Simsiz tarmoqlar



Yüklə 347,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix07.06.2023
ölçüsü347,03 Kb.
#126282
  1   2   3   4   5
4-mustaqil ish1

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • MAVZU


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TATU QARSHI FILIALI 
TT-11-20 GURUH TALABASI 
RO’ZIBOYEV ASADBEKNING 
“SIMSIZ TARMOQLAR” FANIDAN
TAYYORLAGAN 
4-MUSTAQIL ISHI 
Topshirdi: Ro’ziboyev A. 
Qabul qildi: Tuychiyev B.
 


MAVZU: UMTS standarti sotali aloqa tarmog‘i asosiy parametrlari. 
REJA: 
1. UMTS standarti sotali aloqa tarmog‘i asosiy parametrlari 
2. LTE sotali aloqa tarmog‘i asosiy parametrlari
3. Kanallar va to’lqinlarning tarqalishi 
4. Ko’p tomonlama ulanish texnologiyalari 3G sotali tizimlar
5. Radioaloqani tashkil etish prinsiplari
6. Surilishli kvadraturali fazaviy modulyatsiyalash 
7. Kvadraturali fazaviy modulyatsiyalash (KFM) 
8. Ikkilik fazaviy manipulyatsiyalash
3GPP proyektining SAE tarmog‘iga bo‘lgan asosiy talabi: tarmoq 
strukturasini maksimal darajada soddalashtirish va UMTS tizimi uchun xarakterli 
bo‘lgan tarmoq protokollari funksiyasini takrorlanishini istisno qilish talabi 
qo‘yilgan. 
E-UTRAN radiokirish tarmog‘i faqat eNB (evolved Node V) bazaviy 
stansiyalaridan tashkil topgan texnik tasniflash qatorida qaraladi. eNB bazaviy 
stansiyasi E-UTRAN to‘liq bog‘langan tarmog‘i elementi hisoblanadi va bunda X2 
interfeysi orqali «har biri — har biri bilan» usulida bog‘lanadi. X2 interfeysi 
LTE_ACTIVE holatida mobil terminalda xendoverni qo‘llaydi. Har bir bazaviy 
stansiya SAE bazaviy tarmog‘ining paketlar kommutatsiyasi usulida qurilgan Sic 
interfeysiga ega. 
SAE birlamchi tarmog‘i ba’zan EPC (Evolved Packet Core) tarmog‘i deb atalib, 
MME va UPE mantiqiy elementlaridan tuzilgan MME/UPE tugunlarini o‘z ichiga 
oladi. MME (Mobility Management Entity) mantiqiy elementi abonent terminali 
mobilligini boshqarish vazifalarini hal qilishga javob beradi va E-UTRAN 
tarmog‘ining eNB bazaviy stansiyasi bilan C-plane (interfeys Sl-S) boshqarish 
tekisligi protokollari yordamida o‘zaro aloqani amalga oshiradi. 


UPE (User Plane Entity) mantiqiy elementi U-plane foydalanuvchi tekisligi 
protokoliga mos holda foydalanuvchilarning ma’lumotlarini uzatilishiga javob 
beradi va S1-U interfeysi vositasida eNB bilan o‘zaro aloqani amalga oshiradi. 
S1 interfeysi tufayli bazaviy stansiyalar bir nechta MME/UPE tugunlari bilan 
bog‘lanadi. Bu esa tarmoq resurslaridan oqilona foydalanish imkonini beradi. 
Bunday interfeys Sl-flex deb ataladi. 
LTE tarmog‘ida UMTS tarmog‘idagidan quyidagi funksional farqlari mavjud. 
1. eNB bazaviy stansiyalari radioresurslarni boshqarish(Radio Resource 
Management — RRM); radiokanallarni boshqarish (Radio Bearer Control), 
ulanishga ruxsatni boshqarish (Radio Admission Control), mobillikni boshqarish 
(Connection Mobility Control), resurslarni dinamik taqsimlash (Dynamic Resource 
Allocation). Xuddi shunday, E-UTRAN radiokirish tarmog‘ida eNB bazaviy 
stansiyalari UMTS tarmog‘idagi Node V bazaviy stansiyasi va ko‘p hollarda RNC 
kontrolleri funksiyalarini qo‘shgan holda radiointerfeys protokollarini boshqaradi. 
2. MME mobillikni boshqaruv tarmoq elementi eNB bazaviy stansiyaga chaqiriq 
(paging) xabarini taqsimlanishiga javob beradi. Bundan tashqari, MME boshqaruv 
tekisliklari protokollarini boshqaradi: abonent terminallarini identifikator bilan 
ta’minlaydi, tarmoq xavfsizligini ta’minlaydi, abonentlarning xabarlari to‘g‘riligini 
tekshiradi 
va 
roumingni 
boshqaradi. 
3. Foydalanuvchi tekisligi tarmoq elementi UPE IP-protokollaridagi paketning 
boshlanish qismini siqish funksiyasini bajaradi, ma’lumotlar oqimini shifrlaydi, 
foydalanuvchi tekisligi ma’lumot paketlarini terminatsiyalaydi, foydalanuvchilar 
mobilligini ta’minlashda ma’lumot paketlarini kommutatsiya qiladi. 
Bundan tashqari, UPE foydalanuvchi darajasidagi protokollarni boshqaradi, 
masalan, abonent terminali (AT) joriy holatini saqlaydi, abonent terminallari 
darajasida LET_IDLE holatini to‘xtatadi. 
LTE tarmog‘i C-plane va U-plane tekisliklari S1 interfeysining asosiy protokollari 
2-rasmda keltirilgan. 
LTE tarmog‘ida boshqaruvning eng muhim vazifalaridan biri radioresurslardan 
maksimal darajada samarali foydalanishdir. Bu vazifa radioresurslarni boshqarish 


funksiyalari majmuasi RRM (E-UTRAN tarmog‘i radioresurslarini boshqarish, 
radiokanalda ma’lumot uzatish xizmatini boshqarish, mobillikni boshqarish, 
ulanishga ruxsatni boshqarish, resurslarni dinamik taqsimlash) yordamida va 
radioresurslarni boshqarish protokollari RRC yordamida hal etiladi. 
E-UTRAN (Inter Cell RRM) tarmog‘i radioresurslarini boshqarish chastota 
spektridan foydalanish unumdorligini oshirish va abonent terminali va bazaviy 
stansiyaning o‘zaro shovqin ta’sirini minimallashtirish hamda mobillikni qo‘llab-
quvvatlash maqsadida uyalar guruhi resurslarini boshqarishni ta’minlaydi. 
LTE tarmog‘i S1 intеrfеys protokollari.LTE tarmog‘ida boshqaruvning eng 
muhim vazifalaridan biri radioresurslardan maksimal darajada effektiv 
foydalanishdir. Bu vazifa radioresurslarni boshqarish funksiyalari majmuasi RRM 
(E-UTRAN tarmog‘i radioresurslarini boshqarish, radiokanalda ma’lumot uzatish 
xizmatini boshqarish, mobillikni boshqarish, ulanishga ruxsatni boshqarish, 
resurslarni dinamik taqsimlash) yordamida va radioresurslarni boshqarish 
protokollari RRC yordamida hal etiladi. 
E-UTRAN (Inter Cell RRM) tarmog‘i radioresurslarini boshqarish chastota 
spektridan foydalanish unumdorligini oshirish va abonent terminali va bazaviy 
stansiyaning o‘zaro shovqin ta’sirini minimallashtirish hamda mobillikni qo‘llab-
quvvatlash maqsadida uyalar guruhi resurslarini boshqarishni ta’minlaydi. 
Radiokanalda ma’lumotlarni uzatish xizmatini boshqarish (RB Control) E-UTRAN 
tarmog‘i eNB bazaviy stansiyasida amalga oshirilgan va E-UTRAN tarmog‘ida 
ma’lumotlar uzatish radiokanallarni berilgan parametrlar bilan o‘rnatish, saqlab 
turish va bo‘shatishni ta’minlaydi. Xizmat ko‘rsatish sifati (QoS) parametrlarini 
hisobga olgan holda, ma’lumotlar uzatishning barcha aktiv sessiyalarini nazorat 
qilish va boshqarish, qayta aktivlashgan sessiyalar uchun resurslarni ajratish asosiy 
vazifalar hisoblanadi. 
Mobillikni boshqarish (Connection Mobility Control) mobil terminal uchun eNB 
xizmat ko‘rsatuvchi bazaviy stansiyasini tanlash, mobil terminalga xizmat 
ko‘rsatishni bir eNB (xendover) bazaviy stansiyasidan boshqasiga uzatish imkonini 
beradi. 


Xizmat ko‘rsatuvchi eNB’ni tanlash RRC_CONNECTED holatida mobil 
terminalda xususiy o‘lchash va olingan o‘lchash natijalarini o‘rnatilgan chegaraviy 
qiymatlar bilan solishtirish asosida amalga oshiriladi. Xendover ham, mobil 
terminalda ham eNB bazaviy stansiyasidagi o‘lchovlar tahlili hamda xizmat 
ko‘rsatayotgan va qo‘shni uya joriy yuklanishi, operatorning trafikni boshqarish 
siyosati asosida amalga oshirilgan. 
SAE tarmog‘ida abonent terminali mobilligini MME mantiqiy elementi ta’minlaydi. 
MME 
ning 
asosiy 
funksiyalari 
quyidagilar: 
• RRC_IDLE (Idle State Mobility Handling) holatida bo‘lgan abonent terminali 
mobilligini 
boshqarish; 
• «Kirishga ruxsat etilmagan sath» protokollar guruhiga tegishli va masalan 
foydalanuvchi autentifikatsiyasini, ma’lumotlarni shifrlash kalitlarini boshqarishni 
ta’minlovchi protokollarga mos holda mobil aloqa xavfsizligini boshqarish (NAS 
Security); 
• SAE tarmog‘i ma’lumotlarini uzatish xizmatini boshqarish (SAE Bearer Control). 
E-UTRAN tarmog‘i radioresurslarni boshqarish (Inter Cell RRM), radiokanalda 
ma’lumotlarni uzatish xizmatini boshqarish (RB Control) va mobillikni boshqarish 
(Connection Mobility Control) funksiya parametrlari operator talabi bilan mos holda 
o‘zgartirilgan bo‘lishi mumkin. 
Kirishga ruxsatni boshqarish (Radio Admission Control) ning asosiy vazifasi E-
UTRAN tarmog‘iga mobil terminalning ulanishini taqdim etishni shakllantirish 
hisoblanadi. Bu vazifa radiokirish tarmog‘i yuklanishini ko‘p me’yorli tahlil qilish, 
mobil terminalning QoS parametrlariga talabi asosida hal etiladi. 
Resurslarni dinamik taqsimlash (Dynamic Resource Allocation; Scheduler) 
ma’lumot paketlarini uzatish navbatlarini rejalashtirishga javob beradi va kanal 
resurslarini, bazaviy stansiya nurlanish quvvatini, QoS parametrlarini hisobga olgan 
holda paketlarni qayta ishlashdagi buferlash resurslarini o‘z ichiga olgan holda 
radiokirish tarmog‘i resurslarini dinamik ajratish va qayta taqsimlash imkonini 
beradi. 


C-plane tekisligi radioresurslarni boshqarish protokoli RRC quyidagilarni 
ta’minlaydi: 
• Xizmat xabarini «kirishga ruxsatli daraja» va «kirishga ruxsatsiz daraja» (mos 
holda AS — Access Stratum va NAS — Non-Access Stratum) protokollar guruhiga 
tegishli protokollarga mos holda tarqatish; 
• mobil terminal peydjingi; 
• E-UTRAN tarmog‘i va abonent terminali orasida RRC-bog‘lanishni o‘rnatish, 
saqlab turish va uzish; 
• shifrlash kalitlarini boshqarish; 
• Berilgan QoS parametrlari bilan «nuqta-nuqta» va «nuqta-ko‘p nuqta» turidagi 
Radiokanal (Radio Bearers) da ma’lumotlarni uzatish xizmatini;• o‘rnatish, saqlab 
turish va uzish; 
• abonent terminali mobilligi. 
Bundan tashqari, RRC protokoli boshqa bir qator funksiyalarni bajarilishini 
ta’minlaydi.U-plane va C-Plane tekisliklari ma’lumot paketlari konvergentsiyasi 
protokoli (Packet Data Convergence Protocol — PDCP) uzatilayotgan ma’lumot 
paketi hajmini foydali axborot hajmi bilan o‘lchash mumkin bo‘lgan darajada 
xizmat axborotini ortiqchaligini to‘g‘rilash (siqish)ni hamda ma’lumotlarni 
shifrlash/deshifrlashni ta’minlaydi. 
Radiokanalarni boshqarish protokoli (Radio Link Control — RLC) quyidagilarni 
ta’minlaydi: 
• foydali yuklamaning (Packet Unit — PU) ancha yuqori daraja protokollarida 
(Protocol Data Unit — PDU) o‘zgaruvchan uzunlikdagi kichik bloklarga bo‘lish va 
ularni yig‘ish; PU bloki o‘lchovi radiokanalda axborotni uzatish tezligiga mos holda 
aniqlanadi; 
• qisqa paketlarni yuqori daraja PDU ga birlashtirish; 
• agar birlashtirish qabul qilib bo‘lmaydigan bo‘lsa, PU ning ma’lumotlar qismi 
bo‘sh qolgan joyini to‘ldirish; 
• foydalanuvchiga QoS-parametrlariga mos holda qabul qilinishi tasdiqlanuvchi va 
tasdiqlanmaydigan ma’lumotlarni uzatish; 


• ma’lumot paketlarni qayta uzatish usuli (ARQ) da xatolarni to‘g‘rilash; 
• ma’lumotlarni qabul qilinganini tasdiqlash bilan uzatganda PDU-paketlarini 
uzatish tartibini ancha darajada saqlash; 
• PDU-paketlarining bir-birini takrorlashini yuqoriroq darajada ularni faqat bir marta 
uzatish uchun topish; 
• ma’lumotlar uzatish tezligini boshqarish; 
• paketlar tartib raqamini nazorat qilish. 
Hozirgi kun dunyo miqyosida ikkinchi avlod mobil aloqa tizimlaridan uchinchi 
avlod tizimlariga o‟tish bilan ifodalanmoqda. Haqiqatan, tarqalishi darajasi 
bo‟yicha 3G tarmoqlari mobil aloqaning jahon bozorida 25 foizini egallagan holda, 
2G tarmoqlarni quvlab, bosqichma-bosqich еtakchi pozisiyalarga chiqib bormoqda. 
Mobil jihozlar yaratuvchilari global assosisiasiyasining (ingl. Global mobile 
Suppliers Association, GSA) va CDMA rivojlanish guruhining (ingl. CDMA 
Development Group, CDG) hisobotlariga ko‟ra, 2011 yilning 11 mayiga kelib butun 
dunyoda 3G tarmoqlari soni 700 dan oshib ketdi, abonentlarning soni esa 1,3 
milliardga еtdi [4,5]. Bu jarayonda 3G texnologiyalarining funksional imkoniyatlari 
ham joyida turmayapti va 3,5G nomini olgan (ya‟ni HSPA va HSPA+ tizimlari) 
yangi ishlanmalar sari rivojlanib bormokda. Ammo, bizning ko‟z o‟ngimizda 
qiziqarli bir jarayon bo‟lib o‟tmokda: sahnaga “4G” deb atalmish mobil aloqaning 
yangi avlodi (LTE texnologiyasi) chiqmoqda va jiddiy ravishda “oilada o‟z o‟rniga” 
da‟vogarlik qilmoqda. Shunday qilib, qiziqarli bir holat tug‟ilyapti, ya‟ni, yaqin 
vaqtlarda 3G tarmoqlari to‟liq kuch bilan rivojlanmasdan turib o‟z joylarini 4G 
tarmoqlariga bo‟shatib berishi mumkin bo‟lib qolyapti. Lekin adolatli tarzda shuni 
ta‟kidlash kerakki, mutaxassislar orasida boshqa fikr ham bor. Unga muvofiq 3G 
(aniqrogi 3,5G va 3,75G) tarmoqlari xarakteristikalari bo‟yicha 4G talablariga 
yaqinlashib, hali uzoq vaqt mobil aloqa bozoridagi asosiy ulushga ega bo‟lishadi. 
Parallel ravishda keng polosali simsiz ulanish (KSU) tizimlari o‟zining kichik 
zonadagi stasionar tarmoqlaridan (Wi-Fi) ko‟p kilometrli hududlarni qoplaydigan 
mobil tarmoqlariga (WiMAX) evolyusiyalanishida funksional imkoniyatlari va 
xarakteristikalari jihatidan 4G texnologiyalari sari rivojlanmoqdalar va bu bilan 


mobil aloqa tarmoqlariga yaqinlashmoqdalar. Ko‟rib turganimizdek, mobil va keng 
polosali aloqa tizimlari va texnologiyalari ulkan rivojlanish jarayonida turibdi va 
inson hayot faoliyatining turli sohalariga yanada ko‟proq kirib bormoqda. Bu 
jarayonlarni chuqur o‟rganish, mobil texnologiyalar rivojlanishi masalalaridan 
xabardor bo‟lish, ularning istiqbollari va tendensiyalarini bilish bizning 
mamlakatimizda ham mobil aloqa tizimlarining rivojlanishi va joriy etilishining 
rasional strategiyalarini aniqlash uchun juda muhimdir. 
Aloqa tizimlarining zamonaviy rivojlanishini turli jarayonlar orqali ifodalash 
mumkin: bir tomondan, stasionar va mobil tarmoqlarning birlashishi (Internetga 
mobil 
ulanish, 
IP-telefoniya), 
boshqa 
tomondan, 
aloqa 
tarmoqlarining 
globallashtirilishi (mikrosotalardan makrosotalarga va yo‟ldoshli tarmoqlarga) va 
nihoyat, abonent terminallarining universallashtirilishi (3G, 4G har xil tarmoqlarida 
ishlay oladigan ko‟p tizimli, ko‟p rejimli va ko‟p funksiyali “aqlli telefonlar” - 
smartfonlar). Yagona global tarmoq infratuzilmasini yaratish g‟oyasi o‟zi ancha 
avvaldan mavjud. “IMT–2000” Dasturi doirasining o‟zida simsiz ulanish, sotali va 
sun‟iy yo‟ldoshli aloqa universal tizimlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi 
ilgari surilgan. Yagona xalqaro standartni yaratish asosiy g‟oyasi yuqori funksional 
imkoniyatlarga ega bo‟lgan va shu bilan birga qimmat bo‟lmagan portativ 
terminallar yordamida xizmatlar taklif etish deb belgilangan edi. Ma‟lumki, 
uchinchi avlod tizimlari darajasida bu maqsadga erishib bo‟lmadi, lekin IMT–2000 
doirasida bu yo‟nalishda ishlar to‟xtab qolmadi va standartlarni birlashtirish 
bo‟yicha yangi g‟oyalar IMT–Advanced1 nomini olgan to‟rtinchi avlod 
tarmoqlarini yaratish dasturida o‟z aksini topdi. 2009 yilning 7 oktyabrida 3GPP 
hamkorlik loyihasi IMT–Advanced dasturi tarkibiga kiritish uchun LTE– Advanced 
(3GPP 10–relizi) texnologiyasini rasmiy taqdim qildi. Bu taqdimot barcha 3GPP va 
3GPP2 hamkorlik tashkilotlari: ARIB, ATIA, CCSA, ETSI, TTA va TTS 
tomonlaridan qilingan edi. LTE–Advanced texnologiyasi spesifikasiyalarini ishlab 
chiqish bo‟yicha ishlarni yakunlash 2010–2011 yillar davriga rejalashtirilgan. Mobil 
aloqa dunyosining yirik operatorlari va jihozlar ishlab chiqaruvchilar birgalikda 
yangi 4G texnologiyalarini va ularning real funksional imkoniyatlarini aniqlash 


maqsadida sinovlar o‟tkazdilar. 2005 yilning o‟zida Yaponiyaning yirik operatori - 
NTT DoCoMo, mobil aloqa yangi standarti bilan ishlashdagi yutuqlarini xabar qildi, 
ya‟ni, simsiz kanallar bo‟yicha 100Mbit/s tezlikda ma‟lumotlarni uzatish bo‟yicha 
muvvaffaqiyatli tajribalar o‟tkazdi. 2006 yilning ikkinchi yarmida yirik milliy va 
xalqaro operatorlar keyingi avlod mobil tarmoqlarini yaratish buyicha rasmiy 
hamkorlikni boshlashdi. “Next Generation Mobile Network Cooperation” 
(NGMNC) nomini olgan ishchi guruh to‟rtinchi avlod mobil tarmoqlariga 
qo‟yiladigan talablarini aniqlash uchun butun dunyoning GSM va CDMA 
operatorlarini birgalikda yig‟di. Guruhning asosiy a‟zolari Sprint Nextel (AQSh), 
T–Mobile (Germaniya), Vodafone (Buyuk Britaniya), KPN (Gollandiya) va Orange 
(Fransiya) kompaniyalari bo‟ldi, ularga keyinroq NTT DoCoMo (Yaponiya) va 
China Mobile (Xitoy) kompaniyalari qo‟shilishdi. Guruhning bosh texnologik 
vazifalaridan biri bu barcha 3G texnologiyalardan, xususan UMTS va EV-DO 
tizimlari tomonidan, 4G darajasiga asta–sekin o‟tishni ta‟minlash bo‟ldi (1-rasm). 
Bu jarayonda Xitoyda ishlar qanday borgani ancha qiziqarlidir. U еrda 3G dan 
4G ga o‟tish bo‟yicha tadqiqot loyihasi 2001 yildayoq ishga tushgan. 2007 yilda 
Shanxayning Changning tumanida bir necha oylik sinovlardan so‟ng o‟sha vaqtda 
“olamshumul” bo‟lgan 100Mbit/s tezlikda ma‟lumotlarni simsiz uzatishni 
ta‟minlaydigan mobil aloqa tarmog‟i dunyoda birinchi marta rasmiy ishga tushirildi 
(bunday tezliklar o‟sha vaqtda faqat optik tolali texnologiyalarda olinardi). Shu еrda 
aytib ketish lozimki, 4G tarmoqlarining Xitoyda keng rivojlanishi Olimpiada-2008 
tufayli bo‟lib o‟tdi. Yevropada ham to‟rtinchi avlod mobil aloqa tarmoqlarini 
rivojlanish jarayoniga faol kirishishdi. Bu еrda boshdanoq asosiy e‟tibor LTE 
texnologiyasiga qaratildi, garchi WiMAX tarmoqlari joriy etilsa ham. LTE 
texnologiyasini rivojlantirish loyihasida yirik Yevropa operatorlaridan T-Mobile, 
Vodafone Group va Orange, shuningdek mobil jihozlar ishlab chiqaruvchilar Alcatel 
Lucent, Nokia Siemens Networks, Nortel Networks va Ericsson kompaniyalari faol 
qatnashdilar. LTE tizimini test ravishda ishga tushirish 2007 yilning may oyida 
boshlandi. LTE tarmog‟ini birinchi marta tijoriy ishga tushirish esa 2009 yilning 
dekabrida shved–fin TeliaSonera operatori tomonidan Ericsson jihozlari asosida 


Stokgolm (Shvesiya) va Oslo (Norvegiya) shaharlarida amalga oshirildi. Chunonchi, 
bu sana “LTE erasining” boshlanishi deb hisoblanadi. 
AQSh da esa Sprint-Nextel mobil aloqa operatori 3G tarmoqlaridan butunlay voz 
kechib, WiMAX asosida 4G tarmoqlarini yaratishga kirishib ketdi. Hozirgi kunda 
kompaniya tarmoqlari qariyb butun mamlakat hududini qamrab olgan va shu bois 
Sprint-Nextel nisbatan xotirjamlik bilan texnologiyalar nuqtai nazaridan o‟z 
kelajagini rejalashtirishga qodir. Ya‟ni, u yoki WiMAX ni rivojlantirishda davom 
etadi (yangi IEEE802.16m standartiga o‟tgan holda), yoki LTE tomon «og‟ishni» 
boshlaydi. Boshqa bir misol bu Verizon Wireless kompaniyasining tarmog‟i. Bu 
operator ancha qiziq bo‟lgan 700MGs diapazonida boshidan LTE texnologiyasiga 
asoslanib tarmoqlar yaratmoqda. Boston va Sietl shaharlarida sinov hududlaridan 
boshlagan kompaniya, 2013 yilga kelib AQSh ning butun hududini LTE tarmog‟i 
bilan qoplash rejasini olg‟a surmoqda.4G oilasiga mobil aloqa tarmoqlarida 100 
Mbit/sdan ortiq tezlikda ma‟lumotlarni uzatishga imkon beradigan texnologiyalarni 
kiritish ko‟zda tutilgan. Keng tushunchada, 4G - bu yana ma‟lumot uzatuvchi 
umumiy ulanish tarmoqlariga (masalan, Internetga), shuningdek Wi-Fi (uning yangi 
standartlari) va WiMAX (nazariy jihatdan bu standartda tezlik 1 Gbit/sdan ortishi 
mumkin) tarmoqlariga simsiz keng polosali ulanish texnologiyalaridir. Taqqoslansa, 
hozirda dunyoda keng tarqalgan GSM/EDGE (2G/2,5G) sotali aloqa standartida 
ma‟lumotlarni uzatish tezligi atigi 384 kbit/s ni tashkil etadi. Asosan Yevropa, 
AQSh va Osiyoning bir necha mamlakatlaridagi (Yaponiya, Tayvan, Singapur) 3,5G 
avlod tarmoqlarida tezlik 7–14,4 Mbit/s gachani tashkil etadi. To‟rtinchi avlod 
tizimlarini avvalgilardan, (3G) bosh farqi shundaki, bu texnologiyalar 
ma‟lumotlarni to‟la paketli uzatish protokollariga asoslangan, vaxolanki 3G 
tizimlari o‟zida ham nutq, ham paket trafigini uzatish protokollarini birlashtirgan 
edi. XTI 4G tizimlarini uzatuvchi va qabul qiluvchi orasida ma‟lumot almashish 
tezligini to‟liq harakat sharoitida 100Mbit/sgacha, cheklangan harakat sharoitida esa 
(uzatuvchi yoki qabul qiluvchi tarafidan) 1Gbit/sgacha erishishga imkon beradigan 
simsiz aloqa texnologiyalari deb aniqlaydi. 4G da ma‟lumotlarni uzatish IPv6 (IP 
protokolini 6–versiyasi) protokoli asosida amalga oshiriladi va bu tarmoqlarning 


o‟zaro ishlashini, ayniqsa, agar ular turli texnologiyalarga mansub bo‟lganda 
sezilarli ravishda osonlashtiradi. Yuqorida ko‟rsatilgan ma‟lumot uzatish 
tezliklarini ta‟minlash uchun istiqbolda yuqori 40 va 60 GGs diapazonlardagi 
chasatotalardan foydalanish ko‟zda tutiladi. Ammo yaqin kelajakda 4G tarmoqlari 
10GGs dan pastki diapazonni “o‟zlashtiradi”. 4G uchun qabul qilish/uzatish 
jihozlari yaratuvchilari radiointerfeys darajasida raqamli radioeshittirishda sinalgan 
chastotalarni ortogonal ravishda ajratish yo‟li bilan multiplekslash - OFDM 
texnologiyasini qo‟llashdi. Signallarni manipulyasiyalashning bunday uslubi o‟zaro 
halaqitlarsiz va buzilishlarsiz ma‟lumotlarni sezilarli darajada “siqish” (ham 
chastota, ham vaqt jihatdan) imkoniyatini beradi. Bunda chastotalar ortogonollikka 
rioya qilingan holda bo‟lib chiqiladi: ya‟ni har bir tashuvchi to‟lqinning amplituda 
maksimumi qo‟shni tashuvchilarning amplituda noliga (yoki minimumiga) teng 
bo‟ladi. Bu bilan ularning o‟zaro ta‟siri (kanallararo interferensiya) yuzaga 
kelmaydi, 
shuningdek, 
chastota spektri samaraliroq ishlatiladi, 
chunki 
interferensiyaga qarshi himoya polosalari kerak bo‟lmaydi. Signalni uzatish uchun 
fazani surish modulyasiyasi (PSK va uning turli ko‟rinishlari) qo‟llaniladi. Bunda 
aloqaning yuqori ishonchliligi ta‟minlanadi. Yoki kanalning o‟tkazish qobiliyatidan 
maksimal foydalanishga imkon beradigan va zamonaviyroq bo‟lgan kvadratura - 
amplitudaviy modulyasiya (QAM) qo‟llaniladi. Aniq modulyasiya turi talab 
qilinadigan tezlik va qabul qilish sharoitlariga bog‟liq ravishda tarmoq tomonidan 
dinamik holda tanlanadi. Uzatishda signal ma‟lum sonli parallel oqimlarga 
bo‟linadi va qabul qilishda, bu oqimlar teskari ravishda bitta signalga yig‟iladi. 
2. Hozirgi kunda zamonaviy mobil aloqa tizimlari o‟zining rivojlanishida haqiqiy 
“sakrashni” boshidan kechiryapti. Ma‟lumotlarni mobil tarzda uzatishda o‟sayotgan 
talab, xususan, tashqi USB–adapterlar, portativ kompyuterlar uchun ichiga 
o‟rnatiladigan еchimlar va iPhone sifat smartfonlarni paydo bo‟lishi ma‟lumot 
uzatish tezligini mobil aloqa operatorlari ko‟zda tutganidan ko‟ra ancha yuqoriroq 
ko‟rsatgichlarda va ancha yaqinroq vaqtda talab qilib qolyapdi. Ko‟plab operatorlar 
bugun dastlabki 4G tarmoqlarga o‟tish zaruratigaduch kelmoqda. Masalan, 
TeliaSonera, China Mobile, NTT DoCoMo va Vеrzion kabi jahonning yirik 


operatorlari LTE tarmoqlarini ishga tushirish va kengaytirish bo‟yicha faol ish olib 
bormoqdalar. 4G texnologiyalaridagi ma‟lumotlarni ulkan hajmlarda uzatishning 
yangi imkoniyatlari mobil kontent еtkazib beruvchilari uchun ham o‟z bizneslarini 
kengaytirishga turtki bo‟lyapti. Agar hozirgi kunda bu bozorda asosiy “tovar” 
musiqa, kliplar va oddiy o’yinlar bo‟lsa, 4Gning paydo bo‟lishi bilan mobil 
televideniе, “buyurtmali video” (ingl. “Video on demand”–VOD), “ilg‟or” o‟yinlar 
va shu kabilar dolzarbroq bo‟lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, 4G tufayli mobil 
videokonferensiyalar (videochatlar) va mobil bir darajali tarmoqlar (ingl. “Peer-
topeer”) yaratish mumkin bo‟ladi. Screen Digest tadqiqot kompaniyasining 
taxminlariga ko‟ra 2011 yilda butun dunyoda mobil televideniе mijozlari soni 
kamida 140 millionga еtadi . Tahlilchilarning fikricha, mobil TV xizmatlari 
kelgusida o‟yinlar hatto musiqaga qaraganda ancha katta foyda keltirishi mumkin. 
LTE 
texnologiyasining 
yaqin 
yillardagi 
rivojlanish 
istiqbollari. 
LTE 
texnologiyasining rivojlanishi faol tarzda davom etmoqda. GSA assosiasiyasining 
hisoblariga ko‟ra, 2011 yilda LTE tarmoqlarini joriy etish bo‟yicha o‟z niyatlarini 
bildirgan mobil aloqa operatorlarining soni 60 ta davlatdagi 184 ta kompaniyani 
tashkil etdi [1]. Shuningdek, GSA 2012 yilning oxiriga kelib tijoriy ishlatishda 81 ta 
LTE tarmog‟i bo‟lishini taxmin qilmoqda. GSA hisobotida, shuningdek, LTE 
tizimlarini dastlabki sinovini o‟tkazishga qaror qilgan 20 ta mamlakatdan 54 ta 
kompaniya–operatorlar ko‟rsatilgan bo‟lib, ular ham keyinchalik tijorat 
tarmoqlarini yaratish ehtimolini bildirishgan. Bu bilan bir paytda, LTE-Advanced 
deb nomlangan navbatdagi avlod standarti spesifikasiyalari ham yaratilmoqda. 
3GPP ni 8 chi relizi ustidagi ishlar yakunini kutmasdan, ko‟plab еtakchi ishlab 
chiqaruvchilar o‟zlarining LTEni qo‟llab–quvvatlaydigan qurilmalarining birinchi 
tajriba namunalarini taqdim etdmoqdalar. Masalan, 2007 yilning fevralida Ericsson 
kompaniyasi dunyoda birinchi marta ma‟lumotlarni 144Mbit/s uzatish tezligiga ega 
LTE jihozining ishini namoyish etdi. 2007 yilning sentyabrida esa NTT DoCoMo 
kompaniyasi 200Mbit/s tezlikni va 100mVt dan ortiq bo‟lmagan iste‟mol quvvatini 
ta‟minlaydigan jihozni taqdim etdi. 2008 yilning aprelida LG va Nortel 
korporasiyalari mobil abonentlar 110km/soat. tezligida harakatlanganda 50Mbit/s 


o‟tkazish qobiliyatiga ega bo‟lgan LTE uskunasini namoyish qildi. 2008 yilning 18 
sentyabrida T-Mobile mobil operatori va Nortel Networks kompaniyasi pasayuvchi 
kanal uchun 170Mbit/s, ko‟tariluvchi kanal uchun esa 50Mbit/s tezliklarga 
erishganligi haqida e‟lon qildilar. Sinovlar o‟rtacha 67km/soat o‟rtacha tezlikdagi 
avtomobilda uchta BS ta‟sir hududlarida o‟tkazilgan edi. LTE texnologiyalarining 
keyingi rivojlanishi yangi 3GPPni 10 relizi (LTE–Advanced) ustida ishlash 
doirasida davom etadi. Bugungi kunda LTE–Advanced standarti qoniqtirishi kerak 
bo‟lgan asosiy talablar shakllanib bo‟lgan [8]. Bu talablar to‟rtinchi avlod 
texnologiyalari oldiga qo’yilgan talablardir: 
- ma‟lumot uzatish maksimal tezligi pasayuvchi radiokanalda 1Gbit/sgacha, 
ko‟tariluvchi radiokanalda esa 500Mbit/sgacha bo‟lishi kerak (bir abonent uchun 
o‟rtacha o‟tkazish qobiliyati LTE standartiga nisbatan uch marotaba yuqori); 
- o‟tkazish polosasi pasayuvchi radiokanalda 70MGs, ko‟tariluvchi radiokanalda 
esa 40MGs; 
- spektrdan foydalanishning maksimal samaradorligi pasayuvchi radiokanalda 
30bit/s/Gs, ko‟tariluvchi kanalda esa 15bit/s/Gs (LTEga nisbatan 3 marotaba 
yuqori); - LTE va boshqa 3GPP tizimlari bilan to‟la moslashish va o’zaro ishlay 
olish. Bu masalalarni еchish uchun kengroq kanallardan foydalanish 
(100MGsgacha) [6], chastotaviy dupleks (FDD) holatida ko’tariluvchi va 
pasayuvchi kanallar orasidagi o‟tkazish polosasini assimetrik ajratish; kodlash va 
xatolarni korreksiyalashning takomillashtirilgan tizimlari; ko‟tariluvchi kanal uchun 
OFDMA va SC–FDMA gibrid texnologiyalari, shuningdek, antenna tizimlari 
sohasida ilg‟or еchimlar (MIMO kabi) ko‟zda tutiladi. Ko‟rinib turibdiki, bugungi 
kunda LTE texnologiyasi keskin rivojlanish bosqichida turibdi. Deyarli har oy 
standartlarning 
o‟zida ham o‟zgarishlar amalga oshmoqda2 . LTE 
spesifikasiyalarida ham to‟ldirilmagan joylar, chala ishlar va noaniqliklar hali 
yetarli, shuning uchun tarmoq arxitekturasida ham yangi hujjatlarni paydo bo‟lishini 
kutish mumkin. 


4G 
texnologiyalarining 
rivojlanishi 
bilan 
bog’liq 
muammolar. 
4G 
texnologiyalarining shiddatli rivojlanishiga qaramasdan, ekspertlar ularni ishga 
tushirishda bir qancha to‟siqlar bo‟lishini ta‟kidlashmoqda. Birinchidan, ko‟plab 
operatorlar uchun yangi chastotalar spektrini lisenziyalash kerak bo‟ladi, chunki 3G 
texnologiyalarida signalni uzatish va qabul qilish uchun 5MGs polosalar yetarli 
bo‟lsa, LTE va WiMAX texnologiyalaridagi tezlik afzalliklariga erishish uchun 
kamida ikki marta keng polosalar talab qilinadi. Ikkinchidan, shu narsa ko‟zda 
tutilmoqdaki, to‟rtinchi avlod tarmoqlarini ishga tushirishda kapital xarajatlar 2G 
tarmoqlaridagi, yoki hatto 3G tarmoqlaridagi xarajatlarga nisabatan ancha katta 
bo’ladi. Bu hol asosan shunday tushuntiriladiki, hozirgi kunda foydalanilayotgan 
tranzit (magistral) kanallar cheklangan o‟tkazish qobilyatiga ega (1,5–2 Mbit/s), 
ya‟ni qo’shimcha bu kanallarni modernizasiyalash ham talab qilinadi. 
Yana bir muammo shundaki, ko‟plab investorlar ehtiyotkorlik qilishmoqda: o‟z 
vaqtida ko‟pchilik 3G tarmoqlarining imkoniyatlarini ortiqcha baholanishida “kuyib 
qolishib” bugungi kunda 4G loyihalaridan kerakli iqtisodiy daromad qaytarilishiga 
ko‟pam ishonishmayapti. Bundan tashqari, bozorda haligacha 4G abonent 
qurilmalarining yetarli taklifi yo‟q. Bu terminallar juda katta energiya iste‟mol 
qiladigan bo‟ladi va zamonaviy akkumulyatorlarda uzoq ishlay olmaydi (hozir 
shunday muammolar, hatto 3G terminallarida ham mavjud). Ya‟ni yangi sifatli 
akkumlyatorlar yaratilishi kerak bo‟ladi. Shuningdek Internetga tezkor ulanish va 
har xil videoxizmatlar hozirgi terminallardagiga nisbatan o‟lcham bo‟yicha katta va 
sifatliroq displeylarni talab qiladi. 
Mobil tizimlarining to‟rtinchi avlodi, eng avval, ma‟lumot uzatishning yuqori 
tezligi va nutqli aloqaning oshirilgan sifati bilan ifodalanadi. Yuqorida 
ta‟kidlanganidek, mobil va keng polosali aloqa tizimlarining to‟rtinchi avlodi 
100Mbit/sdan ortiq tezlikda ma‟lumot uzatish imkonini beradigan texnologiyalar 
kiradi. Bugungi kunda nazariy jihatdan ma‟lumotlarni uzatish tezligi 1Gbit/sgacha 
bo‟lgan KSU tizimlaridan Wi-Fi (IEEE 802.11n standarti) va WiMAX (IEEE 
802.16m standarti), shuningdek, mobil aloqa texnologiyasi - LTE (aniqrog‟i uning 


takomillashtirilgan varianti LTE-Advanced) bu imkoniyatlarga qodirdirlar. Wi-Fi va 
WiMAX KSUtexnologiyalari ko‟plab o‟xshashliklarga egaligi sababli, mazkur 
qo‟llanmada biz Wi-Fi texnologiyasining faqat qisqa bayoni bilan chegaralanamiz 
va LTE hamda WiMAX texnologiyalarini tahliliga asosiy e‟tiborni qaratamiz. LTE 
texnologiyasi. 3GPP Long Term Evolution (3GPP LTE ) - (ingl. “3GPPni uzoq 
muddatli rivojlanish loyihasi”) - bu ma‟lumot uzatish tezligi bo‟yicha bo‟lajak 
talablarni qondirish uchun UMTS standartini takomillashtirish loyihasining to‟liq 
nomidir . Ushbu takomillashtirishlar, masalan, tizimning samaradorligini oshirish, 
javob kechikishini qisqartirish, ko‟rsatilayotgan xizmatlarning turini kengaytirish, 
shuningdek, mavjud mobil aloqa texnologiyalari bilan integrasiyalanishini 
yaxshilash bo‟lishi mumkin. 3GPP LTE standartida ma‟lumot uzatish tezligi 
nazariy jihatdan pasayuvchi liniyada (ingl. Download) 326,4 Mbit/sgacha 
ko‟tariluvchi liniyada esa (ingl. Upload) 172,8 Mbit/sgacha еtishi mumkin 
(3GPPning 8 relizi uchun) 3 . Shuningdek, LTE tizimida javobni kechikish vaqtini 
(ya‟ni so‟rovni jo‟natish va javobni olish orasidagi vaqt) qisqartirishga erishildi. 
LTE tizimida polosaning ishchi kengligi o‟zgaruvchan bo‟lib u 1,25MGs dan 
20MGs gacha bo‟lishi mumkin (bunda tarmoq 450MGs dan 2,6GGs gacha bo‟lgan 
keng chastotalar diapazonida ishlay oladi). LTE to‟liq kanallarni paketli 
kommutasiyalash asosida quriladi, ikkitaraflama uzatish rejimi (ingl. Dual Transfer 
Mode - DTM) esa bir vaqtda nutqli aloqa va ma‟lumotlarni uzatish imkoniyatini 
beradi. Kutilmoqdaki, LTE texnologiyasi mavjud sotali aloqa tarmoqlari uchun 
to‟rtinchi avlod sari evolyusion o‟tishni ta‟minlaydi va sotali operatorlarga tezligi 
yuqori va unumdor keng-polosali ulanish mobil tarmoqlarini yaratish imkoniyatini 
beradi. Shu bilan birga u nafaqat ulanish tezligini oshiradi, balki funksiyalar 
turkumini ham kengaytirishga imkon beradi. WiMAX texnologiyasi. Worldwide 
Interoperability for Microware Acces (WiMAX) - (ingl., O’YuCh diapazonida 
ulanish bo’yicha butun dunyo hamkorligi) - bu IEEE4 instituti (802.16 guruhi) 
tomonidan standartlashtirilgan katta masofalarda “so‟nggi milya” muammosining 
alternativ еchimi sifatida qayd qilingan simli liniyalar va kabel texnologiyalarini 
to‟ldiruvchi keng polosali simsiz ulanish texnologiyasidir. WiMAX 


texnologiyasidan shahar miqyosida keng polosali ulanish tarmoqlarini (ingl. - 
Metropolitan Area Networks, MAN) yaratish, simsiz ulanish nuqtalarini tashkil 
qilish (“nuqta - ko‟p nuqta” rejimi), bir-biridan olis obеktlar orasida yuqori sifatli 
aloqa tashkil etish (“nuqta - nuqta” rejimi) va shunga o‟xshash masalalarni еchish 
uchun foydalanish mumkin. 
Umuman olganda IEEE 802.16 standartining bazaviy xarakteristikalari 50 
kilometrgacha bo‟lgan ta‟sir uzoqligini, to‟g‟ri ko‟rinish zonasidan tashqarida 
ishlash imkoniyatini, BS ning bitta sektoriga (jami BS 6tagacha sektorlarga ega 
bo‟lishi mumkin) ma‟lumot almashuv tezligini maksimal (pik) holatda 
70Mbit/sgacha ko‟tarilishini ko‟zda tutadi. WiMAX tarmoqlarining jihozlari 2 - 
11GGs diapazonida 10MGs kenglikdagi bir necha kanallarda ishlashi mumkin. 
Chastota diapazonlarning bunchalik keng tanlanishi dunyoning ko‟plab 
mamlakatlari spesifikasiyalarini hisobga olish uchun qilingan. Shunday qilib 
WiMAX ma‟lumot uzatish tezligi bo‟yicha simli tarmoqlar bilan taqqoslana 
oladigan va unumdorlik hamda qoplash bo‟yicha zamonaviy WiFi tarmoqlaridan 
yuqoriroq bo‟lgan Internetga tezkor ulanish uchun yaratilgan texnologiya 
xisoblanadi. O‟z navbatida, WiMAXning “magistral tarmoqlari”ning davomi bo‟lib 
ayni Wi-Fi lokal tarmoqlari yoki foydalanuvchilarning turli tijorat va maishiy simli 
tarmoqlari xizmat qilishi mumkin. Ideal xolatda, WiMAX, soha standartlariga 
asoslangan bo‟lib, shaharlar va qishloqlarda uy foydalanuvchilari, korxonalar va 
mobil simsiz tarmoqlar uchun yuqori tezlikdagi, shu bilan birga, nisbatan qimmat 
bo‟lmagan aloqani tashkil etish uchun ishlab chiqilgan texnologiyadir.
Barcha aloqa tizimlari odatda uzatiladigan alohida yoki guruhli signal bilan 
modulyasiyalangan garmonik YUCH tebranishlar ko‘rinishidagi (sinusoidal) 
radiosignallarni ishlatadi. Har bir aloqa liniyasiga ma’lum polosa ajratiladi. 
Ajratilgan polosaning o‘rta chastotasi uzatuvchi radiostansiyaning nominal 
chastotasi deyiladi. Xalqaro radioaloqa reglamentiga muvofiq radiochastotalar 9 ta 
dipazonlarga bo‘lingan, ularda radioto‘lqinlarning tarqalishi sharoitlari bir xil va 4 
dan 12 gacha nomerlar bilan belgilanadi. N nomerli dipazon pastdan 0,3 · 10
N
Gs va 


yuqoridan 3 · 10
N
Gs chastota bilan chegaralangan. Dipazonlarga quyidagi nomlar 
berilgan: 
CHastotalar 
To‘lqin 
uzunliklari 
To‘lqin uzunligining metrik 
nomi 
CHastotalar 
diapazoni nomi 
To‘lqinlar 
nimdiapazoni 
4 - 3...30 kGs 
100...10 km 
Miriametrli 
Juda past JPCH 
O‘ta uzun O‘UT 
5 – 30...300 kGs 
10...1 km 
Kilometrli 
Past PCH 
Uzun UT 
6 – 0,3..3 MGs 
1km....100 m 
Gektometrli 
O‘rta O‘CH 
O‘rta O‘T 
7 – 3...30 MGs 
100...10 m 
Dekametrli 
YUqori YUCH 
Qisqa QT 
8 – 30... 300MGs 
10...1 m 
Metrli 
Ultra yuqori UYUCH 
Ultra qisqa UQT 
9 – 0,3...3 GGs 
1 m...1 dm 
Detsimetrli 
O‘ta 
yuqori 
O‘YUCH 
10 – 3..30 GGs 
10...1 sm 
Santimetrli 
Juda yuqori JYUCH 
11 – 30.. 300 Gs 
10...1 mm 
Millimetrli 
12 – 300... 3000 
GGs 
1... 0,1 mm 
Detsimillimetrli 
Bu erdan ko‘rinib turibdiki, dmapazonning nomeri ortishi bilan chastotalar 
diapazoni kengligi oshadi, masalan: № 4da Δf
4
=27 kGs, №12da esa Δf
12
=2700 kGs. 
Diapazonning chegaralarida radioto‘lqinlarning tarqalishi sharoitlari taxminan bir 
xil. Uzatish joyidan qabullash joyiga xabarlarni tashish uchun radioaloqa 
liniyasining ishchi chastotasi yoki tashuvchi chastota quyidagi talablarni hisobga 
olish orqali tanlanadi: 


1. Ishlaydigan, nurlanishlari rejalashtiriladigan liniyaning kerakli punktlarida 
radioqabullashga halaqit qiladigan radiostansiyalarning mavjud emasligi; 
2. Bu chastotada ishlashi yangi uzatkichni ishlashiga halaqit qilishi mumkin 
bo‘lgan radioaloqa va uzatish tizimlarining mavjud emasligi; 
3. Tanlanadigan chastota mavjud radiochastotalarni taqsimlanishi rejalarini 
bo‘yicha bu radioaloqa turi uchun ajratilgan diapazonda bo‘lishi kerak; 
4. Uzatiladigan radiosignallar spektri kengligiga mos keladigan etarlicha katta 
keng chastotalar polosalarini egallash imkoniyati bo‘lishi ko‘rak. 
Keltirilgan talablarni tahlil qilish bilan ko‘rsatish mumkinki, ko‘p kanalli 
radiokanalni qurish barcha 9 ta diapazonlarning hammasida ham maqsadga muvofiq 
bo‘lavermaydi. Masalan, № 4 diapazonda AM qo‘llanilganda faqat 3-kanalli TLF 
radioliniyalarini tashkil etish mumkin (ΔF
tlf
= 0,3 ÷ 3,4 kGs, Δf

= 8 kGs, Δf
4
= 27 
kGs). Bu diapazonda hatto bitta uzatish (ΔF
uzat
= 15 kGs) va TV (ΔF
TV
= 6 MGs) 
kanalini yuqori sifatli uzatilishini tashkil etish mumkin emas. TV uzatish uchun №8 
dipazon, radioeshittirish uchun, ko‘p kanalli radioliniyani tashkil etish uchun esa 
odatda UQT dipazon (8 va undan yuqori diapazonlar) ishlatiladi. RRL kanalli 
hisoblanadi, u holda tashuvchi chastotalar ESY orqali aloqa tizimlarida bo‘lganidek 
UQT dipazonida tanlanadi. 
3G bu nafaqat Internetga tezkor ulanish, bu muloqot qilishga, ma’lumotlarga 
ulanishga va boshqalarda tubdan yangi yondashish hisoblanadi. Boshqacha 
aytganda, an’anaviy faqat stasionar qaraladigan imkoniyatlar va qurilmalari mobil 
bo‘lib qoladi. Foydalanuvchi nafaqat o‘z suhbatdoshi bilan so‘zlashishi, balki 
videotelefon yordamida uni ko‘rishi, Internet tarmog‘i bo‘yicha sayr qiishi, biznesni 
yuritishi, o‘rganishi, ko‘ngil ochishi mumkin va bularning barchasi bugungi kunda 
sotali telefon - uncha katta bo‘lmagan qurilma yordamida mumkin bo‘ladi. Tabiiyki, 
bunday xizmatlar yuqori tezlikli ma’lumotlarni uzatilishini talab qiladi. Buning 
uchun dastlab ma’lumotlarni tor polosali uzatilishiga mo‘ljallangan mavjud mobil 
aloqa tarmoqlarini multimedia mobil xizmatlari va Internetga ulanish uchun zarur 


tezlikni 
ta’minlaydigan keng polosali tarmoqlargacha qadamma-qadam 
modernizasiyalash ko‘zda tutilmoqda. 
Uchinchi avlod mobil aloqaning asosi IP texnologiya hisoblanadi, u 
ma’lumotlarni paketli uzatishga asoslangan, bu abonentning doimo on-line rejimida 
bo‘lishini bildiradi. Bunda bog‘lanish vaqtiga emas, balki faqat uzatilgan yoki qabul 
qilingan ma’lumotlar hajmiga haq to‘lanadi.Butun telekommunikasiyalar 
industriyasi uchun tugal maqsad keng polosali tizimlarni qo‘llaydigan va global 
mobillikni ta’minlaydigan yagona mobil aloqa butundunyo muhitini yaratish 
hisoblanishiga qaramasdan, uchinchi avlod xizmatlarini ta’minlaydigan bir qancha 
standartlar tizimlari vujudga keldi.3G nima berishi haqidagi ko‘plab turli talqin 
etishlar mavjud, lekin universal qabul qilinadigan yagona tavsif Xalqaro elektr aloqa 
ittifoqi (ITU) e’lon qilgan tavsif hisoblanadi. ITU butundunyo bo‘ylab sanoat 
tashkilotlari bilan ishlaydi, texnik talablar va standartlarni, shuningdek IMT-2000 
(International Mobile Telecommunications-2000) dasturi doirasida 3G tizimlar 
uchun spektrdan foydalanishi qoidalarini aniqlaydi va tasdiqlaydi. IMT-2000 bu 
Xalqaro elektr aloqa ittifoqi (ITU) tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar bo‘lib, ular 
butun uchinchi avlod standartlari oilasi uchun chastotalar spektridan foydalanish va 
texnik o‘ziga xos xususiyatlari masalalariga tegishli hisoblanadi. Tavsiyalar 
dunyodagi mavjud ikkinchi avlod standartlarini uchinchi avlod standartlariga 
evolyusiyalanishi yo‘llarini tavsiflaydi. ITU IMT-2000 (3G) tarmoqlari, shuningdek 
2G tizimlari uchun tizimning yaxshilangan sig‘imini va spektridan foydalanish 
samaradorligini va mobil rejimda ishlatilganida (binolardan tashqarida) minimum 
144 kbit/s, mobil bo‘lmagan sharoitlarda (binolarda) maksimum 2 Mbita/s tezliklarli 
ma’lumotlarni uzatish servislarini qo‘llanilishini talab qiladi.Bu talablarga 
asoslanish bilan ITU 1999 yilda ITU-R M.1457 tavsiyalarining qismi sifatida IMT-
2000 standartlari uchun beshta radiointerfeyslarni (W-CDMA, CDMA2000, TD-
CDMA/TD-SCDMA, DECT, UWC-136) ma’qulladi. Sanab o‘tilgan 3G tarkibiy 
qismlaridan faqat birinchi uchtasi uchinchi avlod to‘laqonli sotali aloqa standartlari 
hisoblanadi, DECT va UWC-136 esa yordamchi rolni o‘ynaydi. DECT bu uchinchi 
avlod mobil texnologiyalari doirasida bu tarmoqlarga qaynoq ulanish nuqtalarini 


(xot-spotlarni) tashkil etish uchun uy yoki ofis maqsadlaridagi simsiz telefoniya 
standarti hisoblanadi. UWC-136 standarti bu EDGE texnologiyasiga o‘xshash 
bo‘lib, 2,5G tarmoqlarga kiradi.1998 yilning 29 yanvarida European 
Telecommunications Standards Institute (ETSI) a’zolari uchinchi avlod (3G) 
mobiml aloqa standartlariga nisbatan kelishuvga erishdi. Bu standart universal mobil 
kommunikasion tizim (Universal Mobile Communications System) bo‘lib, uning 
uchun yechim UTRA (UMTS Terrestrial Radio Access) deyiladi va u har ikkala W-
CDMA (keng polosali Code Division Multiple Access) va TD-CDMA (Time 
Division Multiple Access CDMA) takliflarga asoslanadi. W-CDMA ilovalar keng 
spektri uchun ishlatiladi, u holda TD-CDMA yuqori mobillikni ta’minlash talab 
qilinmaydigan binolar uchun avzal ishlatiladi. Bu standart, kutilganidek, jahon 
bozorida yangi joyni hosil qiladi va uchinchi avlod tarmoqlari uchun eng keng 
ishlatiladigan standart bo‘lib qoladi.Bugungi kunda jahonda raqobatlashadigan 
ikkita 
asosiy 
3G 
konsepsiyalari mavjud:- 
UMTS 
(Universal 
Mobile 
Telecommunications Systems — universal mobil telekommunikasion tizim), 
yevropa davlatlarida qo‘llanadi;- CDMA 2000ning (Code Division Multiple Access 
— kanallar kodli ajratiladigan multiulanish) tarafdorlari Osiyo mamalakatlari va 
AQSH hisoblanadi.Prinsip jihatdan bu ikkala texnologiyalar ikkita turli 3G 
tarmoqlarni tashkil etishga revolyusion (UMTS) va evolyusion (CDMAning 
CDMA2000, CDMA2000 IX, CDMA2000 IX EvDo turlari) yondashishlarni ko‘zda 
tutadi. Evolyusion yo‘l chastotalarning saqlanishi va yangi texnologiyalarga 
operatorning texnik quvvatlarini oshirish yo‘li bilan bosqichma-bosqich o‘tishni 
ko‘zda tutadi. UMTS bu mutlaqo yangi standart, shu bilan bir vaqtda 3G uchun 
taqdim etilgan CDMAning ko‘rinishi sifatida hozirda dunyoda ishlatilayotgan 
ikkinchi avlod cdmaOne (IS-95) texnologiyalarining rivojlanishi hisoblanadi. 
Hozirgi 
vaqtda 
3G 
tarmoqlar 
deyarli 
butun 
dunyoda 
ishlatilmoqda. 
Asosida uchinchi avlod aloqa tarmoqlari quriladigan sotali aloqa asosiy 
standartlarini 
ko‘rib 
chiqamiz. 

Yüklə 347,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin