Shukurullo mardonov umida zokirova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/101
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#201737
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   101
Shukurullo mardonov umida zokirova

Tayanch so‘z va iboralar
: bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyalash, peda-
gogik texnologiyalar, “estetiklik”, “estetik qadriyat”, “estetik tarbiya”, 
“estetik madaniyat”, “ma’naviyat”, “ma’naviy-estetik tarbiya”, “badiiy 
meros”, “badiiy qadriyat”, “milliy-badiiy qadriyatlar”, badiiy meros, 
milliy g‘oya, kompetensiyaviy yondashuv.
10.1. Ma’naviyat va ma’naviy taraqqiyot to‘g‘risidagi davlat 
ta’lim siyosati
O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi-yillarda bir-biridan muhim 
va unitilmas voqealar yuz bermoqda. Mamalakatimiz Prezidentining 
“O‘zbe kiston Respublikasini rivojlantirish uchun Harakatlar strategiyasi 
to‘g‘ risida”gi farmoni negizida 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Res-
pub likasini rivojlantirish-ning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Hara katlar strategiyasi va uning asosida Haraktalar strategiyasini 
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari-yili”da amalga oshirishga 
oid Davlat dasturlari qabul qilindi. Dasturlar doirasida Respublikani 
rivoj lantirishning ijtimoiy-siyosiy, g‘oyaviy-mintaqaviy faoliyat 
bo‘yi cha keng qo‘lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu kabi 
ishlar ning barchasi, avvalo davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 
faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, mamlakatimizning o‘z mustaqil 
taraqqiyot yo‘lidan yangi davrga qadam qo‘yganidan, uzoq va davomli 
maqsadlarni ko‘zlaganligidan, qat’iyat bilan ilgarilab borayotganligidan 
darak bermoqda. Bugungi kunda bu haqiqatni nafaqat respublikamiz, 
balki jahon hamjamiyatining nufuzli olim va mutaxassislari hamda 
siyosatshunoslar ham e’tirof etmoqdalar.
Ma’lumki, O‘zbekiston o‘zining mustaqilligini e’lon qilgan kundan 


148
boshlab ma’naviyat, ma’naviy tarbiyaga e’tiborini kuchaytirdi, bunda, 
albatta, birinchi prezident I.A.Karimovning hissasi katta bo‘ldi. “Ta’lim 
to‘g‘risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ham ta’lim va 
tarbiyaning ma’naviy asoslarga e’tibor kuchaytirildi. Birinchi Prezidant 
davlat siyosatini milliy ma’naviyatni takomillashtirish asosda qurishni: 
“Davlat - ma’naviy hayot, eng yaxshi milliy fazilatlarni tarbiyalash 
sohasidagi bosh islohotchi va biz ma’naviy rivojlanish yo‘nalishini 
tegishli qonunlar asosiga qo‘yishimiz kerak” [18, 47], deya taklif 
qildi. Birinchi Prezidentning ta’kidlashicha, ijtimoiy platforma 
ma’naviy yuksalishga bog‘liq: “Biz iqtisodiy tiklanishlarning ma’naviy 
takomillashish, ruhiy poklanishlarga to‘liq mos kelishini istaymiz” [14, 
43]. 
Birinchi Prezidantning bir qator asarlari xalqni, jamiyatni, mam-
lakatni ma’naviy tiklantirsh g‘oyasiga bag‘ishlagan: “Buyuk kelajak 
- bu xalqning yuksak ma’naviyati”, “Iqtisodiyot va ma’naviyat”, 
“Mustaqillik va ma’naviyat”, “Ma’naviy tiklanish yo‘lida” [23; 14; 
19] va boshqalar. Shu munosabat bilan Prezident “Barkamol avlod 
- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” asarida barkamol, sog‘lom 
avlodni - O‘zbekiston taraqqiyotining asosi deb bildi va unda 
mamlakatimiz kelajagini ko‘ra oldi [23]. Prezident jamiyat taraqqiyoti 
va kelajagimiz uchun yoshlarni ma’naviy tarbiyalashga munosabatni 
o‘zgartirish lozimligini ta’kidlaydi, chunki “taraqqiyotni ma’nan 
rivojlangan odamlar ta’minlaydi” [18, 42]; “Maqsadlarimizga erishish, 
yangi jamiyat qurish, siyosat, iqtisodiyot va ma’naviy sohadagi 
islohotlar taqdiri yosh avlodga bog‘liq” [18, 46]; “... kelajak bugun 
boshlanadi. Agar biz yosh avlodni tarbiyalash masalalariga e’tibor 
bermasak, unda biz kelajakni yo‘qotamiz” [24 13], bu yoshlarning 
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga ham taalluqli. I.A. Karimov - ta’lim 
va tarbiyani rivojlantirish va yangilash uchun: “Hayot davom etar ekan, 
ta’lim va tarbiya zamon talablariga muvofiq ravishda izchil rivojlanib 
boraveradi” [26, 25], avvalambor milliy tiklanish g‘oyasi “davlat 
faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qolishi kerak” [24]. 
Prezident milliy g‘oya, mafkura “asrlar va ming-yilliklar davomida 
shakllangan xalqimizning muqaddas urf-odatlari va intilishlarining 
o‘ziga xosligini aks ettiruvchi yuksak maqsad va vazifalarni, shu 
jumladan ma’naviy maqsadlarni qamrab olishini” ta’kidlaydi [26, 13]. 
Va u yangi avlod ma’naviy merosi, milliy ma’naviyat tarbiyasidan 


149
foydalanish zarurligini ta’kidlaydi: “Yuksak ma’naviyat - kelajak 
poydevori” [21, 41]. Prezidentimiz xalqimizning poydevori sanalmish 
- ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy meros, bu bebaho boylikni, bu 
xazinani oqilona ishlatishimiz, ota-bobolarimiz, ajdod-larimizga sodiq 
qolishimiz va ularning merosiga munosib bo‘lishimiz kerakligi haqida 
gapiradi. Prezident bizning ma’naviy poydevorimiz, chuqur ildizlarimiz 
ularga mos keladigan mustaqillik qurilishini barpo etishimizga imkon 
berayotganini, Qodir Tangri har kimga shunday kuchli ruhiy kuch, 
bunday meros bermasligini, bu Ollohning millatimizga bergan haqiqiy 
barakasi ekanligini eslatib o‘tadi.
Prezident zamonaviy avlodni o‘zbek xalqining ma’naviy merosi 
asosida, birinchi navbatda, xalqning boy ma’naviy dunyosi, donoligi, 
axloqiy, estetik madaniyati, ijodiy-ijdkorlik qobiliyati, milliy ruhrini 
aks ettiruvchi tarixiy-madaniy, ayniqsa madaniy, axloqiy, ma’naviy 
estetikaga o‘rgatish zarurligini ta’kidlaydi. I.A. Karimov “yoshlarni 
o‘qitish va tarbiyalash usullariga, ularning ta’lim va kasbiy darajalariga 
g‘amxo‘rlik qilish” muqaddas burch ekanligini, “darsliklar va o‘quv 
qo‘llanmalarini milliy ma’naviyat nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish 
zarurligini” eslatadi [21, 49]. Shuning uchun bo‘lajak o‘qituvchilarni 
tayyorlash dasturlariga o‘zgarishlar kiritish, ayniqsa yangi pedagog 
kadrlarni ma’naviy-estetik tarbiyalash jarayonida estetik madaniyatni 
takomillashtirish zarur. Ma’naviy-estetik tarbiyalashga ehtiyoj etilib 
kelmoqda, faqatgina ma’naviy-estetik bilimli odam milliy-estetik qad-
riyatlarni qadrlashi mumkin, faqat ma’naviy-estetik bilimli o‘qituvchi 
boy ma’naviy-estetik dunyoga ega bo‘lgan talaba shaxsini shakllantirishi 
mumkin.
Yangi avlod pedagog kadrlarini tayyorlash vazifasi, shu jumladan 
ma’naviy-estetik tarbiyalash, milliy g‘oyani amalga oshirishga yordam 
beradi.
Ma’lumki, ma’naviy poklanish umuminsoniy ma’naviyatni o‘z ichiga 
oladi. Ma’naviyat quyidagilarni: ma’naviy va ma’rifiy rivojlanish; ijti-
moiy va didaktik taraqqiyot; falsafiy-pedagogik taraqqiyot; diniy ta’lim; 
milliy axloq normalariga bo‘ysunish; ilmiy ta’lim; qarashlar pokligi 
va tafakkur ravshanligi; milliy tamoyillarga hurmat; vatanparvarlik, 
xayrixohlik, millatchilik, adolat tuyg‘ulari; fidoyilik, mardlik, jasorat, 
tashabbuskorlik; mamlakat va xalq mustaqilligini himoya qilishga va 
ularga xizmat qilishga tayyorlik; huquqiy qat’iylik va benuqsonlik; islom 


150
diniga ishonch; ajdodlar va ularning merosiga hurmatni shakllantiradi. 
Ushbu konseptual yo‘nalishlar ma’naviy ta’limning metodologik 
asosiga aylanishi kerak. Bu ma’naviy ta’limning asosiy yo‘nalishlarini 
belgilaydi: ma’naviy ta’limning tarixiy ildizlarini o‘rganishga alohida 
e’tibor qaratishni taqozo qiladi (milliy ma’naviyat talab qilganidek). 
Ma’naviyat milliy xususiyatlar va quyidagi tarkibiy qismlarga bo‘-
linadi: “madaniy-ma’rifiy yuksalish; ijtimoiy-didaktik rivojlanish; fal-
safiy-pedagogik taraqqiyot; qat’iy ishonch; milliy axloq, odob-axloq 
me’yorlariga to‘liq muvofiqliq; insonda yuqori axloqiy fazilatlarni chu-
qur shakllantirish: insonparvarlik, vatanparvarlik, xayrixohlik, adolat 
tuyg‘usi, milliy qadriyatlarni sevish, o‘zini qurbon qilish, jasorat, tashab-
buskorlik, poklanish; islomga ishonch bilan munosabatda bo‘lish, har 
doim vatan va xalq mustaqilligini himoya qilishga tayyorlik va ularga 
sadoqat; ajdodlarga, ularning merosiga va shu kabilarga hurmat va 
ehtirom bilan munosabatda bo‘lish. Nazarimizda, milliy ma’naviyatning 
asosiy vazifasi, uning asosiy mohiyati va tarkibiy qismi quyidagilardan 
iborat: birinchidan, islohotlarning hozirgi bosqichida, ma’naviy-axloqiy 
jihatdan etuk shaxslarni tarbiyalashga e’tiborni yanada kuchaytirish; 
ikkinchidan, halollik, axloq va poklik xalq xo‘jaligining barcha 
sohalarida to‘liq yutuqqa erishish; uchinchidan, milliy qadriyatlarni 
to‘la tiklash va shu asosda milliy g‘urur hissini shakllantirish. 
Milliy g‘urur milliy ishonch bilan bog‘liqdir. Quyidagi milliy e’tiqodlar 
nazarda tutilgan: do‘stlik va ijtimoiy hamjihatlikda yashash va ishlash; 
kattalarni hurmat qilish, kichiklarga g‘amxo‘rlik qilish, vatanni sevish; 
ota-onanalarni hurmat qilish va ota-ona oldidagi burchni bajarish; oila 
va bolalarga g‘amxo‘rlik qilish; millat ajratmaslik; hashar an’analarini 
davom ettirish va ko‘paytirish (ba’zi bir ishlarda beg‘araz yordam); 
ota-onalarning urf-odatlariga sodiq qolish, mehnatsevarlikni namoyon 
etish; doimiy ravishda bilimga ega bo‘lish; islom diniga hurmatni 
saqlash; ichki va tashqi siyosatni mustahkamlashga hissa qo‘shish; 
ma’naviy-axloqiy marosimlarning rivojlanishi va shakllanishiga ta’sir 
ko‘rsatish va ularga rioya qilish; milliy madaniyatlarni rivojlantirish; 
milliy-axloqiy an’ana normalariga rioya qilish; Vatan va xalqlar tarixini 
hurmat qilish; yoshlarni o‘qitish va tarbiyalashga alohida e’tibor berish, 
uning rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qilish va hokazolar. Ushbu e’tiqodlarni 
odamlar va ayniqsa yosh avlod ongiga singdirish mustaqillik uchun 
sharoit yaratib beradi va mustaqillik ruhini tarbiyalashga yordam beradi. 


151
Bu yoshlarni o‘qitish va tarbiyalashga alohida e’tibor berishga, uning 
rivojlanishi - milliy madaniyat asosida amalga oshirilayotgan milliy 
e’tiqod yo‘nalishi bo‘yicha g‘amxo‘rlik qilishga chorlaydi.
O‘zbek xalqi tarbiya sohasida boy ma’naviy merosiga ega: mashhur 
“Avesta” ta’limiy qarashlar va yo‘nalishlarni o‘zida ifoda etgan, “Qu-
r’on” musulmonlarning hayotida, ularni tarbiyalashda muhim rol 
o‘ynaydigan ma’naviyatni aks ettirgan, ruhiy tamoyillarda ifodalangan. 
Muqaddas Hadis, shu jumladan ta’lim nuqtai nazaridan musulmonlarning 
muqaddas kitobi “Qur’on” - ma’naviyat manbai hisoblanadi.
Ma’naviy tarbiyada tarbiya tarixiga alohida e’tibor qaratish muhim 
ahamiyatga ega: tarbiyaning har qanday sohasida, buyuk ajdodlari-
mizning tarbiyalash tarixi, tajribasi va didaktik-axloqiy, aforistik 
bayon larini o‘rganish keyingi vazifalarni hal etishda beqiyos rol o‘y-
naydi, chunki ma’naviyat va axloq tarixi kelajak avlod uchun ma-
sh’aldir. O‘z asarlarini ma’naviy-ma’rifiy masalalarga bag‘ishlagan 
buyuk ajdodlarimiz: Abu Abdullo Mu’ammad ibn Muso al Xorazmiy 
(780-850), imom Buxoriy (810-870), Ahmad ibn Xambari al Marvasiy 
(780-855), imom at Termiziy (824-892), Abu Nasr Forobiy (870-
930), Abu Rayxon Beruniy (970-1048), Abu Ali ibn Sino (980-1037), 
Yusuf Xos Hojib, Xoja Ahmad Yassaviy (1044-taxminan 1166-1170), 
az Zamaxshariy (1070-1143), Shayx Najmitdin Kubro (1145-1221), 
Paxlavon Mahmud (1247-1326), Alisher Navoiy (1141-1501), Ogohiy 
(1809-1914) va boshqalar. Shuningdek, X1X asr - XX asr boshlarida 
yashagan va ishlagan olimlar - Behbudiy, Abdulla Avloniy, Fitrat shular 
jumlasidandir. 
I.A.Karimovning asarlari va nutqlarida milliy ma’naviyatni tarbiyalash 
asoslari ifodalangan. Uning pedagogik g‘oyalarini o‘quv jarayonida, 
o‘quvchilarni milliy mustaqillik ruhida tarbiyalashda qo‘llashning 
maqbul usullari va shakllarini, tizimlarini ishlab chiqish talabalarning 
ma’naviy madaniyatini shakllantirish mazmuni, tuzilishi va jarayonini 
takomillashtir-ishning nazariy, uslubiy va ilmiy-pedagogik asoslarini 
boyitadi, pedagogika fanida yangi ma’naviy va ilmiy yo‘nalishni - 
milliy ma’naviylikni milliy, umuminsoniy qadriyatlar asosida qayta 
tiklashning ma’naviy tizimi yaratiladi.
I.A. Karimov milliy ma’naviyatni tiklash va rivojlantirishga e’ti-
bor berish zarurligini ta’kidlaydi, shu bois milliy tamoyillar qayta tik-
landi va hayotga tatbiq etildi, ma’naviy-madaniy meros o‘rganildi, 


152
milliy bayramlar nishonlanmoqda, ma’naviyatni rivojlantirish borasi-
dagi ishlar jonlantirildi, ma’naviyat markazlari tashkil qilindi va 
bosh qalar. Shu jumladan, oliy o‘quv yurtlarida ma’naviy-ma’rifiy 
ish lar jonlantirildi, ta’limning barcha tuzilmalarida ma’naviyat-ma’ri-
fat darslari o‘tkazilmoqda. Xuddi shu kabi ishlar respublika telera-
dioyeshittirishlariga olib borildi. I.A. Karimovning ma’naviyat, milliy 
ma’naviyat haqidagi g‘oyalari rivojlantirilib, takomillashtirildi.
I.A. Karimovning zamonaviy yoshlarning ma’naviyati, ma’naviy 
tarbiyasiga bag‘ishlangan asarlaridan, o‘qituvchi-pedagoglar uchun 
izohlaridan kelib chiqib, tadqiqotlarimizning nazariy, uslubiy va ilmiy-
pedagogik pozitsiyalarni aniqlab oldik:
- insonda yuksak ma’naviy madaniyatni hurmat qilish;
- milliy-umumestetik qadriyatlar asosida insonlar ma’naviyatini 
tiklash maqsadida bilim olayotgan yoshlarni ma’naviy tarbiyalash; 
- xalqning ma’naviy-madaniy merosini milliylik omiliga ustuvorlik 
berish orqali ma’naviy tarbiyalash; 
- ma’naviy-ma’rifiy jarayonda zamonaviy yoshlarning shaxsini 
shakllantirish va takomillashtirish, uning har tomonlama va barkamol 
rivojlantirish; 
- xalqning ma’naviy merosidan foydalanish orqali milliy uyg‘onish 
g‘oyasi bo‘yicha ta’lim-tarbiyani rivojlantirish va yangilash;
- ta’lim tizimidagi tarbiya omilini yuqori professional darajada 
kuchaytirish – pedagogik kadrlarni tayyorlash tizimiga o‘zgartirishlar 
kiritish, ularni ma’naviy-estetik tarbiyalash jarayonida xalqning boy 
ma’naviy-ma’rifiy merosi, milliy qadriyatlaridan ma’naviy madaniyatini 
takomillashtirishda foydalanish;
- ma’naviyat tarbiyasining barcha qirralarini yoritish;
- milliy ma’naviyat xususiyatlarini tarbiyalashga e’tiborni kuchay-
tirish;

munosib ma’naviy fazilatlarni tarbiyalash maqsadida milliy-
umu mestetik qadriyatlar asosida ma’naviy-ma’rifiy bilimlarni mus-
tahkamlash; 

milliy g‘urur va milliy ishonch tuyg‘usini milliy qadriyatlar 
asosida shakllantirish. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi [23] zamonaviy kadrlar tayyor-
lashning milliy modeli bo‘lib, ushbu dasturni amalga oshirishning 
maqsadi va vazifalarini belgilaydi, bu yuqori ma’naviyatli, yuqori 


153
malakali kadrlarning yangi avlodini tayyorlashga qaratilgan muhim 
hujjat sanaladi.
Milliy dasturning tarkibiy qismlari va funksiyalari: shaxs, davlat va 
jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish. Shaxs ko‘p qirrali bo‘lib, 
intellektual salohiyatga ega va umr bo‘yi ta’lim jarayonida ruhan 
tarbiyalangan, kasbiy ta’lim va tegishli malaka darajasiga ega bo‘lib, 
jamiyat va mamlakat manfaati uchun muayyan ishlab chiqarishda 
potensial ishtirokchi sifatida qatnashadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi zamonaviy ta’limning yuqori qad-
riyatlari orqali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, ular zamonaviy 
jamiyat quruvchisi - zamonaviy mukammal shaxsini shakllantirishga 
jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Oliy ta’lim qadriyatlariga xalqning boy madaniy-tarixiy an’analari, 
umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy boyliklari ham kiradi. 
Ushbu qadriyatlar madaniy, ma’rifiy va ma’naviy-ma’rifiy vazifalarni 
hal qilish uchun ta’lim mazmuniga kiritilgan. Ta’limning barcha 
tuzilmalarida o‘quv jarayonidagi tarbiyaning ustuvorligi kengayib 
bormoqda. “Tarbiyalash, keng ma’noda, ijtimoiy va madaniy tajribani 
avloddan-avlodga etkazish va shaxsni rivojlantirish uchun sharoit 
yaratish jarayonidir” [87, 85].
Milliy-ma’naviy tarbiyalash - bu ma’lum milliy-madaniy bilimlarning 
yig‘indisi, yuqori milliy fazilatlarni tarbiyalovchi - ta’lim jarayonining 
maqsadi va natijasi sifatida ifodalanadi. Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi aynan shunday yo‘nalishga, shunday ta’limning qadriyatlariga 
qaratilgan. Shuningdek, o‘quv jarayonida shaxs, uning individualligi, 
qobiliyatlari, moyilliklari va qiziqishlari, qadriyatli yo‘nalishlari va 
shaxsiy tajribasi, bilim va ta’lim faoliyatida o‘zini namoyon qilish 
imkoniyatlariga (pedagogik hamkorlik va ijodiy o‘zaro ta’sirni hisobga 
olgan holda) qaratilgan.
Milliy dastur nafaqat talabalarning qobiliyati va iqtidorini ochib 
berishga, balki xalqning yuksak madaniy-tarixiy merosiga asoslangan 
milliy va umumbashariy g‘oyalar va qadriyatlarni o‘zlashtirishga 
qaratilgan. Jamiyatning ma’naviy yangilanishi talabalarning ma’naviy 
tarbiyasi va rivojlanishining ustuvorligini talab qiladi. Milliy dastur, 
shuningdek, ushbu imkoniyatni ta’lim tizimiga - eng yuqori milliy-
umumbashariy qadriyatlarni inobatga olgan holda izchil o‘z ichiga 
oladi. Xalqning ma’naviy, madaniy, axloqiy-estetik merosi, shuningdek, 


154
umuminsoniy qadriyatlar barcha o‘quv va kasbiy dasturlarda ustuvor 
ahamiyat kasb etadi.
Uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishning yangi strategiyasida ta’lim 
omili qayta ko‘rib chiqilmoqda, asosiy e’tibor ma’naviy-axloqiy va, 
albatta, ma’naviy-estetik tarbiyaga, shuningdek ushbu ta’limning ijodiy-
innovatsion yondashuvi, tarbiyaning qadriyatli-shaxsiy mezonlariga 
qaratiladi. Shaxsni tarbiyalash va rivojlantirishda pedagogika fani 
milliy-madaniy hamda umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi. Kadrlar 
tayyorlashda bu juda muhim vazifaga aylanadi. Shu bilan birga, 
davlat milliy-umuminsoniy qadriyatlar asosida kadrlar tayyorlash va 
o‘qitishning kafolati bo‘lib qolmoqda. Bu yo‘nalishda fan muhim 
rol o‘ynaydi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining samarali amalga 
oshirilishini ta’minlash uchun tadqiqotlar olib borilmoqda, yuqori 
malakali kadrlar tayyorlash sifati yaxshilanmoqda. Uzluksiz ta’lim 
tizimining barcha jabhalarida o‘quv jarayonini metodik ta’minlash 
bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Biroq, ma’naviy tarbiya 
sohasi hozirgacha faqat ma’naviy-axloqiy omil bilan cheklangan. 
Shunga qaramay, milliy pedagogikamizda ma’lum bir jonlanish 
kuzatilmoqda. Tadqiqotlarda ma’naviyat muammosi, ma’naviy-axloqiy 
tarbiya tomonlarini kengaytirish, shu jumladan milliy qadriyatlar, o‘zbek 
xalqining badiiy-estetik merosiga bag‘ishlangan bir qator tadqiqotlar 
paydo bo‘ldi. Bular A.Abdunabiyev, A.Azizxonov, Sh.Qurbonov, 
E.Seitxalilov, T.Muradimova, S.Ochilov; N.Azizxodjayeva, M.Inomova, 
Sh.Mardonov, O.Musurmanova, S.Nishonova, K.Xashimov; S.Anna-
muratova, D.Djamalova, S.Fayzullina [29; 35; 90; 102; 98; 103; 111; 
169; 40; 63; 162] larning ishlaridir.
Muammolarni o‘rganish bo‘yicha pedagog kadrlar tayyorlash milliy 
dasturidan quyidagi nazariy, uslubiy va tashkiliy-pedagogik pozitsiyalar 
belgilangan:
- ijtimoiy, pedagogik-ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lajak pedagog 
kadrlarga ma’naviy bilim berish;
- yuqori ma’naviyat talablariga javob beradigan pedagog kadrlarni 
tayyorlash;
- bo‘lajak pedagog kadrlarga, ularning ma’naviy imkoniyatlariga 
e’tiborni kuchaytirish;
- bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy bilimlariga e’tibor – kasbiy-
shaxsiy rivojlanish omili sifatida;


155
- bo‘lajak o‘qituvchilarga yuksak madaniy-tarixiy qadriyatlar, 
xalqning urf-odatlari, umumbashariy insoniy g‘oyalari va qadriyatlari 
haqida ma’lumot berish;
- oliy milliy fazilatlarni tarbiyalash, o‘quvchilar shaxsini rivojlantirish 
maqsadida ta’limning tarbiyaviy jihatlarini kuchaytirish;
- bo‘lajak pedagog kadrlarni shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv 
asosida innovatsion tarbiyalash. 
Oliy ta’lim muassasalarida pedagogik fanlarni o‘qitishda bosh 
masala - bu o‘sib kelayotgan yosh avlodni komil inson qilib tarbiya-
lash hamda uni o‘z millati, o‘z xalqi, o‘z Vataniga muhabbat, milliy 
va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat, barcha xalqlar o‘rtasida qarin-
doshlik va birodarlikni mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi 
Kons titutsiyasi, davlat ramzlari – bayroq, gerb (muhr), madhiyasiga, 
Res publika Prezidentiga hurmat, mamlakatning ma’naviy boyligi, 
tili, tarixi, madaniyatini, qadriyatlarini asrab-avaylash, o‘z huquq va 
burchlarini to‘liq anglash, shaxsiy halollik, poklik, rostgo‘ylik, iymon-
e’tiqod, vijdon, insof kabi ma’naviy-estetik mazmunidagi fazilatlar 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar bevosita va bilvosita bo‘lajak o‘qituvchilarni 
ma’naviy-estetik tarbiyalashga xizmat qiladi.
Oliy ta’lim muassasalari o‘quv rejasidan o‘rin olgan pedagogik fanlar 
mustaqil respublikda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo 
etish yo‘lida mamlakat tarixi, madaniyati, iqtisodi, ma’naviyati, tarixiy 
voqealarning vorsiyligi va qonuniyligini, moddiy borliq va ijtimoiy ha-
yotning nazariy-amaliy, falsafiy-dunyoviy ildizlarini talabalarga o‘rga-
nish bilan birga:
-insoniyat va jamiyat rivojida umumbasharish, milliy-ma’naviy 
merosning o‘rni va moddiy ishlab chiqarishning ahamiyati;
-O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosiy ta-
moyillari, axolining huquqlari, burchlari va erkinliklari qonun bilan 
kafo latlanishi hamda jamiyat va shaxs munosabatlarining dialektik 
mu ta nosibligi;
-mustaqillik tafakkuri ma’naviy-estetik dunyoqarashning ijtimoiy-
siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-tarixiy, ilmiy-nazariy va amaliy 
jihatlarini anglab etish;
-shaxsning ma’naviy-estetik rivojlanishi va jamiyat taraqqiyotida 
ta’lim-tarbiyaning ustuvorligi, uning dunyoviylik, insonparvarlik va 
demokratik xarakter kasb etishi; inson hayotining maqsadi, mazmun-


156
mohiyati, moddiy borliq va ijtimoiy hayot o‘rtasidagi bog‘liqlik 
qonuniyatlarining anglab etilishi;
-ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimida ma’naviy-estetik dunyo-
qa rashning mohiyati, ong va o‘zini o‘zi anglash to‘g‘risidagi ta’li mot, 
gnoseologiya, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning xususiyat-
larini idrok qilish;
-milliy mustaqillik sharoitida ilmiy, ma’naviy-estetik tarbiyalan-
ganlikning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda muhim ahamiyat kasb 
etishining tan olinganligi, uni taqozo etuvchi ob’ektiv shart-sharoitlar 
va sub’ektiv omillar hamda ularning istiqlol g‘oyasi, mustaqillikni 
asrash va himoya qilishdagi ahamiyatini anglash;
-ma’naviy-estetik dunyoqarashning milliy, umuminsoniy, tarixiy, 
nazariy va amaliy zaminlarning mustaqillikni rivojlantirishdagi, shaxs 
kamolatini takomillashtirishdagi ahamiyati haqidagi ma’lumotlar 
talabalar ongu-shuuriga etkaziladi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin