Shakllantiriladigan kompetensiyalar: TK1. TK2. TK3. TK4. TK5. FK1. FK2.
Ko`rgazmalilik: 10 – sinf “Davlat va huquq asoslari” darsligi, me`yoriy material: “O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” mavzuga mos rasmlar, doska bo`r. Dars turi: aralash; Dars uslubi: “Nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llay olish”. Darsning borishi: Tashkiliy qism:2 daqiqa. Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilar e`tiborini darsga jalb qilish, dunyoda jumladan O`zbekistondagi eng so`ggi yangiliklardan o`quvchilarni voqif etish. Uyga vazifani so`rash: 13 daqiqa. Bu “Aqliy hujum” usulida olib boriladi: 1.BMT qachon va qanday maqsadda tashkil etilgan?. 2BMT ishtirokchisi bo`lgan davlatlar nizolarni hal etishda asoslanadigan qoidalarni ayting. 3.BMT asosiy tashkilotlarini sanang, ularning vazifalarini aytib bering. 4.Davlatlar o`rtasidagi nizoli masalalarni hal etishda BMT xalqaro sudi qanday rol o`ynaydi? 5. BMTning bolalar huquqlarini himoya qilish bo`yicha faoliyati to`g`risida hikoya qiling? 6.BMT yordamida hal etilgan qanday nizolarni bilasiz? Yangi mavzuni bayoni: 15 daqiqa. Bu “kichik ma`ruza” usulida quyidagi reja asosida olib boriladi: Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish mexanizmiga milliy qonunchilk va xalqaro huquqqa oid qonunlar kiradi. Jumladan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari. BMT, Bolalar huquqlarini himoya qilish tashkilotlari shular jumlasidan. Mustahkamlash: 10 daqiqa. Mavzu “Aqliy hujum” usulida mustahkamlanadi: 1.Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish mexanizmlariga nimalar kiradi? 2.Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish qanchalik muhim? 3. “Konstitutsiyaviy kafolat” degan tushunchaning mazmun mohiyatini tushuntirib bering. 4.O`zbekistonda inson huquqlarini qanday qo`shimcha milliy mexanizmlari yaratilgan? Ular qaysi vazifalarni bajaradi? 5.Nima uchun insonga kasbiy bilimlar bilan birgalikda huquqiy bilimlar ham zarur? 6. “Fuqarolarning murojaatlari to`g`risida”gi qonun qachon qabul qilingan?