Darsda foydalaniladigan metodlar: o’ylang juftlikda bajaring, FSMU, Nima uchun? metodlari
Dars jihozi: 1. 5 sinf “Vatan tuyg’usi ” darsligi
2. Mavzuga oid rasmlar,
3. Doska , bo’r, daftar , ruchka
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
II .O’tilgan mavzuni takrorlash
Siz timsol deganda nimani tushunasiz?
Vatanning rasmiy timsollari haqida gapirib bera olasizmi?
O'zbekistonning davlat ramzlari qaysilar?
O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ida nimalar aks etgan?
Davlatimiz gerbini tasvirlab bera olasizmi?
O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini kuylab bering.
Vatanning norasmiy timsollariga misollar keltiring.
Dostları ilə paylaş: |