Tuproq kolloidlari haqida tushuncha, tuzilishi tarkibi.Tuproq kolloidlari, ularning hosil bo’lishi va tarkibi. Tuproq paydo bo‘lish jarayonlari natijasida turli tog‘ jinslari, minerallar va organik moddalarning to‘xtovsiz maydalanishi va parchalanishi yuzaga keladi, hamda tuproq tarkibida zarralar aralashmasi- dispers sistema hosil bo‘ladi. Dispers sistemadagi o‘lchami 0,2 dan 0,001 μ (mikron) gacha bo‘lgan zarrachalarga tuproq kolloidlari deyiladi. Ularning miqdori har xil bo‘lib, tuproq massasiga nisbatan 1-2 dan 30-40 foizgacha o‘zgarib turadi. Tuproq kolloidlari ham boshqa barcha kolloidlar singari xossalarga ega bo‘lsa-da, ayrim xususiyatlari jumladan, ularni tashkil etuvchi moddalarning sifat tarkibi bilan farq qiladi. Odatda zarrachalar o‘lchami 1 mikrondan kichik bo‘lganda kolloid xossasi ro‘y beradi. Shuning uchun kolloidlarga qadarli fraksiyalar (1-0,2μ) ham ajratiladi. Kolloidlar xossasiga ega bo‘lgan barcha zarrachalar yig‘indisiga tuproqning kolloid kompleksi yoki K.K. Gedroys bo‘yicha tuproqning singdirish kompleksi (TSK) deyiladi.
Tuproqning singdirish kompleksi jumladan kolloidlar tuproqda kechadigan moddalarning singdirishi va almashinishi kabi jarayonlarida bevosita ishtirok etadi. Tuproqning turli qattiq, suyuq va gazsimon moddalarni o‘zida singdirishi yoki kolloidlar yuzasida ular konsentrasiyasini oshirish xossasiga t u p r o q n i n g s i n g d i r i sh q o b i l i ya t i deyiladi.
Tuproqning eritmadan ba‘zi moddalarni o‘zida singdirib qolish qobiliyati uzoq o‘tmishdan ma‘lum. Yunon olimi Aristotel (eramizgacha 384-322 y) va XVI asrda Bekon Berberi sho‘r suvni tuproq qatlamlari orqali o‘tkazib, chuchuk suv olish tajribalarini o‘tkazadi.
Angliyalik olimlar Tompson va Spens 1845 yilda dastlabki laboratoriya tadqiqotlarida tuproqda almashinish qobiliyatiga ega bo‘lgan asoslar borligi ko‘rsatib o‘tildi. Angliyalik olim D.T.Uey tuproq eritmadagi birikmalarni tuz holida emas, balki tuzlarning asoslarinigina singdiradi; tuproq bilan eritma orasidagi almashinish reaksiyasi juda tez-darhol va ekvivalent miqdorida bo‘ladi. Agar eritmada erkin holdagi ishqorlar (NaOH, KOH kabi) bo‘lsa, ular tuproqda to‘liq singdiriladi (adsorbilanadi) degan xulosalarga keldi.
V.V.Dokuchayev, P.A.Kostichev, A.N.Sabaninlar o‘z tadqiqotlarida tuproqning singdirish qobiliyatini o‘rganishga alohida e‘tibor berdilar. Ayniqsa tuproq kolloidlari va singdirish qobiliyatini o‘rganish borasida jahon miqyosidagi yangiliklar bilan boyitgan olim K.K.Gedroysning xizmatlari alohida ahamiyatga ega. Ko‘p yillik ilmiy-tadqiqod ishlarining natijalari akademik K.K.Gedroysning «Tuproqning singdirish qobilyati haqida ta‘limot» (1922) asarida bosilib chiqdi.
31.