Shukurullo mardonov umida zokirova


 Komenskiyning ta’lim-tarbiyaga oid asarlari va darsliklari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/101
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#201737
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   101
Shukurullo mardonov umida zokirova

13.2. Komenskiyning ta’lim-tarbiyaga oid asarlari va darsliklari
O‘sha davrda urush alohida knyazliklar orasida tez-tez bo‘lib turar edi. 
Chex qardoshlari jamoasi o‘zining mustaqilligi uchun nemis dvoryanlari 
tomonidan haydaladi. Haydalish natijasida Komenskiy xotini va 
bolasidan judo bo‘ladi. Qo‘lyozmalari esa yo‘qoladi. Jamoa Polshaning 
Leshko shahrida yana tiklanadi. Komenskiy u erda gimnaziya tashkil 
etadi. U o‘zining qariyb 80-yillik umri davomida xalq ta’limining turli 
masalalariga bag‘ishlangan asarlar, darsliklar yaratadi. Masalan: 1631-
yil “Tillar va hamma fanlarning ochiq eshigi”, 1632-yilda “Buyuk 
didaktika”, 1632-yilda maktabgacha tarbiya masalalariga bag‘ishlab, 
“Ona maktabi”, 1648-yilda “Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan 
narsalarning suratlari” nomli asarlar, shuningdek Pan Sofiya, logika, 
fizika, lotin tili, grek tili kabi dasrliklar yozadi. Pan Sofiya darsligida u 
tabiat va jamiyat bilimlarining yig‘indisini ifodalab beradi.
Tanqli pedagog olim S.Rajabov Komenskiyning faoliyatiga baho 
berib, u faqat “Buyuk didaktika” asarini o‘zini yozib qoldirganda ham 
pedagogikada o‘lmas iz qoldirgan bo‘lur edi, deb ta’kidlaydi.
Komenskiy yuqoridagi asarlari bilan butun dunyoga taniladi, ko‘p 
mamlakatlar uni taklif eta boshlaydilar. Masalan: “Buyuk didaktika” 
asarida ilgari surgan “Pan Sofiya” g‘oyasini (ya’ni hamma narsani bilish 
hamma uchun bilim berish) Angliyaning ilg‘or kishilari tomonidan 
quvvatlanib, parlamenti tomonidan Angliyaga taklif qilinadi.
U 1641-yil Angliyaga keladi, lekin u erda grajdanlar urushi boshlanib 
ketganligi sababli Komenskiy faoliyat ko‘rsata olmaydi. U Shvetsiyada 
lotin tili darsligini va til o‘kitish uslublarini ishlab chiqadi.
Komenskiy o‘z vatanini juda sevadi, uning mustaqilligi uchun kurash 
olib boradi. U o‘zining ko‘p asarlarida o‘z xalqining tilini saqashga, 
sevishga undaydi.


226
Xo‘sh, Komenskiyning dunyoqarashi nimadan iborat edi? Komenskiy 
dunyoqarashida 3 xususiyatni ta’sirini ko‘ramiz:
1. Natural falsafaga asoslanishi (ya’ni XVI-XVII asrda yashagan 
ingliz faylasufi Bekon nazariyasiga asoslanishi). U Bekonning 
sensualistik falsafa nazariyasini ravojlantiradi. Komenskiy ham o‘qitish 
jarayoniga shu nuqtai nazardan qarab, bilim sezishdan boshlanadi, 
sezish bo‘lmagan erda bilim ham yo‘q deydi.
2. Talim va tarbiyani diniy talimot bilan qo‘shib olib borish. 
Uyg‘onish davri ta’sirida vujudga kelgan tarbiyani takomillashtirish 
(yani odamlarga nisbatan muhabbat, odamlarning yaxshilik yaratishga 
ishonch bilan qarashi).
3. Komenskiyning o‘z dunyoqarashida tashqi ob’ektiv dunyoni hukm 
surishiga ishonadi, dunyo qarama-qarshiliklardan iborat ekanligiga, 
qotib qolgan emasligiga, u o‘sishda, o‘sish esa o‘z qonuniyatiga, ya’ni 
xudoga tegishli ekanligiga ishonadi.
Borliq dunyoni sezish organlari orqali bilamiz. Agar aql ojizlik 
qilsa, xudoga yolvorish kerak deydi.
Komenskiyning dunyoqarashida stixiyali materializm va realizm-
ning ba’zi belgilari bilan dindorlik g‘oyalarini bog‘lanib ketganligini 
ko‘ramiz. Bu uning pedagogik nazariyasida ham o‘z aksini topadi. U 
bir tomondan tabiiy bilimlarini egallashga undasa, ikkinchi tomondan 
dinni o‘rganishga, diniy axloqni yoqlashga undaydi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin