Shukurullo mardonov umida zokirova


XI BO‘LIM. PEDAGOGIK FANLARNI O‘RGANISH



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/101
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#201737
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   101
Shukurullo mardonov umida zokirova

XI BO‘LIM. PEDAGOGIK FANLARNI O‘RGANISH 
JARAYONIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI BADIIY 
MEROS ASOSIDA MA’NAVIY–ESTETIK TARBIYALASHNING 
PEDAGOGIK ASOSLARI
Reja:
1. Pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida talabalarni ma’naviy-
estetik tarbiyalash mazmuni.
2. “Pedagogika tarixi” fani dasturi tahlili.
3. “Pedagogika nazariyasi” fani dasturi tahlili. 
4. “Pedagogik texnologiyalar” fani dasturi tahlili.
5. “Pedagogik mahorat” fani dasturi tahlili.
Tayanch so‘z va iboralar
: pedagogik jarayon, zamonaviylashgan 
ta’lim, badiiy meros, Sharq mutafakkirlari, pedagogika tarixi, pedagogika 
nazariyasi, pedagogik texnologiya, pedagogik mahorat, sharq uyg‘onish 
davri.
11.1. Pedagogik fanlarni o‘rganish jarayonida talabalarni 
ma’naviy-estetik tarbiyalash mazmuni
Tadqiqotimiz maqsadi pedagogik fanlar, ularning zamonaviy-lash-
tirilgan dasturlari imkoniyatlarini bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘zbek xalqi 
badiiy merosi asosida ma’naiy-estetik tarbiyalash jarayonida aniq-
lashdan iboratdir. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun tadqiqot 
quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi: o‘zaro bog‘liqlik va yo‘nal-
tirilganlikni o‘rganish, pedagogik fanlar bo‘yicha amaldagi dastur larni 
tahlil qilish, umumlashtirish; tadqiqot muammosi kontekstida ularni 
o‘zgartirish (tegishli mavzular va savollarni kiritish); bo‘lajak o‘qituv-
chilar tomonidan kelgusi o‘quv faoliyatida foydalanishlari mumkin 
bo‘lgan hamda talabalar shaxsiga ta’sir etuvchi yuqori ma’naviy-estetik 
tarbiyaviy potensialga ega ajdodlarimizning tarixiy-madaniy merosidan 
eng muhim badiiy qadriyatlarni hisobga olish; o‘zbek xalqining badiiy 
merosi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarini muvaffaqiyatli ma’naviy-estetik 
tarbiyalashda pedagogik fanlar (ularning dasturlarini modifikatsiyalash 
sharti bilan) imkoniyatlarini asoslashdan iborat.


168
Pedagogik fanlar bo‘yicha quyidagi dasturlar tahlil qilindi:
“Pedagogika tarixi” [61]
“Pedagogika nazariyasi” [61].
“Pedagogik texnologiyalar” [61]
“Pedagogik mahorat” [61].
Dasturlarni o‘rganish va tahlil qilishdan maqsad: bo‘lajak o‘qi-
tuvchining ma’naviy-estetik tarbiyasiga ta’sir qiluvchi savollarni o‘rga-
nish va aniqlash; bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-estetik, kasbiy-
shaxsiy tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi ma’naviy-estetik tarbiya, 
o‘quvchilarning ma’naviy-estetik tarbiyasiga e’tiborini oshirish orqali 
pedagogik fanlar dasturlarini zamonaviylashtirish imkoniyatlarini 
aniqlash; pedagogik fanlar dasturlari mazmunini “ma’naviy-estetik” 
mavzu - ma’naviy-estetik mazmundagi mangu milliy va umuminstoniy 
qadriyatlar bilan boyitish.
Pedagogik fanlar dasturlarining tarkibiy qismlarini o‘rganish va tahlil 
qilish quyidagi sxema bo‘yicha olib boriladi: maqsadi, kurs maqsadi, 
bo‘lajak o‘qituvchilardan talab qilinadigan bilim, ko‘nikma, malakalar; 
ma’ruzalar, seminarlar mavzulari; talabalar mustaqil ishlarining 
mazmuni; yakuniy nazorat masalalari; xulosalar; dasturni o‘zgartirish 
imkoniyati bo‘yicha xulosalar; o‘rganilayotgan muammo kontekstida 
dasturlarni o‘zgartirish bo‘yicha takliflar (ma’ruza, seminar, mustaqil 
ish, nazorat va yakuniy savollarga maqsadli qo‘shimchalar).
Pedagogik fanlar dasturlarini modifikatsiyalashda o‘zaro bog‘liq-
likning quyidagi prinsiplari hisobga olingan: umumiy pedagogik va 
aniq maqsadlarni belgilash; tarkibning izchilligi va doimiyligi, ularning 
integratsiyasi; bir-birini to‘ldirish va boyitish; bo‘lajak o‘qituvchilarni 
shaxsiy-kasbiy, ma’naviy-estetik o‘qitish va tarbiyalash.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin