II.BOB. SHUKUR XOLMIRZAYEV ASARLARIDA UYGʻUNLIK. 2.1.Yozuvchi hikoyalarida milliy ruhiyat masalalari ‘Bizda eski zamonlardan beri, frak kiygan erkak yoki korset kiygan ayol – rus emas, ruslik xususiyatini faqat zipun, chipta kavsh, boʻza va achigan karam bor joyda sezish mumkin, degan juda ham taajjub fikr oʻrnashib qolgan’1, – deb yozgan edi atoqli rus adabiyotshunos olimi V. G. Belinskiy. Shu qarashdan kelib chiqsak, oʻzbek kishisi ruhiyatini badiiy asarda ifoda etish uchun uning boshiga doʻppi, egniga cho’pon kiydirish yoki boshiga roʻmol oʻratib, etagi yer supuradigan yengil-bosh bilan yasantirish yetarli emas. Milliylik qahramonning, avvalo, ruhiyati – oʻylash, fikrlash, munosabat bildirish tarzida va shunga muvofiq gap-soʻzi, xatti-harakatlarida (ana shu vaziyatda uning kiyinishiga ahamiyat berish toʻgʻri boʻladi namoyon boʻladi. Milliy ruhiyat juda keng mazmun kasb etib, muayyan hududdagi oʻxshash qadriyatlar, an'analar, rasm-rusumlar, urf-odatlar tizimiga amal qilib yashaydigan kishilarning hayotda tayanadigan ma'naviy mezonlarini ifoda etadi. Aslida, millatning axloqiy qadriyatlari, qarashlari bir qadar turgʻun hodisa sanaladi. Aniqrogʻi, vaqt chigʻirigʻidan oʻtgan, tajribada sinalgan qarashlar qadriyat sifatida barqarorlashadi. Ammo zamon oʻtishi bilan ana shunday qadriyatlarga ham oʻzgarish kiritilishi, binobarin, millatning dunyoqarashida yangilanish roʻy berishi mumkin.
Bu gohida tabiiy yо'sinda, ba'zan sun'iy tarzda amalga oshadi. Taraqqiyot, zamonning tobora ilgari ketaverishi millatning dunyoqarashiga о'z ta'sirini koʻrsatishi, unda muayyan darajada iz qoldirishi barobarida ma'naviyatga tashqaridan qilingan zug'um ham millat ruhiyatiga ta'sir etmay qolmaydi. Sobiq sovet tuzumi davrida ateistik qarashlarning qoʻllab-quvvatlanishi natijasi oʻlaroq millatimizning ming yildan ortiqroq e’tiqod qilib kelgani – islomiy tushunchalar barobarida mohiyatan diniy bо’lmagan urf-odatlari, bayramu an’analari ham taqiqlandi. Masalan, Islom dinining yoyilishidan ilgari ham nishonlangan Navrо’z bayrami ‘eskilik sarqiti’ deya qoralandi. Holbuki, bu ayyom, Shukur Xolmirzayev ta’biri bilan aytganda, millatimizning “mangu yо’ldosh’’i edi... Yozuvchi millatning qon-qonida yashaydigan, unutilib ketishi amrimahol bо’lgan, yо’qolishi – о’zlikdan kechishday baholanadigan urf-odatlar, jumladan, Navrо’z bayrami mavzusiga bir emas, bir necha bor murojaat qildi. Uning “Navrо’z, Navrо’z’’, ‘Mangu yо’ldosh’ singari asarlarida milliy bayramimizning ma’naviy-ruhiy asoslari badiiy talqin etildi. ‘Bilasizlarmi, ertaga qanaqa bayram?’ – о’qituvchining ushbu savolidan sо’ng biz pisib qoldik. Ertaga Navrо’z bayrami edi. Ammo bu nomni tilga olishga ham qandaydir qо’rqar edik: xuddiki, kattalarga, tо’g’rirog’i, hukumatga nisbatan haqoratli sо’zni ishlatgandek tuyulardi, shekilli’, deydi ‘Mangu yо’ldosh’ hikoyasi qahramoni Amir. Ushbu jumlalarda sobiq tuzumning xalq ruhiyatiga qanchalik tajovuz qilgani oshkor etiladi. Bunda hali oq-qoraning farqiga kо’p boravermaydigan о’quvchilarda ham ‘kattalar, hukumatga qarshi gapirish xavfli’, degan tushuncha uyg’ongani kо’zga tashlanadi. “Mangu yо’ldosh”da xalqning asrlar mobaynida ishongan e’tiqodlari о’lmasligi, millat yashar ekan, u suyangan qadriyatlar ham yashashi Navrо’z bayrami timsolida ifoda etiladi. Millatning ma’naviy olamidagi о’ziga xos qirralar turli marosimlar, urfodatlar, ayniqsa, bayramlarda yaqqolroq namoyon bо’ladi. Yozuvchi ushbu asarida Navrо’z bayramini bejiz markaziy tafsilga aylantirmaydi, zotan, ushbu timsolda о’zbek millatining qoni-qonida yashayotgan, asrlar davomida ajdodlardan avlodlarga turli yо’llar orqali о’tayotgan ma’naviy meroslar namoyon bо’ladi. ‘Saharlab odamlar tо’plana boshlardi: bari bashang kiyingan. Azamatlar. Yigitlarning kо’pi olachoponda, bellarida – popukli belbog’lar.Chollarning aksarisi kо’kish-odmi chakmonda, sallalari oppoq. Yangi bо’zdan о’rashgan. Kelinchaklar... nimalarni kiyishmagan! Ustma-ust kо’ylak kiyganlarini yenglaridan bilsa bо’ladi: ustki kо’ylakning yengi tirsakkacha shimarilgan, ostkisining yengi bilakda, eng oxirgisining yengi, deylik, osilib turadi. Nega shundoq kiyinishardi? Hamon aqlim yetmaydi. Yо’g’asam, oddiy kunlarda – oddiy kiyinishar, Shо’roning bayramlari, hatto Oktabr bayramida ham bittadan ortiq kо’ylak kiygan kelinchakni kо’rganim yо’q. Navrо’zda esa... Bilmadim, о’tmishni qо’msashmi bu, eslashmi bu yoki bahor о’z kо’rkini beixtiyor namoyon qilayotgan chog’da yosh-yosh juvonlar ham bor bisotlarini namoyish qilish uchun chiqisharmidi? Navrо’zda... ochilib ketishardi’. Mazkur tasvirlar chinorlar ostidagi gavjum, bozorga о’xshash manzarani kо’z oldingizda gavdalantiradi. Muhimi shundaki, muallif xalqni majburlab bayramlarga о’rgatib bо’lmasligi, millat bayram, urf-odat timsolida о’zining ma’naviy ildizlarini kо’rishini aniq-ravshan ifoda etib bergan. Zero, Yilboshini о’zbeklar tabiatning uyg’onish, yangilanish pallasi sifatida tan oladi, bu vaqtda erkinlik, ozodlik, hurlik kuylanadi, urishganlar yarashadi, janjallar tо’xtaydi...
“Bulut tо’sgan oy’’ hikoyasida esa kо’ngil manzaralari beqiyos darajada gо’zal aks ettirilishi barobarida inson degan xilqatning sirli-noma’lum qirralari hali bisyor ekani ham kо’rsatiladi. Asarda odam tabiatidagi tuyg’ularning kesishgan, illatu fazilatlar zidlashgan nuqtalari mahorat bilan tasvirlanadi.
Tavakkalday mard, tanti, tutgan joyini kesadigan, ushlagan yerini qо’ymaydigan yigit gо’zal Gulsaraning oldida qо’lidan hech ish kelmaydigan ojizu notavonga aylanadi. Buning bir sababi Tavakkal avvallari ayollar haqida anchayin yengil о’ylagani, ayniqsa, yengiloyoq ayollarga bepisand, balanddan turib muomala qilgani uchun dastlab Gulsaraga ham shunday munosabatda bо’lishga harakat qiladi. Biroq juvonning ‘nomardligi’ – yigitni ‘gastinsaga haydagani’ tо’satdan gumburlagan momaqaldiroqday Tavakkalni hushyor torttiradi – uni о’ylashga majbur qiladi. Tavakkal – ayollar haqida о’ylar ekan, ularning hammasiga bir xil kо’z bilan qarash xatoligini anglay boshlaydi. Buni uning quyidagi sо’zlaridan ham bilish mumkin: ‘Aytmoqchi, men Gulsara uchun ichaman... Quvvat, siz ham xonim uchun iching. – Nihoyat iymanib jilmaydi. – Men ‘nomard’ dedim bu kishini. Aslida xursandman, xudo ursin-a... Zо’r ayol ekansiz. Chesni aytayapman’1. Tavakkalning ‘zо’r’ degan e’tirofi bamisoli qilichi singanday qat’iyati rad etilib, peshonasiga eshik yopilgan yigitning bundan xafa bо’lish о’rniga, nomusini himoya qilgan ayolning jur’atidan, hayosidan quvonganini ifoda etadi. Fikr yuritish, mushohada qilish, о’zining kimligi haqida о’ylash – hammaning ham qо’lidan kelavermaydi. Chunki fikrlash kishini kо’pincha iztirobga soladi. Asardagi Gulsara ana shunday – о’ylayotgan, о’zining kimligini yaxshi biladigan, shuning barobarida xatolaridan iztirob chekadigan, о’zini kechira olmaydigan ayol timsoli. ‘Hikoyadagi ismi fe‘liga mos Tavakkal ham, qanday odamligini nafaqat qissaxon, balki о’zi ham anglay olmaydigan Gulsara ham badiiy asar
qahramonlari haqidagi mavjud tasavvurlarni о’zgartirib yuboradi, – deb yozadi adabiyotshunos Q. Yо’ldoshev. – Ular adabiy qahramonlarni xayoldagi qoliplarga moslashtirishdan voz kechib, tasavvurni adabiy personajlar mohiyatiga muvofiqlashtirish kerakligini taqozo etadi. Shunday qilingandagina tanti, qudratli jismoniy kuchga ega, kirishimli, tap tortmas, oriyat uchun о’z hayotini ham pista pо’chog’icha kо’rmaydigan chapani, ayni vaqtda suyuklisi Gulsara qoshida g’alati darajada ilojsiz Tavakkalni tushunish, uning dovyurakligi qayerda tugab, fojiasi qayerda boshlanishini anglash mumkin bо’ladi. Gulsara – о’zbek adabiyoti uchun tamomila yangilik hisoblanadigan obraz. Unda avomga tushunarsiz, aql bilan izohlash mushkul bо’lgan ziddiyatli pokizalik tuyg’usi va g’urur bor.
Zamonaning zо’rlari, uzatgan joyga qо’li yetadiganlar oldida Gulsara sha‘nini yuksak tutadi, kibrli, mag’rur ayolga aylanadi, ularning yо’liga yurmaydi. Ayni vaqtda tirikchilik kо’yida pastkash fohishalarday tanini sotadi. G’oyat sohibjamol, farosatli, talantli, nomusli, ayni vaqtda, benomus bu ayol ruhiyatining haqqoniy tasviri kitobxonni larzaga soladi, uni befarqlik holatidan chiqarib, munosabat bildirishga majbur etadi’. Gulsaraning ezgin kayfiyati beixtiyor kitobxonga ham yuqadi. О’quvchi bu sohibjamol ayolning tabiatidagi tushunarsiz qirralar tо’g’risida о’ylay boshlaydi: ayol boylikni yaxshi kо’radi, yaxshi yeb, chiroyli kiyinishni istaydi, ayni paytda ‘zо’r’larning qо’lida qо’g’irchoq bо’lishni istamaydi, xalqona ta’bir bilan aytganda, qorniga emas, qadriga yig’laydi. Bu obraz haqida adabiyotshunos Q. Yо’ldoshevning quyidagi fikrlari ham e’tiborga molikdir: ‘Uning fohishalikka kelishiga tabiatidagi illatlargina emas, balki millat tarixining muayyan davridagi ijtimoiy sharoit va yanglish axloqiy о’rnaklar ham sabab ekanligi qissada mahorat bilan kо’rsatilgan. О’rischa tarbiya kо’rgani bois о’zbekona axloqiy talablarga yengilroq qaraydigan, tо’kis yashash borasidagi istaklarini jilovlashga urinmaydigan о’zbek qizining ayanchli qismati juda ishonarli va ta‘sirchan tasvirlangan’ Darhaqiqat, sobiq tuzum millatimiz tarixida, ayniqsa, uning ma’naviy olamida sezilarli iz qoldirdi. Kо’p asarlar davomida ayollarga munosabatda о’ziga xos mezonlarga tayangan (‘katta og’a’lar zо’r berib da’vo qilganiday, ayollarga feodallarcha munosabatda bо’lish, ularni yorug’likka chiqarmaslik, umrini zindonga о’xshash zulmatda о’tkazish emas) xalqimiz shо’rolar zamonida ana shu qarashlarigada о’zgartirish kiritishga majbur bо’ldi. Avval keksa kishining yо’lini kesishdan orlangan juvon endi rahbar kursisiga о’tirib, bobosi tengi kishini koyishdan hayiqmaydigan bо’ldi. Aslida, bu jamiyatda ayolning mavqei о’zgarganidangina darak bermas, bu ma’naviyatda sodir bо’lgan, millatning ichki dunyosida о’zgarishlar rо’y berganining isboti ham edi. Shukur Xolmirzayev ‘Bulut tо’sgan oy’ asarida bir qarashda kechikkan muhabbat tuyg’ularini tasvirlayotganday tuyulsa ham, aslida qahramonlar fe’l-atvori orqali jamiyatda rо’y bergan о’zgarishlarni ustalik bilan kо’rsatib beradi.
Hayot haqiqatiga real ijodiy yondashishi insoniy ochib tashlash Sh.Xolmirzaev ijodida o`ziga xislatlarni ulug`lash shular bilan birga ijtimoiy turmushdagi mavjud kamchiliklarga xos ifodasini topgan.
Tabiat hodisalardan umuminsoniy g`oyalarni ifodalashda foydalanish jahon adabiyotida an`ana sifatida tobora rivojlanyapti. Ch. Aytmatovning Gursara, Ona bug`u, Qoranor kabi hayvonlar obrazlari Tanoboy, Mo`min, Edigey kabi ijodiy qahramonlarning insoniy sifatlarini, xarakter va qiyofalarini chuqurroq izohlaydilar. O`zbek adabiyotida bu usuldan foydalanib obraz yaratayotgan Shukur Xolmirzaev jonivorlar vositasida axloqiy muammolarni o`rtaga tashlash printsipi muvaffiyatli kelgani ko`rinadi.
«Shukur Xolmirzaev Abdulla Qahhordan so`z tejash, detallarga katta ma`nolar yuklash, qahramonlar ruhiyatida kechayotgan ziddiyat to`qnashuvlarni sodda va hayotiy qilib, ixcham tasvirlash, dialoglardan jonli manzara yaratilishi sirlarini o`rganadi. Biroq, biz ta`sirni faqat tashqi ko`rinishdan izlamaslik kerak. Bu ta`sirni qahramonlar ruhiy dunyosini aks ettirishdagi badiiy printsiplar mushtarakligidan izlamoq kerak.
Har bir yozuvchining o`ziga xos ijodiy kredosi bo`ladi. Shukur Xolmirzaevda bu kredo-tabiat. Uning qahramonlari o`zini qalbini chuqurroq anglash uchun tabiat bamisoli ilohiy kuch vazifasini o`taydi»1.
Shukur Xolmirzaev hikoyalarini novella janri taraqqiyotinining turli davrlariga ajratgan holda tekshirish qiyin. Gap shundaki, uning va tengdoshlarining hikoyalari biror nazariy muammani tadqiq etish imkoniyatini bermay, ko`proq ularning individualligini namoyish etadi. Ularning har bir asarida ular ijodiy manerasining xarakterli xususiyatlari namoyon bo`ladi. Masalan, Sh.Xolmirzaev yaratgan xarakterlar o`rtasidagi kontrakt kuchli bo`lib, u ba`zan («Yosuman», «Kulgan bilan kuldirgan» hikoyalarida) dramatik jarang kasb etadi. Sh.Xolmirzaev bunday obrazlarni tantanavor sharoitda emas, oddiy, kundalik voqealarda ko`rsatadi va ular xarakterining qirralari bunday vaziyatda ochiqdan-ochiq ko`zga tashlanadi.
«Kulgan bilan kuldirgan» hikoyasidagi maktab mualimi Ehson E`tiborov bilan sovxoz direktori Eshquvvatov «Yosuman» hikoyasidagi rassom Qo`ziboy, uning xotini Afruza, Qo`ziboevning qishloqdan kelgan do`sti Xudoyor bilan uning xotini Norbibi turli sayyoralardan kelgan kishilarga o`xshaydi. Bir tomonda, tog`larda sovuqdan va ochlikdan halok bulayotgan qushlar haqida qayg`urayotgan biologiya o`qituvchisi, ikkinchi tomonda, shu qushlar uchun berilgan ikki tsentner bug`doy evaziga o`qituvchidan beshta kaklikni talab qiluvchi sovxoz direktori. Ularning psixologiyasi bir-biriga tomoman zid. Shuning uchun ham Eshquvvatovning ablah ekanligini tushungan muallim unga qarab, «Siz past odam ekansiz...»,-deydi.
«Yosuman» hikoyasida bundan ham ayanchlik holni ko`rasiz. O`z xotini bilan qishloqqa kelgan Qo`ziboy do`sti Xudoyorxonning sovuq munosabatini ko`rib, «menimcha, Xudoyorxonni kimdir buzibdi. Ha-ha. Meni unga yomonlagan birov, seniyam... Ha yomon odamlar yosumanlar bor hayotda! Deydi. U Xudoyor bilan Norbibi shaharga borganda, ularni to`kin-sochin dasturxon bilan kutib olmaganidan (ular juda kech kelgan edilar) qattiq ranjiganlarini va shu vajdan ularga e`tibor bermayotganlaridan bexabar edi. Xullas bu hikoyada ham meshchanlar bilan ziyolilar psixologiyasi o`rtasida o`zaro to`qnashadi. Sh.Xolmirzaevning qator hikoyalari ana shunday fojiaviy sharoitdagi to`qnashuv asosiga quriladi. Yozuvchining g`oyaviy niyatiga ko`ra,
«Yovvoiy gul» hikoyasi shahardan ishlash uchun o`z qishlog`ini tark etgan kishi hayotining ramziy yakuni bo`lishi lozim edi. Vosit (hikoya qahramoni shunday deb ataladi) yangi joyga kelibdiki, ishi yurishmaydi: na ishda, na turar joyida halovat bor. Uning yakkayu-yagona quvonchi o`zi ijarada yashayotgan xonadondagi gullar edi.
Og`ir kasallikdan keyin shahar chetiga qilingan Safar vositda qadrdon qishloqqa borish istagini uyg`otmaydi. Holbuki u erda o`ziga tanish va aziz manzaralarni ko`rgan bolalik xotiralarini, qishlog`ini, yoronlarini eslagan edi. U ana shu safardan yovvoiy gul ko`chatini olib kelib, boyagi gulzorga ekadi. Ammo bu gulni qanchalik parvarish qilmasin, u so`lib xazon bo`ladi. Vosit o`zi uyiga ketishga qaror qiladi. Unda ijod bilan shug`ullanish, kitob yozish istagi bor edi. Ammo uning bu istagi ham yovvoiy gul singari begona muhitda xazon bo`ladi.
Sh.Xolmirzaevning bu lirik hikoyasida turmush va tabiat manzaralari mehrona chizilganiga qaramay orzu qilgan tuyg`ular tug`yonini ifodalay olmagan. Muallif materialdan chetga chiqib, uni falsafiy umumlasha fikr bilan nurlantira olmagan. Dabdurustdan topilgan yovvoyi gul obrazi tufayli qahramonning kechishi voqealarni qayta idrok etishi esa ishonarli chiqmagan.
Sh.Xolmirzaevning uslubi ba`zan fikr va uning mujassamlanishi turli qatlamlarga ega bo`lib qoladi.
«Jarga uchragan odam» hikoyasining qahramoni Islom tabiatini nihoyatda sevadi. Ana shu sevgini tasvirlovchi sahifalar samimiy tuyg`u bilan to`la. Tabiatning bu ertakdek go`zal joylarini suratga olish uchun kelgan kinorejissyor o`ziga hamroh bo`lishini so`raydi. Ammo fojia yuz beradi: kinorejissyor dafatan paydo bo`lgan ayiqni otib qo`yadi. (xolbuki, unga ayiqni odamzodga hujum qilmasligi aytilgan edi). O`q ovozi yangrashi bilan Islom miltiqning qo`ndog`idan shunday turib yuboradiki, natijada kinorejissyor jarga qulab tushadi.
Hikoyanavis hohlaganmi yoki yo`qmi hikoyada insonning halok bo`lishi emas, balki tabiatdagi uyg`unlikka qo`pol munosabatda bo`lish asosiy fojia bo`lib tuyuladi.
Sh.Xolmirzaev hikoyalarining qahramonlari, shubhasiz, murakkab, o`ziga xos va turli maxrajga ega bo`lgan xarakterlardir. Yozuvchining bunday kishilarga bo`lgan qiziqishi uning hikoyalaridayoq ko`zga tashlangan edi.
Qahramonning xarakterini aniq hayotiy kolliziyada ochish iqtidoriga ega bo`lgan Sh.Xolmirzaevning o`ziga xos iste`dodi «Bahor keldi» hikoyasida ayniqsa yorqin ko`rinadi.
Hikoyada tasvirlangan voqealar dastlab ohista oqadi. Ammo epizoddan epizodga o`tgan sayin asar zamirida yotgan fojia nish ura boshlaydi.
Hikoya qahramoni Mastura dastlabki uchrashuvda kitobxonda ilk tuyg`ular uyg`otadi. U maktabda o`qiydi, vafot etgan otasini eslab, kuyunadi. Qishloqdagi barcha kishilar uni yupatishga, unga-yaxshi so`z aytishga intiladilar. Ammo ba`zat nojo`ya zaminga tushgan iliq so`z ham achchiq meva berar ekan. Mastura bora-bora odamlar uni hurmat etishlari, unga g`amxo`rlik ko`rsatishlari lozim, deb o`ylaydi. Unda paydo bo`lgan xudbinlik asta-sekin shafqatsizlikka o`sib chiqadi. U ezgu niyatli, pokdil kishiga turmushga chiqib, kundan-kunga yangi-yangi davolar o`ylab topadi va erining tinka madorini quritadi.
Hikoya Mastura erining o`limi bilan tugaydi: u xotinining injiqliklari orqasida tepalikka chiqib yangi tandir uchun tuproq qazimoqchi bo`ladi-yu, chuqur uraga yiqilib tushadi. Bunday fojiali xotima hikoyaning birinchi saxifalaridanoq tayyorlangan edi. Shu tarzda asarda loqaydlik, xudbinlik, shafqatsizlik, ezgulik va ziyokorlik ustidan tantana qiladi. Hikoyaning samimiy ichki nafasi kitobxonni hayajonlantiradi. Bu nafas aniq adresga ega. Hikoyadagi salbiy qahramon kechagina og`zidan lam chiqmaydigan va huquqsiz bugun esa teng huquqlik, erkinlik tushunchalari suiste`mol qiluvchi ayoldir. Ehtimol kimdir konfliktning mubog`ali echimi, xotimaning «notipligi» uchun muallifni ayblashi ham mumkin. Ammo gap, qolaversa, qahramonning xalok bo`lishda emas, balki uni halokatga olib borgan kuchning dahshatli ekanidadir.
Shu ma`noda Sh. Xolmirzaev hikoyasida ifodalangan raddiya kuchi ijobiy hodisalar tasviriga nisbatan gumanistik axloqiy normalarni ko`proq tasdiqlashi mumkin.
Hozirgi milliy hikoyanavislar tuyg`ularning jilovsiz g`alayoni davrning aniq tayin ko`rinmagan tendentsiyalarini idrok etishga urinmoqdalar. Bu vazifa esa san`atkordan iste`dod va mahoratni baravar talab etadilar.
«Sharoit tipikligi»ni yangicha tushunish, «hayot oqimi»da, kundalik- mashiy vaziyatlarda inkishof bo`luvchi xarakterga tayanish o`zbek hikoyanavisligida sezilarli uslubiy siljini yuzaga chiqaradi. Agar ko`plab milliy hikoyanavislarning uslubiy izlanishlariga xos bo`lgan umumiylikni belgilamoqchi, aftidan, eng avvalo, tasvirning jonli til uchun xarakterli bo`lgan tabiiyligiga, rang-barang hayotiy buyoqlarni tasvir doirasiga olib kirishga qaratilgan intilishni qayd etish zarur bo`ladi.
Sh.Xolmirzaev hikoyalarida tadqiq etilgan inson va tabiatning o`zaro aloqasi malakasi yozuvchi ijodiy evolyutsiyasining deyarli barcha bosqichlarida asosiy o`rinni egallaydi. Bunday hikoyalarning bir qismida tabiatni asrab- avaylash haqida gap ketsa, boshqa bir guruhida tabiat go`zalliklarini tasvirlash bilan birga, inson va tabiat munasabatlari go`zalligini tarannum etuvchi asarlari ko`proq o`rinni egallagani ko`rinadi, chunki yozuvchi insonda tabiatga munosabat orqali yaxshilikni, ezgulikni, katta bir mehri ko`rishni istaydi. Bu hol, ayniqsa, inson va hayvonot dunyosi, inson va o`simliklar olami tasvirida yaqqol ko`rinadi Sh. Xolmirzaevning «Ot egasi», «Podachi» hikoyalarida insonning hayvonning insonga sadoqatini ko`ramiz.
E`tibor qilgan o`quvchi yozuvchining aksar hikoyalarida ayni mavzuga murojaat etilib, tabiatga aloqador gaplar katta ijtimoiy-ahloqiy ma`naviy ma`rifiy muammolar, inson va uning taqdiri, tarbiyasi haqidagi falsafiy fikrlar bilan tutashib ketganligini ko`radi. Inson tabiatdan tirqishsiz devor orqali ajralib turmaydi, barcha borliq, mavjudot biri ikkinchisidan oladi yoki beradi. Ushbu printsip nafaqat inson va tabiat o`rtasidagi munosabatda amal qilinadi, balki bu tuyg`u inson va hayvonot dunyosida ularning o`zaro munosabatida ham ko`rinadi. Bunday uzviy bog`liqlikni aks ettirgan hikoyalarda bir dunyo bilan ikkinchi dunyoli bir olam bilan ikkinchi olamni vafo, sadoqat, mehr-muhabbat tushunchalar bog`lab turadi.
Sh. Xolmirzaevning «Otgo egasi», «Podachi» hikoyalarida esa insonning tabiatga, hayvonotga mehr-muxabbati san`atkorana tasvirlanadi. «Ot egasi» (1971) ning qahramoni Inod hayotining yagona ovunchog`i qora bayrsiz tasavvur qila olmaydi. Chunki bir fojia tufayli ikki farzand va xotinidan ayrilgan Qahramon yolg`izlikda shu otiga suyanadi, g`amlarini biroz unitadi. Shuning uchun ot unga ota-onasi qishlog`i va maktabi kabi qadrdon bo`lib qolgan. O`z amalini suiste`mol qilgan egamberdi millioner hurmat nomidan ish ko`rib, qorabayrni o`ziniki qilmoqchi bo`ladi. Aziz tuyg`ulari, huquqi paymol etilgan. Inod qadrdon otini o`z quli bilan otib tashlaydi. «Podachi» (1975) hikoyasida esa Ostonaqul chol kolxozning ho`kizini harom o`ldirib qo`yadi; bu ishning oqibati yomon bo`lishiga tushunib etsa-da, ko`p vaqtlar birga bo`lgan, o`zi bilan yonma-yon ter to`kkan hayvonning bo`g`ziga pichoq tortishga qo`li bormaydi. Kolxoz kattalari cholning gunohini muhokama qilar ekanlar, unga bir-biridan bema`ni ayblarni taqaydilar, bo`lim boshlig`i: «Shartta so`yvorish kerak edi», desa, zootexnik «Kechasi o`lgan kechasi! O`zim jigarini erib ko`rdim-ku, savigan ekan. Boboy uxlab qolgan»,-deydi. Ular ho`kiz jon berayotgan mahalda ham chol uning tepasida o`tirganini, ammo so`yishga qo`li bormaganini bilmaydilar, bilganlarida, balki uni aqldan ozganga chiqararmidilar. Podachi ham o`zini oqlab o`tirmaydi, ho`kizning xunini to`lashga rozi bo`lib, idoradan chiqib ketadi. Shu bilan hikoya tugaydi, ammo Ostonaqul cholning taqdiri bizni qiziqtiradi. Uzoq o`ylatadi. Ruhiy kechinmalar oqimni tasvirlashda yozuvchining qattiq-qo`liga, yoiq ruhiy taxlilga o`rin bermaslik, izohlarning yo`q darajada ekanligi asarga olis munosabatni taqoza qiladi; hikoyaning butun qimmati o`sha, yozuvchi tomonidan aytilmay qolgan, kitobxon esa mavjud vaziyatlardan payqab olishi lozim bo`lgan gaplarda. Tasvirda qisqalikka, soddalikka intilgan yozuvchining shu kabi hikoyalarida qahramon ham ortiqcha hatti-harakatlardan hali o`quvchi Inodni ham podachi cholni ham o`ziga yaqin oladi, ularning dilidagi dardli tuyg`ularni, hayvonga bo`lgancheksiz mehrini qalban his qila oladi.
«Podachi»da Ostanaqul cholning hatti harakatlari mo`min-qobilligi, rahbarlar nima desa bosh egib rozi bo`lish holatlari o`quvchi yodiga beixtiyor A.Qahhorning mashhur «O`g`ri» hikoyasini tushuntiradi. Asarning quyidagi kul`minatsion o`rni yuzaki qoraganda shunday fikr tug`diradi:
«Bo`lim boshlig`i inqilob o`rnida turdi: -Ota, gap tomon. Ho`kizning pulini to`laysiz!-U atrofdagi kishilarga ham bir-bir qarab oldi. -Qasddan o`ldirilgan deb hisoblanadi... Kelishdikmi ota?
Ostonaqul chol sekin boshini ko`tardi.
-Xo`p, o`g`lim, to`laymiz.
-Kechiktirmang faqat! Kambag`al emassiz, belingiz baquvvat, qarindosh urug`laringiz bor. Kampiringizning ham yig`ib qo`ygani bordir? Shunday bo`lsin... Majlis tamon!».
Rahbarlar masala mohiyati bilan zarracha qiziqmay oddiy bir mehnatkash podachining bir ho`kiz sabab qarz olib, hatto kampirning o`limligiga yiqqanini ham tovon to`lashga majburlashlari, uni xonavayron qilishlari haqiqatdan
«O`g`ri»dagi qozi mingboshilarni eslatadi. Lekin hikoyadagi podachi obrazi butunlay boshqacha talqin qilingan. Adabiyotshunos X.Karimov «Podachi»da
«...Jur`atsizlik, ikkilanish masalani tezda hal qilmaslik, kimdandir madad kutish, avvalam bor, kishining o`ziga katta zarar keltirishi ochib beril»ganligini aytib, podachi xarakteri mohiyatini, yozuvchi g`oyaviy maqsadini tahlil qilib yozadi: «Ostanoqul cholning hatti-harakati, hamma narsaga ko`nishish, muteligi A.Qahhorni Qobil bobosini yodga soladi. Qobil boboni shu qadar ayanchli, abgor, jur`atsiz, mute qilgan mustamakachilik bo`lsa, Ostanaqul cholni shu kuyga solgan dunyoda eng insoniy tuzum deb jar solingan sotsialistik jamiyatdir. U shu qadar muteki, ho`kiz yo`qolmagan o`lgan. Uning isboti sifatini davlatga terisini topshirish mumkin. Qonun shuni taqoza qiladi. Lekin shunga qaramay bo`lim boshlig`i «Ho`kizning pulini to`laysiz»,-desa xo`p deydi. U tuzumdagi rahbarlar ham xuddi «O`g`ri»dagi ellikboshi, pristavlarning o`zi edi. Faqat nomi o`zgargandi, xolos. Hikoya Sh. Xolmirzaev xuddi mana shu holatni 70-yillardayoq ustalik bilan ochib tashlagan. Bu hol so`zsiz adibning jasoratidan dalolatdir»1. E`tibor beraylik, agar Ostonqul
«ayanchli, abgor, jur`atsiz, mute bo`lsa u davlatga tegishli ho`kizning harom o`lishiga qarab tdravermidi? Bundan tashqari, podachi va Qobul bobo harakterlari o`xshash bo`lsa-yu, faqat ular boshqa-boshqa tuzum odamlari bo`lsa, Sh. Xolmirzaevning hikoya yozishdan maqsadi nima, yozuvchi bilan qanday gap aytmoqchi yoki asarning yangiligi nimada degan savollar o`z- o`zida kelib chiqadi. Shunday tahlil oqibatida hikoya orqali sotsiallik jamiyatda Qobil bobo «madali» sifatida podachi obrazini yaratgan. Sh Xolmirzaevning ijodiy «jasorat»i ham ko`rinmay qoladi.
Shubha yo`qki Sh. Xolmirzaev o`ziga xos bo`lgan podachi yaratdi va adabiyotga yangi qahramon, yangi xarakter olib kirdi. Bu yangilik, avvalo, hikoyaning «O`g`ri»ga o`xshab yozilishida emas, balki asar mavzusi va talqinida ko`rinadi. «Podachi hikoyasi tabiat va inson mavzusiga bag`ishlangan asardir. Insonning tabiat bilan uyg`unligi, uning hayvonga mehr-muhabbati, hayvonga o`z qadrdoni tirik jon sifatida munosabatda bo`lishi hikoyaning asosiy mazmunini tashkil etadi. Shu orqali yozuvchi insonning ma`naviy komilligini ko`rsatadi. Inson va tabiat o`rtasidagi tabiiy bog`liqlik har qanday tuzumning temir qonunlaridan ham yuqoriroq ekanligini qalbi mehrga, sadoqatga to`la podachi xarakteri orqali ko`rsatiladi. Podachi tilda itoatkor bo`lsada, amalda mustaqil kishidir. Unga o`z qadrdoni ho`kizning bir umrlik og`ir mehnatini eslatuvchi bo`yinturuqning izlari qolgan bo`g`ziga pichoq tortib vijdoni qiynalganidan ko`ra, o`z ajali bilan o`lgan ho`kiz haqini to`lash ming chandon oson. Podachi Qobil boba kabi mute, jur`atsiz emas, aksincha, u o`z niyatiga etdi va o`zida zarracha achinish hissi bo`lmagan «bo`lim kattalari»dan ma`naviy ustun keldi.
«Podachi» hikoyasining «O`g`ri» asariga yaqinligi sababli esa uning qahharona uslubda yozilganligidir. Adabiyotshunos B.Nazarov, Sh. Xolmirzaev hikoyasining yaratilishiga A.Qahhorning «O`g`ri»si kuchli ta`sir etganini aytib yozadi. «Yaqinlik ikkala hikoyada hal gap ho`kiz to`g`risida borganida emas, albatta. Gap badiiy mantiq yaqinligi va mushtarakligida, xarakter yaratish borasida ustoz adib ijodiy printsiplarining shogird tomonidan rivojlantirilishida»1. Demak, har ikki hikoyaning mushtarak jihatlari detallar tanlashda, qahramon hatti-harakatlarining ular ichki dunyosiga mosligida, tasvirda maksimal soddalik va qisqalikka intilishda ko`rinadi. «Shukur Xolmirzaev Abdulla Qahhordan so`z tejali detallarga katta ma`nolar yuklash, qahramon ziddiyatida kechayotgan ziddiyat, to`qnashuvlarni sodda va hayotiy qilib, ixcham tasvirlash diologlardan jonli manzara yaratish sirlarini o`rgandi. Biroq, bu ta`sirni faqat tashqi ko`rinishdan izlamaslik kerak. Bu ta`sirni qahramonlar ruhiy dunyosini aks ettirishdagi badiiy printsiplar mushtarakligidan izlamoq kerak.
Hikoyada qahramona tasvir usuli qahramonlar tashqi ko`rinishini tasvirlash orqali ularning ichki dunyosini ochishida namoyon bo`ladi:
«Chol eshik yaqinida boshini g’am qilib, egilib turibdi. Og`irligini u yog`idan-bu yog`iga soladi. Odob yuzasidanmi, hassamini dahlizga qoldirib kirgan.
-Xo`sh, ota, aybingizni bo`yningizga olasizmi?
Chol to`rda, stol ortida o`tirgan gardig`um, elkador bo`limi boshlig`iga manglayi ostidan qaradi:
-Ha endi aybdormiz-da,-dedi.
Jikak peshonasidan iyagiga qarab silaganda qo`l biron-bir «burun» otli to`siqqa, yo «ko`z» degan chuqurgacha tushmay o`tayotgan yapoloq zootexnik To`raboy irg`ib turdi:
-Aybdorman degani bilan qutilib ketmoqchimi? Men talab qilaman ola xo`kizning pulini to`lasin!-To`raboy joyiga o`tirdi.
Bo`lim boshlig`i kir bo`lib ketgan kolaminka kiteli yoqasidan qo`lini ichkariga solib, go`litdor yuzi tirishganicha, gardanini qashidi:
-E, attang-dedi keyin elkasini qimirlatib. Kuchdan qolibsiz-da, otam?- cholga tikildi u. Biz sizga ishongan edik. Axir kasal ekanini kunduz kuni payqagan ekansiz, shartta so`ymaysizmi? Unda buncha gap-so`z ham yo`q edi.
Ko`rinib turibdiki, hikoyada qahramonlarning tashqi ko`rinishi gapirish ohanglari o`zlarini tutishlari ham ustoz adib yo`lini eslatadi. Biroq hikoyada bosh qahramon-podachi chol ruhiy dunyosida Qari ho`kiz kechmishining alohida o`rni bor. Podachi chol obrazi mohiyatini ola ho`kizsiz tasavvur qilish mumkin emas. Ular bir butunlikning ikki tomonini tashkil etadi. Ya`ni mushtarak bir obraz sifatida namoyon bo`ladi. Qari ho`kiz hayoti har doim podachi ruhiy dunyosiga ta`sir qilib turadi. Yozuvchi podachi hayoti, uning yoshlik yillari haqida hech nima demaydi lekin uning sovxoz uchun bir umr ter to`kib halol mehnat qilgani ola ho`kiz haqidagi quyidagi parchadan anglashiladi:
«-Chol, he, burnog`i yil bir hafta hupdan chiqmagan ho`kiz shuqda a?
Podachi xotiniga ko`zlari kirdayib boqdi, so`ng quruqshagan lablarini yalab, yiroqda qabarib turgan Oytumshuq tepaligi tarafga qaradi.
O`tgan yilgacha sovxoz Oytumshiqning ustiga bug`day ekar edi. U er lalmikor holda u tepaga na mashina, na kombayn chiqa olar, erni qo`lida haydab, donni ham ho`kizlar tuyog`ida yanchib olishardi». Bu ishdan keyinchalik foyda ko`rmagan sovxoz ho`kizlar mehnatidan voz kechib, ularni semirtirib go`shtiga topshirishga qaror qilishadi. Keksa ola ho`kiz bexosdan kasallanib o`layotganida, so`yishga qo`li bormagan cholga bo`lim boshlig`ining
«-g`, attang kuchdan qopsiz-da? Degan kesatig`i podachi va ho`kizga nisbatan ularning bir xil munosabatini ko`rsatadi. Sovxoz kattalari ham ho`kiz ham podachining bir umrlik halol mehnatidan foydalanib, endi qarib kuchdan qolganda, yaroqsizga chiqarib, birini go`shtga tayyorlasa, ikkinchisining ko`p yillik xizmatlarini inobatga olmasdan tovon to`lashni talab qiladi.