Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari. Reja



Yüklə 30,86 Kb.
səhifə6/6
tarix14.04.2023
ölçüsü30,86 Kb.
#97979
1   2   3   4   5   6
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari

Maktabdan tashqari ishlar


Maktabdan tashqari ishlar bolalarning yoshi va qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularni ihtiyoriy ravishda, aktiv va mustaqil qatnashishlari sharoitida tashkil qilinadi.
Rayon, shahar, o’lka va respublika hamda maktab o’quvchilari saroylari va uylari – ancha keng tarqalgan maktabdan tashqari muassasalardir. Ular xalq maorifi organlari rahbarligi ostida ishlaydilar.
Maktabdan tashqari mussasa bolalar kutubxonasining ishi diqqatga sazovor. Bolalar kutubxonalari maktablarning I-VIII sinflari o’quvchilariga, shuningdek, maktabgacha tarbiya yoshidagi kitob o’qiy oladigan bolalarga xizmat ko’rsatadi. Kutubxonaning butun ishi bolalarga yaxshi tarbiya berishga, fan asoslarini o’rganishda o’quvchilarga yordamlashishga, bolalarda o’qish madaniyatini tarbiyalashga, mustaqil ravishda bilim olish malakalarini hosil qilish va mustahkamlashga qaratilgan.
Ko’pgina maktabdan tashqari muassasalarning ishlari misolida, maktabdan tashqari muassasalar o’quvchilar bilan olib boriladigan t’lim- tarbiya ishida maktab va oilaga jiddiy yordam bermoqdalar degan xulosaga kelish mumkin. O’qituvchi muayyan aholi yashaydigan joyda maktabda qanday muassasalar borligini bilib, ular bilan hamkorlikda qilinadigan ishni yo’lga qo’yadi, o’quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularni to’garaklarga yo’llaydi. Maktab bolalalari bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishni rejalashtirishda maktabdan tashqari muassasalardan olishi mumkin bo’lgan yordamni ham nazarda tutadi. Maktabning tarbiyaviy ish rejasini bolalar muassasalarining rejasiga moslashtirish zarur. Maktabtarbiyaviy ish rejasini o’quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqarida olib boriladigan ishlarning forma va metodlarini, ularni oqilonayo’lga qo’yishni o’z ichigaoladi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar tashkilotchisi, maktab tarbiyaviy ishining umumiy rejasini tuzadi hamda o’quvchilarga har tomonlama tarbiya berishda maktab o’qituvchilari, maktabdan tashqari muassasalar hamdamaktabni otaliqqa olgan tashkilotlarning ishlarini bir-biriga muvofiqlashtiradi.
Tarbiya jarayonining mazmuni bolalarga beriladigan ma’naviy axloqiy bilimlar tizimi, ishonch, e’tiqod, intizom, xulq-atvorni bir butun holatini tashkil etadi. Mustaqil O’zbekistoning, istiqlol va istiqboli uchun fidoiylik ko’rsatuvchi avlodni tarbiyalash mazmuni tamoman o’zgacha xarakter kasb etmoqda:

  • fuqarolik demokratik jamiyatni barpo etish mohiyatini anglab oluvchi;

  • vatanini har doim turli oqimlardan himoya yetuvchi;

  • diniy bag’rikenglik va mehr-muravvatli bo’lish;

  • davlat siyosatini tushunish unga fidoiy bo’lish;

  • o’zligini anglash, ajdodlar merosini qadrlash;

  • yuqoridagi komil insonga xos sifatlarni tarbiyalashda;

  • maqsadni aniqligi va uni to’g’ri yo’naltirish madaniyati;

  • tarbiyachi-o’qituvchi va tarbiyalanuvchini hamkorlik faoliyati;

  • o’zini anglash, mustaqil fikrlovchi e’tiqodligi va ixtiyorlik.

Maktabgacha ta’lim muassasa tarbiyachilarini tarbiyachilik faoliyati va uni amalga oshirish metodikasini «Uchinchi ming yillikning bolasi» qo’llanmasidan foydalanishni tavsiya etamiz.
Tarbiyaviy ishlarning mazmunida bir butun yondashishdan bosh maqsad, “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoiyllari dasturi”dagi g’oyalarni bolalarning ongida o’ziga xos va mos ravishda singdiradi.

  • Xalqimizning boy ma’naviy, an’ana, udum, urf-odatlar va ajdodlarimiz merosidan foydalanish.

  • O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi, adolat, haqiqat va erkinlikni, ishonch-e’tiqodni tarbiyalash.

  • Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi mohiyatini izohlash.

  • Mehrli-muruvvatli va bag’rikenglik.

Ayniqsa bog’cha va kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatlari o’ziga xos xususiyatga ega: o’quvchilarda hayotiy tajribalarning kamligi, o’quv-tarbiya jarayonida hodisalarga qiziqish, «yaxshi», «yomon» harakatlarga chuqur munosabat bildira olmasligi kabilar.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining dars va darsdan tashqari tarbiyaviy faoliyatini rejalashtirish o’ziga xos qoidalarga egadir:

  1. Har bir sinf jamoasining tarbiyalangan darajasini o’rganish.

  2. O’quvchilarning oilavny hayoti, ota-onaning farzand tarbiyalashdagi burchi va vazifasini qanday his etishi.

  3. Kundalik o’zgarishlarga o’quvchilarning munosabati.

  4. O’quvchilarning sharqona milliy urf-odat, an’analar haqidagi bilim darajasi.

  5. Qomusiy ma’rifatparvar, mutafakkirlar hamda hozirgi zamon shoir, yozuvchilarning ijodiyotidan namuna bilishlari. Mazkur qoidalar bog’chada sodda holdaqo’llaniladi.

Yuqoridagilarni aniqlashda suhbat, anketa usullaridan foydalanish o’rinlidir. SHundagina har bir o’qituvchi-tarbiyachilarning betakror, bir- biriga o’xshamagan tarbiyaviy tadbir rejalari bunyodga keladi. Bunday rejalar tarbiyaviy ta’sirga ega bo’lib maqsadga erishtira oladi.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1. R.A.Mavlonova, B.Normurodova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O‘quv qo'llanma. Toshkent, “Fan” 2008 y.
2. R. MavIonova, N.Rahmonqulova, B.Normurodova, K.Matnazarova Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Darslik Nizomiy nomidagi TDPU Riziografida nashr qilindi. Toshkent, 2014 u
3. K.Xoshimov, S.Ochilov. 0‘zbek pedagogikasi antologiyasi.O‘quv qo‘llanma.T:.0‘qituvchi 2010-yil
4. R.A.Mavlonova, N.H.Vohidova, N.H.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010-yil



Yüklə 30,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin