Shukur xolmirzayev ijodining o’ziga xosligi


Shukur Xolmirzayev hikoyalarida an’anaviylik



Yüklə 233,5 Kb.
səhifə6/9
tarix18.05.2023
ölçüsü233,5 Kb.
#116658
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Shukur Xolmirzaev – mohir hikoyanavis

1.3.Shukur Xolmirzayev hikoyalarida an’anaviylik.
Abdulla Qodiriy, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor ijodida namoyon bo‘lgan XX asr o‘zbek hikoyachiligi an’analarini Shukur Xolmirzayev shu asrning so‘nggi choragida yanada boyitdi. O‘zbek hikoyachiligini yangi bosqichga ko‘targan uning qator asarlari bu janrning keng miqyosdagi manaman degan namunalari bilan haqli ravishda bo‘ylasha oladi. Adib hikoyalarida siyqasi chiqqan xarakterlar, quruq nasihatgo‘ylik, shablon iboralarni deyarli uchratmaymiz. U doim yangi obrazlar yaratishga intiladi. Asarning kompo’zitsion qurilishida bir-birini takrorlamaydigan yangiliklar topishga urinadi. Bu borada tajribalar o‘tkazishdan cho‘chimaydi va ko‘pincha, muvaffaqiyatlarga erishadi. O‘zbek kishisi orzu-armonlarining, aksar hollarda, yashirin iztiroblarining yoritilmagan qirralarini, ruhiyatidagi evrilishlarini qalamga oladi.Bu qahramonlar o‘zga yozuvchilarning qahramonlariga o‘xshamagan: goh do‘lvor, goh to‘pori, goh dag‘al va chapani, goh kichkinagina bir muhit vakili. Lekin barchasining ichki dunyosi o‘ziga xos, ruhan teran, insonparvar, e’tiqoddan qaytmaydigan, shularga munosib ravishda mulohaza yuritadigan jonli va hayotiy kishilardir. Bu qahramonlar o‘zligini, millatini, yurt tuprog‘i-yu udumini, dini va diyonatini har narsadan ustun qo‘yadilar. Adolat uchun, haqiqat uchun kurashadilar. Lekin biror qahramon bu maqsadda hech qachon balandparvozlik qilmaydi, ayyuhannos solmaydi. Ular tashqaridan emas, ko‘pincha, ichdan jo’zibali, istarali, mehrtortar bo‘ladi. Shukur Xolmirzayevning ‘‘Bodom qishda gulladi’’, «Tabassum», ‘‘O’zbeklar’’, ‘‘Qadimda bo’lgan ekan’’, ‘’Quyoshku falakda kezib yuribdi’’, ‘’Ko’k dengiz’’, ‘’Navroz, navroz’’, ‘’Xumor’’ singari hikoyalari so’nggi bosqich o`zbek adabiyotining bu janrdagi ibratli namunalaridir.»Tabassum» (1984)ga nazar tashlaylik. Jalil ota sho‘ro tuzumi uchun astoydil xizmat qilgan, urush qatnashchisi. Keksayganda dardga chalinib, yotib qolar ekan hayoti birma-bir ko‘z oldidan o‘tadi. Yigitligida, qizillarning faol jangchisi ekanida Quyun qo‘rboshini bandi etdi. Uning bu yo‘lga din uchun, xalq uchun kirganman, degan so‘zlari hamon qulog‘i ostida. Shunga qaramay, essiz, unga o‘limni ravo ko‘rganlar qatorida turdi-ya. Hayot bilan vidolashuv onlari yaqinlashganda Jalil otaning nabirasiga bir vaqtlar qizillarga fidoyi qizmat qilgan, qo‘rboshi boshiga yetganlarning faoli, qo‘sh-qo‘sh nishonlar olgan Mo‘min cholning nabirasidan sovchi keladi. Jalil ota bu nishonlar egasining qanday fel-atvori-yu sadoqati evaziga kelganini yaxshi bilardi. Shu bois, qalbida chuqur iztirob: u xonadonga nabirasini bergisi yo’q. Lekin iloji qancha. Hatto olimim bu toyni qoldirishi mumkin edi, degan xayollarga boradi. Qazosi yetganda esa uning yuzida qotib qolgan tabassumni ko’ramiz. Bu nima? Jalil otaning o’z hayotidagi ayrim holatlar, xususan, qo’rboshiga o’xshaganlarning umriga zomin bo`lgani uchun afsusimi? Mo‘min cholga o‘xshaganlarning ko‘ksini soxta aldoq nishonlar bilan to‘ldirgan jamiyat ustidan kulib ketdimikin, balki? Ehtimol, o‘zi istamagan ‘o‘sha’ noma’lum to‘yni loaqal o‘limi bilan qoldirib ketayotganidan shukronalik belgisidir. Xulosa chiqarishni yozuvchi kitobxonning o‘ziga qoldiradi. Nima bo‘lganda ham, Jalil otaning umr shomida din uchun, xalq uchun jonini bergan Quyun qo‘rboshiga xayrixohligi o‘z ifodasini topgan Shukur Xolmirzayevning qarashlari, nuqtayi nazari zamirida uning millatparvar sifatidagi o‘ziga xos qiyofasi yotadi deyish mumkin.
Sho‘ro jamiyati hali mustahkam turgan bir davrda bunday fikrni, g‘oyani badiiy talqin etish oson emas edi. Shukur Xolmirzayev buning uddasidan chiqdi. Bu, aslida, ko‘p o‘tmay, «Qora kamar» drammasidagi Xurrambekda ochiq namoyon bo‘lajak qarashlarning bir qirrasi edi. ‘Bodom qishda gulladi’ hikoyasida yoshlar taqdiri, yoshlar hayoti qalamga olingan. Bolalik, kasallik bois birmuncha savdoyiroq bo‘lib qolgan Nosirjon balog‘atga yetgan bir chog‘da xastaxonada o‘zi sezmagan holda Hubbijamolga ko‘ngil qo‘yadi. Faollashaver, seni qiz sevib qoldi deb, aslida esa mazax qilib, ustidan kulmoqchi bo‘lgan atrofdagilar yigit tuyg‘ularini yanada alangalanishiga sabab bo‘ladilar. Qiz esa odob yuzasidangina yaxshi muomalada. Nosirjon Hubbijamolning o‘z sevgani borligini bilib qoladi-yu, qalbida ochilib kelayotgan gulchechaklar nobud bo‘ladi. Qarashlardagi, ruhiyatdagi yangilanish, o‘zgarishlarni sovuq urgandek. Ammo, baribir, bu muhabbat baxtsiz bo‘lsa-da, adashgan esada, bokira va musaffo tuyg‘ular Nosirjonning qalb ko‘zlarini ochgan edi. U odamlarni, hayotni avvalgidan tiniqroq idrok eta boshlaydi. Yillar davomida unga na devor-darmiyon qo‘shni bo‘lib kelganlar, na kasalxon-yu dori-darmonlar malham bo‘lmagan xasta ko‘nglini ishqning bodom guli yanglig‘ bokira va nastarin gullarini sog‘aytirgandek bo‘ladi. Biroq, afsuski, bu qishda ochilgan bodom gullari edi. Asar o‘smir qalblarni, ilk muhabbat yoshidagilarni hayotga teranroq boqishga, musaffo tuyg‘ularni ehtiyot qilishga chaqiradi. Ularni hech qachon ermakka yoymaslik, bu hissiyot ko‘z ochgan damlardagi hayotning har bir lahzasi qadrini bilishga undaydi. ‘’Xumor’’ hikoyasini adib jiddiy muammolar talqiniga bag‘ishlagan. U so‘nggi bosqich o‘zbek hikoyachiligida kinoya, alamzada quvnoqlik usuli qo‘llangan holda yaratilgan asarlardan biridir. Hikoya ‘’Ko‘k dengiz’’ singari nainki o‘zbek, balki ulkan miqyoslardagi XX asrning bu janrning namunalari qatoridan o‘rin olishga haqlidir. Asarda bir millat, bir mamlakatning ma’lum bir bosqichidagi fojiasi kichik bir qahramon timsolida oz xarakterini o‘zi ochish yo‘sinida yoritiladi. Qahramonning yuzi zahil, rangi panoh. Lekin qiyofamni korib, hayron bolmang, qo’rqmang, kasalim yuqumli emas deydi u, kitobxon bilan yuzma-yuz muloqotga kirishib. Aybi bor odamdek, kechirim sorayotgandek, u fikrida davom etadi: paxtaga sepilgan dorilar tasir qilgan, xolos. Hikoya davomida biz qahramonning farzandi yoqligini, dalani kormasa xumori tutishini, o’rmalab bo’lsa ham dalaga chiqib turishini bilib olamiz. U xastahol bo’lsa ham, fikrini quvnoq ohangda bayon qiladiki, sanatkor yozuvchi tomonidan tanlangan mazkur kinoya usuli asar va qahramonning kitobxonga tasirini yanada kuchaytiradi. Qahramon kitobxonning “Dalaga o’rmalab bo‘lsa ham chiqishingdan maqsad nima?’’ degan savolini qabul qilgandek bo`ladi-da, o‘zining (ayni vaqtda millatning) shu vaziyatdagi holatini ochishga yonaltirilgan ushbu javobini beradi: ‘‘Maqsad – ham xumorni qondirish, ham hissa qo‘shish, Labbay?...Siz bir narsani tushunmayapsiz: u dori mening tarjimayi holimga singib ketgan, axir! Tushunyapsizmi? Mening butun quvonchlarim, zavqlarim, hayotimning manosi, vatan oldidagi burch, ilk muhabbatim ham o‘sha bilan bog‘liq’.Asar uning qahramoni, paxta yakkahokimligi va u tufayli o‘zbek xalqi boshiga tushgan zugum, genotsid, jabr, noilojlik qismati haqida nihoyatda muxtasar, lekin badiiy otkir va tasirchanligi bilan qimmatlidir.
Yozuvchining ‘’Quyosh-ku falakda kezib yuribdi’’ hikoyasida yangi istiqlol zamoni ta’sirida ro‘y berayotgan inson qalbidagi ozgarishlar bilan, asrlar davomida shakllanib kelgan milliy sajiyaning uchrashgan nuqtasida namoyon bo’layotgan fazilatlar aks ettiriladi. Mustaqillik o’zbek xalqining mislsiz orzularini ro’yobga chiqardi. Biroq u birdan va birvarakayiga hamma muammolarni hal qilib berolmaydi, albatta. U bilan ayrim yangi muammolar ham kelib chiqdi. Xususan, ziyolilar hayotida yangi-yangi muammolar ko‘ndalang bo‘ldi. Hikoyada shoir Qudrat, uning oilasi timsolida shu masalalar yoritiladi. Bu hikoya ma’lum ma’noda, bo‘lg‘usi ‘Dinozavr’ romanida tasvirlanajak ayrim qahramonlarning eskizi ham bolgan. Shoir oilasi bilan qishloqqa ketadi, lekin malum bo‘ladiki, turmush bu yerda ham oson emas. Biroq yozuvchining maqsadi faqat shu masalaga e’tiborni tortishdangina iborat emas. Asar davomidan bilib olamizki, yozuvchi nazarida, ahamiyatli moddiy ehtiyojdan kam bolmagan, balki undan ham mo’tabarroq bir masala bor. Bu xalq – millat tabiatining tirgagi bo’lgan ma’naviy poklik, vijdonlilik o’zining va o’zganing qadrini baland tuta olish, bu masalada milliy ananalarga sodiq qola bilish – bir so’z bilan aytganda – ma’naviyat masalasidir. Ana shu narsani yo‘qotmaslik kerak, shunga ehtiyot bo’lmoq zarur. Qudrat inson hissiyotlari bazan sust kelishi mumkin bo’lgan holatga tushushiga qaramay, bu holat uni ozgartira olmaydi. U manaviy poklikka sodiq qoladi. Matnda aytilmagan, lekin o’zimiz uqib olishimiz lo’zim bolgan mano asarni bezab turadi: to‘g‘ri, bozor iqtisodi sharoitlari tufayli ko‘p moddiy qiyinchiliklar tug`ildi, u odamlarni ne koylarga solmadi, lekin shunga qaramay, bu qiyinchiliklar Qudratning manaviy irodasini buka olmadi, u millatimiz tabiatida asrlar o’sha sinovdan otib kelgan manaviy poklikni saqlab qola bildi. Yozuvchi bu g’oyani qishloqda tasodifan uchrab qolgan Zumradga Qudratning munosabatlarini ko’rsatish orqali ochib beradi. Hikoya nomiga mashhur she’rdagi misradan olingan falsafiy fikr asarning mano-mohiyati va g’oyasini joziba bilan ifodalaydi
.Shukur Xolmirzayevning so’nggi yillarda yaratilgan chiroyli asarlaridan biri ‘’Navroz, navroz’’ hikoyasidir. Ma’lumki, sho‘rolar xalqimizni qadimdan davom etib kelayotgan bu gozal milliy bayramni nishonlashdan mahrum qilgan edi. Ming shukurkim, mustaqillik Navro‘zni xalqning eng ulug shodiyonalaridan biri sifatida qaytadan tikladi. Lekin yozuvchining maqsadi bu bayramni ulug‘lash, unga madhiyalar o’qish emas. Adib deyarli barcha hikoyalarida bolganidek, bu asarda ham tabiat bahonasida inson qalbini badiiy tahlil qiladi. Tabiat tasirida inson ruhiyatida kechajak evrilishlarni yoritadi. Sulton, Obid Odiljonvich, Joniqul Jondorov singari taniqli olimlar hikoya qahramonlari. Navro‘z nainki tabiatni, balki inson qalbini ham yangilaydi, oliyjanobroq qiladi, degan aqidaga kora, bu ulug shodiyona kunda dostlar kopdan buyon arazlashib yurgan ikki olimni murosaga keltirish taraddudini koradilar. Sulton zamonni, o‘zgarishlarni, qiyinchiliklarni, inson ruhiyatidagi turli holatlarni yaxshi tushunadi, ularga to’g’ri baho bera oladi. Joniqul Jondorovni esa, na tabiat va na jamiyatda kechayotgan bayram ruhi ozgartira oladi, na do‘stlarning unga munosabati. U avval qanday bo’lsa, ho’zir ham shunday: o’ziga ortiqcha bino qo’ygan, kekkaygan, do’st uzrini qabul qilishdan ojiz. Navro‘zga mengzalgan mustaqillik ham uning dunyoqarashiga yetarli tasir ko‘rsatolmaydi. Uning fikricha, o’ziga to‘q, badavlat odamdan yaxshilik kutish qiyin, yaxshilik faqat faqir-u haqir kishining qo‘lidan kelishi mumkin. Ma’lumki, sho‘rolar kambag‘alni ham boy qilish orniga, boylarni ham qashshoq qilib, kulini ko`kka sovurgan edi. Yuqoridagi qahramon qarashlaridan uning ongida o‘rnashib qolgan ana shu siyosatning hidi kelmaydimi? ‘Chinakam o’zbekona fe’l-atvorni – yutugi ham, nuqsoni ham o’zimizga tegishli bolgan hayot tarzimizni asarlarida mahorat bilan tasvirlagan adib Shukur Xolmirzayev umr boyi ijod dardi bilan yashadi’, – deydi Otabek Safarov o’zining o’zbek tili va adabiyoti gazetasidagi maqolasida. Binobarin, adibning adabiyot va unga munosabat bobidagi, ijodkor shaxsiyati, mas’ulyati kabi masalalardagi qarashlaridan badiiy ijod sirini bilishda ochqich sifatida foydalanish mumkin. ‘Badiiy asar tili Shukur Xolmirzayev uchun g’oyatda muhim ‘pirinsipial masala’edi. Oz asarlarida til me’yorlariga qat’iy rioya etgan yozuvchi boshqalarning ham tilga e’tibor berishini istar, uning buzilishiga olib borishi mumkin bo’lgan barcha ‘o’ziga xosliklar’ni inkor etardi. Jumladan, ko’proq xayolga, xayolning ham pinhoniy oyinlariga qurilgan va daf’atan kishiga beo’xshov bo’lib tuyulsa-da, pirovardida kitobxonni ishontiradigan usulda ijod qilayotgan yozuvchilar Sh.Hamro, S.Vafo, N.Eshonqul, Q.Norqobil va boshqalarning asarlari haqidagi mulohazalarida Shukur Xolmirzayev shunday ta’kidlaydi: ‘Ruh yolidagi adiblarimizda til chatoq. Togri, ulardagi mazmunning o’zi murakkab va alohida tasvir vositalarini yangicha jumla qurilishlarini,mavhumiyatni bordek ko’rsatmoq uchun shunga muvofiq til lozim.
Ammo baribir… ular til yorigida oqsashlari ustiga jiddiy ishlamayotirlar ham.Ishonmasangiz ixtiyor o’zingizda, u moderniy mulliflar ko’pincha tinish belgilarini ham ornida ishlatmaydilar….’ Holbuki, ‘Biz bitta adabiy tilni qabul qilganmiz.Haqiqiy adabiy tilimiz Cho‘lponning tili. Men yozganimda hamma vaqt avtor tilidan, adabiy tilda yozishga harakat qilaman. Ammo qahramonlarim o’z-o’zicha.Shuning uchun adabiy tilga har narsani tiqishtirib, talaffuzini buzib yurishni yoqtirmayman’, – deydi yozuvchi. Uning nazarida badiiy asarlariga shevaga oid so’zlarni orinsiz qoshaverish adabiy til sofligiga putur yetkazadi, uning nufuzini pasaytiradi. Ammo bu tilning sofligini saqlash haqidagi qoidalarni mutlaqo dog’maga aylantirish degani emas, zotan, til tinimsiz harakatdagi jarayondir. Shu ma’noda har bir tilning lugat qatlami muttasil boyib boradi. Muhimi, bu
boyishning orinli sozlar hisobiga amalga oshishida. Ya’ni, badiiy asarda uni ikkilanmasdan olib kiraverish kerak’. Ma’lumki, bir qator qissa, roman, drama va ondan ortiq esse yozganiga qaramay, Shukur Xolmirzayev, asosan, hikoyanavis sifatida tanildi, e’tibor qozondi. O’zining iqror bolishicha, adib dunyo hikoyachiligini chuqur organgan.
U jahon hikoyanavislari orasida tortta yozuvchini ‘klassik’ deb e’tirof etadi: ‘rus adabiyotida Chexov, ingliz adabiyotida Jek London, hind adabiyotida Tagor va o’zimizning adabiyotda Abdulla Qahhor’. Bu adiblar ijodidagi o’ziga xos jihatlar Shukur Xolmirzayevni rom etgan edi. Jumladan, Anton Chexov hikoyalaridagi ‘fe’l-u atvorli tirik odam qanday aks etishi’, ‘obrazning takomili’, ‘Jek London asarlaridagi muallifning lo’zim topgan orinlarda o`z qahramoniga munosabatini ochiq-oydin ifodalashi, Tagor hikoyalaridagi ‘umuminsonlar uchun ham kerakli bir ma’no’ yozuvchini mutaassir etgan. Shukur Xolmirzaev ijodi hozirgi zamon o`zbek adabiyotining yorqin va mazmundor sahifalaridan birini tashkil etadi. Ko`p qirrali iste`dod sohibi Shukur Xolmirzaev adabiyotning turli janrlarda rang-barang badiiy asarlar yaratib, o`zbek adabiyoti xazinasini boyitgan. Adib o`zining rang-barang hikoyalari, publitsistik maqolalari, tarixiy esselari, realistik qissa-yu ajoyib romanlari bilan hozirgi zamon adabiyotida munosib o`rin egallaydi.
Sh.Xolmirzaevning o`zi e`tirof etishicha maktabda o`qib yurgan chog`lardayoq unda adabiyotga havas uyg`ondi. Toshkent davlat universitetining filologiya fakul`tetida bu havas yanada ortadi. Xuddi shu yillari Sh.Xolmirzaev badiiy ijod sohasida dastlabki qadamlarini qo`yadi. Uning dadil ijod yo`liga kirishida fakul`tetdagi tanqidchi Matyoqub Qo`shjonov boshchilik qilgan adabiy to`garak katta maktab vazifasini o`taydi. Universtitetda Shukur Xolmirzaev jahon adabiyotining eng yaxshi namunalari bilan tanishib, badiiy ijod sirlarini anglay boshlaydi.
Yozuvchi ijodida mavzular olami shu qadar keng va rang-barangki ularning har biri alohida tadqiq va tahlilga loyiq. Shulardan biri tabiat va inson mavzui muommasidir. Chunki Sh.Xolmirzaev o`z asarlarida ona tabiat mavzuiga alohida e`tibor beradi va unda ko`proq o`zi tug`ilib o`sgan Surxon kaloritini mohirona tasvirlab beradi.
Ma`lumki asar mazmuni va shakldagi qonuniyatlar o`z navbatidagi mavzu va g`oyada ham ularning uzviy birligida ham namoyon bo`ladi. Chunki badiiy asarlarning tasvir ob`ekti-hayot, tasvir vazifasi-tuyg`ular, tarbiyasi-quyulmadir.
«Adabiyotning mavzui butun tabiat, borliq dunyosi, insonning o`z ichki-tashqi dunyosida sezilib anglaganlaridir. Bir tomchi suvdan dengizgacha, bir uchqundan buyuk yog`ingacha, kichkina bir yaproqdan ulug` o`rmonlargacha nima bor esa, hammasi adib-yozuvchi uchun mavzu bo`larlik narsadir»1.
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, hayot va insonga taalug`li barcha hodisalar adabiyotining mavzusiga asosdir: shu asosning eng mayda zarrachasida ham inson bilishi lozim bo`lgan, uning yashashi uchun zarur hikmatlar sirlar, mu`jizalar mujassamdir. «Bu cheksiz, chegarasiz dunyodirki, unda har bir yozuvchi o`z kuzatish va tahlil qilishiga, hayotiy tajribasi qiziqishiga hayajon va kashfiga, bilish va salohiyatiga ko`ra hikmatni, mo``jizani o`zicha kashf etadi va ana shunga munasabatini, fikrini maqsadini ochib beradigan mavzuni tanlaydi, to`g`rirog`i unga shiq qo`ydi. Niyat ham ishq ham yurakdan tug`iladi»2.
Xuddi shunday yurakdan chiqqan mavzulardan biri bu Shukur Xolmirzaev ijodidagi tabiat va inson munosabati muammosidir. Bu munosabatlar haqida adibning o`zi iqror tarzida yozgan ushbu so`zlaridan ham anglash mumkin: «men Boysun rayonida tug`ilganman. Boysun-tog`lik joy, o`n ikki yoshimda o`zim yolg`iz miltiq ko`tarib ovga chiqib ketardim. So`ngra, bu erda yashirishning xajavti yo`q. Qaysarroq edim... Lekin bitta narsani yaxshi ko`rardim, masalaning mohiyatini tushunishni». Bu so`zlardan anglashiladiki, 70-yillarning boshlarida ya`ni ijodiy printsiplari ham to`la shakllanib ulgurmagan paytda yosh yozuvchi voqealikni badiiy idrok etish yo`llarini o`rgana boshladi. U inson hayotini, yashash tarzini, abadiy tiriklik manbaini tabiat bilan uyg`unlikda, bog`liklikda, birgalikda deb biladi. Bu xulosaga u hozir Surxon elining olis avlod-ajdodi bo`lish qadimgi baqtriyalar hayot tarzini kuzatish asnosida keladi, bu o`lkaning ko`hna ibtidoiy xalqlari dastlab tabiatga sig`inishganini, uni ulug` bir ne`mat sifatida qadrlashganini anglaydi.
Yomg`ir yog`may qurg`oqchilik bo`lgan paytda ko`kdan yomg`ir tilab qo`shiq aytishlar, bahorning birinchi darakchisi bo`lmish boychechak chiqishi bilan bolalarning uyma-uy yurib xabar berishlari va qariyalarning eson-omon bahorni qarshilaganlari bois ko`zlariga shehni surib tavof qilishlari, navro`z quvonchlariga o`sha qadim davrlardan to hozirgacha, ayniqsa Surxondaryoda saqlanib qolganligib yozuvchining bolalik xotiralarini ham bandz etgani sezilib turadi.
Yozuvchi bolaligida eshitgan qadimgi afsonalar mazmunida ham inson va tabiat o`rtasidagi uyg`unlikda katta ma`no yashiringanini anglaydi: «Momoning Tiniqoy kampir haqida aytgan ertagining mazmunini keyincha chaqishga urinib ko`rdim...
Shundan keyin mening tabiatga-jonivorlar, parrandalar, hatto yirtqich hayvonlarga ham munosabatim o`zgarib ketib, ularni o`zimga qandaydir qarindosh deb biladigan bo`ldim. Gap shunda ekanki, ibtidoiy odamlar o`zlarini tabiatdan ajratmagan, balki uning bir bo`lagi, uzluksiz bir bo`lagi deb bilganlar. Shuning uchun ular tabiatdagi har bir shyoh har bir jonli jonivorda ham til bor, ular ham odamzodga o`xshaydi,bdeb o`ylaganlar. Shuning uchun hayvonlarning odamlarga yordami yoxud odamlarning hayvonlar bilan do`stligi haqida afsonalar to`qishgan. Shukur Xolmirzaevning «Tiniqoyning «ayiq eri» hasratida aytadigan qo`shig`ida ham insonning tabiatga yaqinligi ifodalanganini ko`radi.
Sh.Xolmirzaev jahonning mashhur yozuvchilari qatorida, ularga bo`ylasha oladigan darajada tabiat mavzusida takrorlanmas asarlar yaratdiki, bu yozuvchi ijodining alohida bo`rtib ko`rinib turuvchi bir qirrasidir. Mana shu sababdan ham katta imkoniyati tufayli tabiat qonunlari, hayvonlarning yashash tarzlari, har bir giyohning o`ziga xos xususiyatlari haqida puxta bilimga ega. Bu jihatdan jahon adabiyotidagi yirik hikoyanavislar ijodining ta`siri ham kattadir.
Shu nuqtai nazardan yozuvchining inson va tabiat mavzuidagi asarlari, xususan, hikoyalarini ko`zdan kechirsak, inson xarakterining qanchalar murakkab ekanligi, bu murakkabliklar, uning hatto, tabiatga munosabatlarida ham namoyon bo`lishini kuzatamiz.
«Kulgan bilan kuldirgan» hikoyasida Shukur Xolmirzaev tabiatni sevgan, uning go`zalligini boyligini o`z boyligi deb bilgan, unga etkaziladigan har qanday ozarni ko`ngliga olib, joni achiydigan oddiy maktab o`qituvchisi Ehson E`tibarov bilan sovxoz direktori Eshquvvatov o`rtasida yuz bergan voqeani tasvirlaydi. Bu ikki xil xarakterli kishilarning hayotiga qarashlari bir-biridan tubdan farq qiladi, ularning tabiatga munosabatlari ham shunga mos. Hikoya boshida aytilgan fikrdan Eshquvvatov va Ehsonning ularni bir-biridan ajratib turuvchi aqidalari borshchini anglashiladi.
«Odamlarni faqat tirikchilik uchun harakat qiladi, deb o`ylaydigan kishilar ularning tirikchilik g`amidan yuksakroq tashvishlari ham borligini tushunmaydilar. Yo buning aksi: o`sha yuksakroq tashvishdagi odamlar faqat tirikchilik g`amida yurganlarga qandaydir past nazar bilan qaraydilar». Hikoya mana shu fikrlar bilan boshlanadi. Shundan ma`lum bo`ladiki yozuvchi qandaydir muhim bir ma`no- mohiyat kasb etuvchi ikki xil ko`z qarashga ega bo`lgan insonlarga munosabat bildirmoqchi.
Asardagi Eshquvvatov sovxoz direktori, o`qituvchi Ehson E`tiborov bilan ikki xil ko`z qarashga ega bo`lgan insonlar. Ularning har biri o`ziga xos xarakter xususiyatga ega, qisqasi ikkisi ikki olam. O`qituvchi Ehson E`tiborov sovxoz direktori oldiga kirib undan tog`dagi qushlarga yordam berish kerakligini agar iloji bo`lsa tog`ga chiqib qorda och qolayotgan qushlarga don sepish kerakligini aytadi va shu ishni amalga oshirishni iltimos qiladi. Yozuvchi o`qituvchi va sovxoz direktorining mulohazasini shunday tasvirlaydi:
«-O`rtoq Eshquvvatov, vaqtingizni olganim uchun uzru Lekin idorangizga kirishga majbur bo`ldim. Tog`dagi qushlar, parrandalar qirilib ketyapti. Kecha bir chorbozorchi keldi. Hurjuni to`la kaklik. Qaerdan olding desam kamarda tirishib qolgan ekan, terib oldim deydi. Bu qanaqa gap, o`rtoq Eshquvvatov! Axir, kakliklar, parrandalar-bizning boyligimiz, tabiatimizning ko`rki-ku shunday emasmi? Biz maktab bolalariga, qushlarni sevinglar, ardoqlanglar, deb o`rgatamiz. Bahorda qushlar in qo`yib bola ochsin deb o`qituvchilarga yashik yasashni o`rgatamiz. Bu narsani matbuotimiz ham targ`ib qiladi. Qolaversa, tabiatni qo`riqlash asrimizning masalalaridan bo`lib qoldi. Bundan habaringiz bordir albatta...
-Xo`p, xo`p. Qisqa qiling-dedi Eshquvvatov maqsad nima? Ketishim kerak.
Ko`rdingiz raykom chaqirdi»1.
Voqealar shu tarzda davom etadi. Va Ehson E`tiborov Eshquvvatovdan ikki sentner g`alla olib, o`z eshagida toqqa chiqib qushlarga sepib keladi.
Shunisi diqqatga sazovorki yozuvchi har ikki qahramonning ko`z-qarashlari o`ziga hos ichki dunyosini mohirona ochib beradi, ular nutqi, o`y-xayollari o`zining ajoyib badiiy ifodasini topadi. Tabiat o`qituvchisi Ehson tog`dagi parrandalar sovuqdan va ochlikdan qirilib ketayotgani sababli ularni qutqarish chorasini aytib,
«savobli ish»lar fe`liga yot bo`lgan Eshquvvatov uni «Vatanparvar» deb kamsitadi, bu ish uchun sovxoz haq olmasligini, uni bajarishga kuchi etmasligini bahona qiladi. O`z ahdidan qaytmaydigan Ehson qushlarga azboriy rahm qilganidan tog`dagi parrandalarga don sepib keladi. «... axir men tabiatshunosman, yuragim achiydi, tabiatga etkazilgan har bir zarar menga etkazilganday bo`ladi»-deb fikrlaydi u.
Ehson toqqa chiqib don sepib kelganidan keyin aniqrog`i shu kun kechqurun direktorning shofyori Ehson E`tiborovni Eshquvvatov yo`qlayotganini aytib uni mashinada olib ketadi. Yozuvchi shu erda ham o`ziga xos vaziyat yaratadi va har ikki qahramonning xarakteri va ma`naviy qiyofasini oshkor etadi. Yana asar boshidagi kabi ikki qahramonni muloqatga tortadi:
...Erkakcha gaplashaylik. Bizdan qaytmay qolmaydi. Hohlasangiz ertaga yana keling idoraga ikki tsentner emas, to`rt tsentner yozib beraman... Mana ilgari uzoq bo`lsak, endi yaqin bo`lib qoldik, nima dedingiz? Xo`p gap bunday, Esonboy uyga mehmonlar kelib qoldi ya`ni og`aynilar. Shular desangiz tog`li joyga keldik, kaklik eymiz deb turib olishsa bo`ladimi. Qo`y go`shti teshib chiqadimi deyman? Qani ko`nishsa. Oxiri Esonboy shofyorni sizga yuborishga majbur bo`ldim... Men, o`zingiz tushinib, besh-to`rtta kaklik opkelasizmi deb o’ylagan edim. Afsus ...endi, Esonboy, mashina sizni o`sha uyingizga olib boradi. Ko`p emas... o`nta demayman beshta kaklik berib yuboring. Xo`pmi uka? Hoy shopir mashinani zavodit qil!» (O`sha manba 200 bet).
Shu joyga kelganda kitobxon har ikki qahramonning asl qiyofasini to`la anglab etadi va ularga o`z munosabatini bildira oladi. Asar qahramoni e`tibor shunday kishilar timsolini u hech qanday yaltoqlanishni, laganbardorlikni bilmaydi. Hatto sovxoz direktoriga «o`rtoq Eshquvvatov, past odam ekansiz» deyishdan o`zini tiyib turolmaydi.
Shukur Xolmirzaev bu hikoyada vatan go`zalligi boyligini umuman, tabiatga befarq bo`lmagan, uni sevgan kishilarni tashvishga solayotgan-tabiat boyliklarini
asrash masalasini ilgari suradi va bu masalaning mohiyati oddiy bir voqea tasviri orqali ko`rsatadi.
Yozuvchining «Jarga uchragan odam» hikoyasida qahramonlar o`rtasidagi to`qnashuv fojiaviy tus oladi. Hikoya qahramoni Islomning o`z kasbi bor, lekin u birinchi navbatda tabiatni sevadi, undagi har bir o`zgarish-harakatlarni zavq bilan kuzatadi. Shu boisdan tabiatning turli-tuman mavzularda yozilgan maqolalar e`lon qilishi tabiiy bir holdir.
Hikoyaning asosiy voqeasi Islom va Boysuntog` tabiati haqida fil`m yaratmoqchi bo`lgan shaharlik kinorejissyorning tabiatga munosabati haqida. O`z manfaat yo`lida tabiatga nisbatan ochko`zlarga munosabatda bo`lgan rejissyor tabiatni ham otasi, ham onasi, ham do`sti deb biluvchi «Tog` shaydosi» tomnidan jazolanadi.

Yüklə 233,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin