Uchburchakning cho‘qqisida joylaShtiriSh kuchlaniShi 20 kV gacha bo‘lgan liniyalarda, hamda 35-330 kV kuchlaniShli metall va temir-beton tayanchli liniyalarda qo‘llaniladi. Simlarni gorizontal joylaShtiriSh 330 kV va undan yuqori kuchlaniShli liniyalarda ko‘llaniladi. Simlarni bunday joylaShtiriSh foydalaniShda juda qulay hisoblanadi, chunki juda past tayanchlardan foydalaniSh imkonini beradi va simlarni chuvalaShib ketiShini yo‘q qiladi.
Ko‘rinib turibdiki, hamma variantlarda – faza simlari bir-biriga nisbatan nosimmetrik joylaShgan, demak liniya fazalari bo‘yicha parametrlar (L va S) bir hil emas.
Parametrlardagi bunday farqni yo‘q qiliSh uchun transpozitsiyalaSh ko‘llaniladi, ya’ni tayanchlarda sim fazalarining joylaShtiriSh o‘rnini davriy o‘zgartiriShdir.
Izolyatorlar va liniya armaturalari. Izolyatorlar forfor yoki piShiq ShiShadan tayyorlanadi, ya’ni atmosfera ta’sirida yuqori mexanikaga ega materiallardan tayyorlanadi. Izolyatorlar ikki turga bo‘linadi; Shitirli –1kV va 6-35 kV li liniyalar uchun; 35 kV li liniyalarda kam iShlatiladi;osma–35 kV dan yuqori liniyalar uchun. Osma izolyatorlar Shtirliga nisbatan ancha yuksak mexaniq xususiyatlarga egadir. Ular 35kV va undan yuqori kuchlaniShli HLlarida qo‘llaniladi. PF (osmali chinni) yoki PS (osmali ShiSha) izolyator hillari toza atmosfera xollarida qo‘llaniladi [1].
Osma izolyatorlar tutib turuvchiga (simlarni oraliq tayanchlarga maxkamlaSh uchun) va tortib turuvchi (simlarni ankerli tayanchlarga maxkamlaSh uchun) tizimlarga yig‘iladi. Tizimlardagi izolyatorlarning soni liniyaning kuchlaniShiga, atmosferaning ifloslaniSh darajasiga, tayanchning materialiga va izolyatorning turiga bog‘liq. YUzaki deyiSh mumkin: 35kV uchun-3ta izolyator; 110 kV 6-8ta, 220 kV 10-14: 330 kV 15-20ta: 500 kV 20-25ta.
Osma girlyandlarda sim faqat qisqichlarda uShlab turiladi, cho‘zilmalilarda mahkam qotiriladi. CHo‘zilmali grilyandlar uShlab turuvchilarga qaraganda ancha qiyin Sharoitda bo‘liShadi . SHuning uchun 110 kV gacha bo‘lgan liniyalarda (izolyatorlarning soliShtirma soni katta bo‘lmaganda) cho‘zilma girlyandlarda izolyatorlar soni katta bo‘lmaganda bittaga ko‘p bo‘ladi. YUqori yaShin qaytaruvchi yog‘och tayanchli liniyalarda izolyatorlar soni 1 ga kam bo‘ladi. SHtirli izolyatorlar tayanch ustuni bilan izolyatorni bog‘lovchi ilgak orqali tortiladi.
Izolyatorlar simlarni tayanchlarga maxkamlaSh uchun va kuchlaniSh ostida simlar bilan tayanchlar orasida kerakli izolyasiya oralig‘i hosil qiliSh uchun iShlatiladi. SHiShali izolyatorlar chinniga nisbatan yuqori mexaniq mustaxkamlikka kichik og‘irlikka ega va iShlatiShda, ko‘z bilan nazorat kilib nuqsonlarini topiShda osondir. Hozirgi vaqtda o‘ta yuqori kuchlaniShli H.L.larida izolyasiya qiladigan elementiga faqat toblangan ShiShadan tayyorlangan izolyatorlar o‘rnatiladi.