukmron bo`lgan mustabid tuzum o`zining boy mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun moarif tizimini ishga solib odamlar ongini keng miqyosda zaharlar edi. Ularning milliy va diniy tuyg`ularini qo`pol ravishda kamsitar, tarixiy haqiqatni buzib ko`rsatar edi. O`z ona tilini, milliy an`ana va madaniyatini, o`z tarixini bilmaslikka ko`plab odamlarning shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi»1.
Sh.Xolmirzaev o`zining asarlarida ana shu masalalarini moxirona aks ettirib bergan haqiqiy Vatan fidoyisidir. Chunki uning asarlaridagi qahramonlar o`zligini yo`qotgan rahbar xodimlari yoki yo`ldan adashgan yoshlar, oddiy qishloq kishilari sodda va qalbi pok, o`zbek xalqi misolida aks ettirilib, asar g`oyasiga ko`ra yozuvchi bu qahramonlar taqdiri orqali o`zining mavjud davr va hayot haqiqatlariga munosabat bildirdi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki Sh.Xolmirzaev adabiyotga, xususan, o`zbek nasriga juda katta yangi-yangi tamoyillarni olib kirdi.
Sh.Xolmirzaev asarlari xususan, hikoyalarining badiiy-uslubiy o`ziga xosligini aks etgan Sh.Daniyorova shunday yozadi: «tabiat muhofazasi mavzusida yaratilgan badiiy asarlardagi qahramonlar qaysi millatga mansub bo`lmasin, ularning ichki kechinmalari va orzu-intilishlarida umuminsoniy tuyg`ular o`z ifodasini topishi zarur». Sh.Xolmirzaev qahramonlari o`z hayotlarini tabiat bilan uyg`unlikda bilib, tabiatni asrab avaylash uchun jon dili bilan kurashadi. Bularning bari adibning hayotiy va ijodiy salohiyatining yuksak ekanligining o`ziga xos belgisidir.