O’simlikka oziq elementlarini o’tishida tashqi muhitning ta’siri. Ekinlar hosildorligi va ularga oziq elementlarining yutilishi birinchi navbatda tuproqdagi oziq moddalar miqdori bilan belgilanadi. Oziq elementlar tuproqning eritmasi, organik va mineral qismlarida mavjud bo’lib, ularning eruvchan va almashinib─yutiladigan shakllarigina o’simliklarning oziqlanishi uchun yaroqlidir.
Ekinlar tomonidan oziq moddalarning yutilishiga o’simliklarning biologik xususiyatlari va tuproq xossalari (unumdorlik, organik moddalar miqdori, mexanikaviy va mineral tarkiblar, harorat, aeratsiya, pH, eritma konsentratsiyasi) kuchli ta’sir ko’rsatadi.
18. O’SIMLIKLARNING ILDIZDAN OZIQLANISHI O’simliklarning ildizdan oziqlanishi mineral oziqlanish deb ham yuritiladi. Bu tushuncha bir─biri bilan uzviy bogiangan quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi.
O’simliklarning ildiz tizimi tuproqning o’zlashtirishga layoqatli oziq moddalar zaxirasi to’plangan qatlamda rivojlanib (xemotropizm), o’z nordon ajratmalari bilan tuproq qattiq fazasiga ta’sir qiladi, singdirish kompleksi, TSK) tomonidan almashinib singdirilgan oziqa ionlarini eritmaga siqib chiqaradi va suvda qiyin eriydigan birikmalarni qisman eritadi.
Ildiz yuzasidagi bir qator fermentlar tuproqning mineral va organik moddalarini parchalash (gidroliz) da ishtirok etadi.
Ildiz tizimining faol yuzasi bilan muloqotda bo’ladigan tuproq eritmasi tarkibidagi ayrim tuzlar diffuziya yo’li bilan yutiladi.
Diffuziya va ionlarning almashinuvchan adsorbsiyasi natijasida hujayra qobig’i harnda protoplazma membranasiga surilgan tuzlar ildiz tukchalari tomonidan yutiladi.
Singdirilgan ionlar protoplazma ichida akkumulatsiyalanadi va ildizda ketadigan sintezlanish jarayonlarida ishtirok etadi.
Barg va ildizda sintezlanadigan organik moddalar o’zaro almashinadi.
Ildiz orqali yutilgan mineral moddalar ksilema bo’ylab o’simlikning yer usti qismiga qarab harakatlanadi va bunda mineral hamda organik moddalarning bir qismi tuproqqa ajraladi.
Yutilgan ayrim moddalar qari barglardan yosli barglarga, vegetativ organlardan reproduktiv organlarga oqib o’tish yo’li bilan o’simlik tanasida qayta o’zlashtiriladi — reutilizatsiya.
16. O’simliklarni oziqlanishi haqida tushuncha.Yashil o’simliklarning oziqlanishi bir paytning o’zida ikki sferada sodir bo’ladi. Ularning ildizlari bilan tuproqdan suv va unda erigan mineral tuzlarni olsa, poya va barglari yordamida atmosferadan CO2 gazini o’zlashtiradi. O’simliklarda bir butun oziqlanish jarayonining ikki tomoni bo’lgan havodan oziqlanish (fotosintez) va ildizdan (mineral) oziqlanish farqlanadi.