MS Excel. «=СРЗНАЧ(А3:DЗ) formula qiymati 5 ga teng. Agar D3 yacheykaga 6 yozilgan bo‗lsa, СУММ(А3:С3) ni toping.
MS Excel dasturini ochamiz. Bizda kataklar uchun qiymat berilmagani uchun, ozgina mantiqan o`ylaymiz. СРЗНАЧ funksiyasi o`rta arifmrtik demakdir. Demak, o`rta arifmetik javobi besh. O`rta arifmetik 2 ta raqam orqali topilgani uchun uni 2 ga ko`paytiramiz. Javob: 10. D3 katakda 6 yozilganligi ma`lum, demak A3 katakda 4 soni yozilgan. Endi hoxlagan katagimizga
=СУММ(А3:С3) formulasini kiritamiz va ENTER tugmasini bosamiz. Bizda natija tayyor:
Formulaningqiymati: 10 ga teng
BILET
Elektronpochta.
Internet tizimining ajralmas qismi bo‗lgan elektron pochta jadallik bilan oddiy pochta o‗rnini egallab bormoqda. Chunki electron pochta orqali yuborilgan xabar dunyoning istalgan yeriga sanoqli daqiqalarda yetib boradi. Hozirgi kunda millionlab kishilar elektron pochta xizmatidan samarali foydalanmoqda. Ularning soni kun sayin ortib borayapti. Elektron pochta oddiy pochtaning asosiy kamchiligi bo‗lgan tezlik muammosini hal qilibgina qolmay, matn, turli chizmalar bilan bir qatorda tovushli va video xabarlar yuborish imkonini ham beradi. Elektron pochta foydalanuvchilari o‗z elektron manzillariga ega bo‗lib, uni websahifa manzilidan oson ajratish mumkin: <foydalanuvchi nomi>@<pochta serveri nomi>. Elektron pochta manzilida albatta «@» («tijoratdagi et» yoki boshqacha nomi «kuchukcha») belgisi qatnashadi. Masalan, rtm@xtv.uz.
PhotoShopda Mo‗yqalam bilan ishlash.
PhotoShop foydalanuvchilari orasida fotograflar bilan birga dizaynerlar, rassomlar ham ko‗p uchraydi. Ular uchun tayyor rasmlami qayta ishlash bilan birga yangi tasvirlami yaratish ham muhim. Buning uchun chizish uskunalaridan foydalanish kerak bo‗ladi. PhotoShopda chizish uskunalaridan (Mo‗yqalam), (Qalam) va (Chiziq) mavjud bo‗lib, ular yordamida mos ravishda chiziqlami chizish, sohalami bo'yash va tasvirga tayyor geometrik shakllarni kiritish
mumkin. Bundan tashqari, tasvirlarga vektor grafika elementlarini joylash uchun Ilepo (Pat) deb ataluvchi uskuna ham mavjud. Mo'yqalam va qalam uskunalari uskunalar panelida bitta tugma ostiga joylangan. Bu tugma uskunalar panelining to‗rtinchi qatori ikkinchi ustunida joylashgan. Uning ustiga sichqonchani olib kelib, o‗ng tugmasini bossak, unga mos uskunalar ro‗yxati chiqadi. Bu uskunalami chaqirish uchun klaviaturada lotin harfi B ni bir yoki bir necha marta bosish ham mumkin: