141
bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turi
bo‘lib, olti yoshdan etti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich
ta’limga bir-yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim
(9-modda). Umumiy o‘rta
va o‘rta maxsus ta’lim quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
-boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar);
-tayanch o‘rta ta’lim (V-IX sinflar);
-o‘rta ta’lim (X-XI sinflar).
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining birinchi sinfiga bolalar etti
yoshga to‘ladigan-yilida qabul qilinadi.
Boshlang‘ich ta’limda ta’lim oluvchilarda umumiy o‘rta ta’limni
davom ettiriy uchun zarur bo‘lgan
savodxonlik, bilim, ko‘nikma va
malakalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan.
Tayanch o‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilarga
bilim, ko‘nikma va malakalarning
zaruriy hajmini beradi, ularda
mustaqil fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
Tayanch
o‘rta ta’lim doirasida (VII sinfdan so‘ng) ta’lim oluvchilarda kasblar
bo‘yicha birlamchi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun ularni
professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha choralar
amalga oshiriladi.
O‘rta umumiy o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan
zarur bilim, ko‘nikma va malakalar o‘zlashtirilishini, shuningdek
ta’limning keyingi turi tanlanishini hamda yuqori malaka talab
qilmaydigan kasblar egallanishini ta’minlaydi.
Professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek
ta’lim oluvchilarni yuqori malaka
talab qilmaydigan kasblarga
tayyorlash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida uzluksiz
tarzda majburiy bo‘lgan o‘n bir-yil davomida amalga oshiriladi.
O‘rta maxsus ta’lim akademik litseylarda to‘qqiz-yillik tayanch o‘rta
ta’lim asosida ikki-yil mobaynida amalga oshiriladi va ta’lim oluv-
chilarning intellektual qobiliyatlarining jadal rivojlanishini, shuningdek
chuqur,
tabaqalashtirilgan, kasb-hunarga va shaxsga yo‘naltirilgan
ta’lim olishini ta’minlaydi.
Nodavlat ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim
to‘lov-shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin.
Iqtidorli va iste’dodli bolalarning qobiliyatini rivojlantirish uchun
142
Prezident, ijod va boshqa
ixtisoslashtirilgan maktablar, shuningdek
mak tab-internatlar tashkil etilishi mumkin.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar,
shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan
bolalar davlat
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus
ta’lim tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitida yakka
tartibda ta’lim oladi.
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining sinflarida (guruhlarda) ta’lim
oluvchilar soni
Dostları ilə paylaş: