Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning mazmuni, shakli va metodlari



Yüklə 221,5 Kb.
səhifə2/12
tarix17.07.2023
ölçüsü221,5 Kb.
#136760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning mazmuni, shakli va metodl

Kurs ishining maqsadi: Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning mazmuni, shakli va metodlarini aniqlash.
Kurs ishining ob’ekti: Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning mazmuni, shakli va metodlaridan foydalanish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning mazmuni, shakli va metodlaridan foydalanish mazmuni.
Kurs ishining vazifalari:
1. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning mazmuni, shakli va metodlaridan foydalanish hozirgi holatini o’rganish.
2. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning mazmuni, shakli va metodlaridan foydalanish omillarini aniqlash.
3. Maktab, oila va jamoatchilik hamkorligida bolalarni tarbiyalash shakl, metod va vositalarni belgilash.
Kurs ishining tarkibi: Kirish, Asosiy qism 3-bo’lim xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


I.Bob. SINFDAN TASHQARI TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL QILISHNING ILMIY VA NAZARIY ASOSLARI.
1.1. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning ilmiy asoslari.
Maktabning o’quvchilar bilan olib boradigan o’quv mashg’ulotlaridan tashqari xilma-xil ta’lim-tarbiya ishlari sinfan tashqari ishlar nomini olgan. Sinfdan tashqari ishlar maktab ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini yo’lga qo’yish shakllaridan biridir.
Sinfdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda ko’ngillilik asosida tashkil qilinadi. O’quvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o’zlarini qiziqtiradigan mashg’ulotlarni tanlab olishadi ularda mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi.
Maktab va sinfdan tashqari muassasalarning tashkiliy ishlarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishni talab etmoqda. Sinf tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan tashqari, tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo’lishi lozim:
– pedagoglar va o’quvchilar o’rtasida o’zaro hurmat munosabatlarini shakllanganlikning o’ziga xos an’ana vositalariga tayanish;

  • ulg’atgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o’smir va yosh yigitning betakror va o’ziga xosligini hurmatlash, ijtimoiy huquqini e’tiborda tutish zarur.

Sinfdan tashqari ishlarni to’la qamrab olgan to’garaklar bir necha xilda bo’lishi mumkin:
a) fan to’garaklari;
b) mohir qo’llar to’garaklari;
v) duradgorlik to’garaklari;
g) sport to’garagi;
d) badiiy havaskorlik to’garagi.
O’rta umumta’lim maktablarida bu ishlarni sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi. Sinf rahbari to’garak rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil bo’lgan o’z o’quvchilarini biror to’garakka a’zo bo’lishga chorlaydi.
Sinfdan tashqari tashkil qilingan ishlar o’quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to’ldiradi. Ularni dunyo qarashini to’g’ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog’lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko’p qirralidir.4 Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:
– darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish;
– o’quvchilarning sinfdan tashqari ko’p qirrali ishlarni pedagogik jamoa, o’quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo’lga qo’yish;
– sinfdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda, o’qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalar, o’quvchilar tashkilotlari, sinf faollariga uslubiy yordam ko’rsatish;
– umummaktab va maktablararo o’tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish;
– o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish;
Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini ko’rish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma’muriy.
Bular ko’pincha o’zaro uzviy bog’langan holda namoyon bo’ladi.
Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator ishlarni kiritish mumkin:
– tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan yutuq va kamchliklarni tahlil qilish;
– tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash;
–tarbiyaviy, ommaviy-siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmuni, shakl va usullarini aniqlash;
– sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni guruhlashtirish, boshqaruvchi shaxslarni aniqlash.
Maktabda tarbiyaviy ishlarni aniq rejalashtirmasdan uning mazmuni, shakl va usullarini aniqlamasdan, ma’lum bir tizimga solmasdan turib ko’zda tutilgan maqsadga erishish qiyin.
Sinfdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta’siri ko’p darajada o’quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o’quvchilar jamoachining xilma-xil ishlarni qanday yo’lga qo’yishga bog’liqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlari har xil o’quvchilarni ihtiyoriy ravishda birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib kiradi.5
Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir. Bu faoliyat ilmiy jamoa, adabiy va maktab teatrlarining ishlari, turli mavzularda o’tkaziladigan kitobxonlar konferentsiyasi va munozaralar, siyosiy, axloqiy, ilmiy-ommabop va mehnat mavzularidagi ma’ruza va suhbatlar, ijtimoiy-foydali mehnat, siyosiy axborot, bayoram kechlari va ertaliklari, to’garak mashg’ulotlarini o’z ichiga oladi.
O’quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o’z mazmuniga ko’ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. CHunki sinfdan tashqari ishlarda olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi va shu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi.
O’quvchilar sinfdan tashqari ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadi, turli vazifatlarga duch keladilar. Shuning uchun ham o’quvchilarning sinfdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat doirasi keng va ma’naviy o’sishi samarali bo’ladi. Sinfdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o’quvchilar jamoada ishlashni o’rganadilar ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish mehnatiga qo’shiladilar, jamoatchilik fikriga bo’ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga odatlanadilar. Sinfdan tashqari faoliyat unda qatnashuvchilarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi hamda yosh xususiyatlariga ko’ra belgilanadi. Bu jarayonga ular ta’lim olayotgan maktabning sharoiti ham ta’sir etadi. Garchand mamlakatimizdagi barcha maktablarning vazifalari bir bo’lsa-da, o’sha maktablarning o’ziga xos xususiyatlari bor va bu xususiyatlr madaniy va milliy sharoitlarda yaqqol ko’rinadi. Tarbiyachilar, sinf rahbarlarining sinfdan va maktabdan tashqari olib boradigan tarbiyaviy ishlarida quyidagi ish usullaridan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.
1. Og’zaki ish usullari. Turli axborotlar, majlislar, ertalabki yig’inlar, ma’ruzalar, kitobxonlar konferentsiyalari, munozaralar, uchrashuvlar, og’zaki gazetalar, radiojurnallar.
2. Amaliy ish olib borish usullari, turli joylarga sayyohtlar, sport musobaqalari, olimpiada, iztoparlar ish foaliyati, yosh tabiatshunoslar to’garaklari, shanbaliklar.
3. Ko’rgazmali ish usullari. Maktab muzeylari, urush va mehnat qahramonlari xonasi, yangi kitoblar ko’rgazmalari.
Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qolibiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. CHunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo’lishlari lozim.
O’zbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda o’z mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yo’liga ega bo’lishi, xalq xo’jaligining turli sohalarida, jumladan xalq ta’limi tizimida ham o’sib kelayotgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi bilan borliq jarayonini qayta ko’rib chiqishni taqozo etmoqda.6
Hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng so’nggi yutuqlari asosida kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida»gi farmonida ko’rsatilganidek, jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo’nalishlarini topib joriy etishga bog’liq. Ushbu Kontseptsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo’naltirilgan.
Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo’lgan barcha g’oyalar qaytadan ko’rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to’plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi.7

Yüklə 221,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin