Shzbekiston respublikasi oliy va shrta maxsus taolim vazirligi



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə3/45
tarix30.09.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#151250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Shzbekiston respublikasi oliy va shrta maxsus taolim vazirligi

BIRINCHI BO’LIM
«TA’LIM TОGRISIDA» GI ОZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI. KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI


1.1. UMUMIY QOIDALAR. TA’LIM TIZIMI VA TURLARI

«Talim to‘g‘risida» gi Qonun 1997 yil 29 avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to‘qqizinchi sessiyasida qabul qilingan. Qonun besh bobdan va 34 ta moddadan iborat. Birinchi bobda «Umumiy qoidalar» ko‘rib chiqilgan bo‘lib, u 8 moddadan tashkil topgan. 1-moddada ushbu Qonunning maqsadi ko‘rsatilgan - ushbu Qonun fuqarolarga talim - tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitusiyaviy huquqini taminlashga qaratilgan.


2-modda – «Talim tо‘g‘risidagi Qonun hujjatlari» da talim togrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hamda boshqa qonun hujjatlardan iboratligi korsatilgan. Agar Ozbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida talim togrisidagi qonun hujjatlaridagidan ozgacha qoidalar belgilangan bolsa, xalqaro shartnoma qoidalari qollaniladi.
3-moddada «Talim soxasidagi davlat siyosatning asosiy prinsiplari» keltirilgan. Talim Ozbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti soxasida ustuvor deb elon qilingan. Talim soxasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: talim va tarbiyaning insonparvar, demokratik harakterda ekanligi; talimning uzluksizligi va izchilligi; umumiy orta, shuningdek orta maxsus, kasb-hunar talimining majburiyligi; orta maxsus, kasb-hunar talimi- ning yonalishini: akademik litseyda va kasb-hunar kollejida oqishni tanlashning ixtiyoriyligi; talim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat talim standartlari doirasida talim olishning hamma uchun ochiqligi; talim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bolishni va istedodni ragbatlantirish; talim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uygunlashtirish.
4-moddada «Bilim olish huquqi» aniqlangan. Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, etiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, Ozbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qati nazar, har kimga bilim olishdan teng huquqlar kafolatlanadi.
Bilim olish huquqi quyidagilar orqali taminlanadi: davlat va nodavlat talim muassasalarini rivojlantirish; ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda talim olishni tashkil etish; talim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul oqitish, shuningdek talim muassasalarida shartnoma asosida tolov evaziga kasb-hunar orgatish; barcha turdagi talim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi oquv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bolishi; oilada yoki ozi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditasiyadan otgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestasiyadan otish huquqini berish orqali taminlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolari Ozbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalariga muvofiq bilim olish huquqiga ega. Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bolmagan shaxslar bilim olishda Ozbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
«Pedagogik faoliyat bilan shugullanish huquqi» 5-moddada keltirilgan. Tegishli malumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bolgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shugullanish huquqiga ega. Pedagog xodimlarni oliy oquv yurtlariga ishga qabul qilish Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi. Pedagogik faoliyat bilan shugullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta’lim muassasalarida bu faoliyat bilan shugullanishga yol qoyilmaydi.
6-moddada «Ta’lim muassasasining huquqiy maqomi» aniqlangan. Ta’lim muassasasini akkreditasiyalash vakolatli organi tomonidan attestasiyaga asosan amalga oshiriladi. Ta’lim muassasasi yuridik shaxs bolib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda barpo etiladi. Nodavlat ta’lim muassasasi Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda davlat akkreditasiyasidan otgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlari va ta’lim faoliyati bilan shugullanish huquqiga ega bo‘ladi. Ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan asosida faoliyat korsatadi. Ta’lim muassasasi attestasiya natijalariga binoan davlat akkreditasiyasidan maxrum etilishi mumkin. Ta’lim muassasalari oquv-tarbiya majmuilariga hamda oquv ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga haqli. Ta’lim muassasalari ustavda belgilangan vazifalariga muvofiq pulli ta’lim xizmatlari korsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan shugullanishga haqli.
7-moddada «Davlat ta’lim standartlari» ga tarif berilgan. Davlat ta’lim standartlari umumiy orta, orta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qoyiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim standartlarini bajarish Ozbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. «Ta’lim berish tili» dan foydalanish tartibi 8-moddada keltirilgan. Ta’lim muassasalarida ta’lim berish tilidan foydalanish tartibi «Davlat tili haqida» gi Ozbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
Qonunning «Ta’lim tizimi va turlari» deb nomlangan ikkinchi bobi quyidagilardan iborat «Ta’lim tizimi» Respublikadagi 9-moddada aniqlangan. Ozbekiston Respublikasining ta’lim tizimi quyidagilarni oz ichiga oladi: davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari; ta’lim tizimining faoliyat korsatishi va rivojlanishini taminlash uchun zarur bolgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar; ta’lim soxasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar. Ozbekiston Respublikasining ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
10-modda: «Ta’lim turlari» da quyidagilar belgilangan. Ozbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi: maktabgacha ta’lim; umumiy orta ta’lim; orta maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim; oliy oquv yurtidan keyingi ta’lim; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; maktabdan tashqari ta’lim.
11, 12, 13, 15, 16, 17 va 18 moddalarda Respublikadagi ta’lim turlariga tarif berilgan. Maktabgacha ta’lim bola shaxsini soglom va yetuk, maktabda oqishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini kozlaydi. Bu ta’lim olti-etti yoshgacha oilada, bolalar bogchasida va mulk shaklidan qat’iy nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi.
Umumiy orta ta’lim bosqichlari quyidagicha: boshlangich ta’lim (I-IV sinflar); umumiy orta ta’lim (I-IX sinflar).
Boshlangich ta’lim umumiy orta ta’lim olish uchun zarur bolgan savodxonlik, bilim va konikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-etti yoshdan qabul qilinadi.
Umumiy orta ta’lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba konikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yonaltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi. Bolalarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi mumkin.
Orta maxsus, kasb-hunar ta’limi olish maqsadida har kim umumiy orta ta’lim asosida akademik liseyda yoki kasb-hunar kollejida oqishning yonalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.
Akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar boyicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirishi uchun asos boladigan orta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi. Akademik lisey ouvchilarining intellektual qobiliyatlarini jadal ostirishni, ularni chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yonaltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik orta maxsus oquv yurtidir.
Kasb-hunar kolleji oquvchilarning kasb-hunarga moyilligi, maxorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar boyicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik orta kasb-hunar oquv yurtidir. Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi. Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy oquv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida) orta maxsus, kasb-hunar ta’limi asosida amalga oshiriladi. Oliy ta’lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma’lumot togrisidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega. Bakalavriat oliy ta’lim yonalishlaridan biri boyicha puxta ta’lim beradigan, oqish muddati kamida tort yil bolgan tayanch oliy ta’limdir. Magistratura aniq mutaxassislik boyicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.
Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar. Oliy oquv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo’lgan extiyojlarini ta’minlashga qaratilgandir. Oliy oquv yurtidan keyingi ta’lim oliy oquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida (aspirantura, ad’yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va konikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Maktabdan tashqari ta’lim - bolalar va osmirlarning yakka tartibdagi extiyojlarini qondirish, ularning bosh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy sport va boshqa yonalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga bolalar, osmirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-osmirlar sport maktablari, sanoat maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, soglomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.



Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin