Sistema erkinlik darajasining qaysi qiymatida geometrik o'zgarmas bo'lishi



Yüklə 13,77 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü13,77 Kb.
#211932
test jovoblari


Sistema erkinlik darajasining qaysi qiymatida geometrik o'zgarmas bo'lishi
mumkin? W=0
Inshootlarning kinematik analizi nima uchun bajariladi? Ishoatlarning geometrik ozgarmas yoki ozgaruvchanligini aniqlash
Qanday yukka dinamik yuk deyiladi? Vaqt o'tishi bilan qiymati va yo'nalishi tez
o'zgaradigan yukka
Inshootlarga qo'vilish joyiga ko'ra yuklar qanday turlarga bo'linadi? Qo'zg'almas va harakatlanuvchi yuklarga
Ikki diskni o'zaro qanday tutashtirishda o'zgarmas sistema hosil bo'ladi? Agar disklar bir nuqtada kesishmaydigan va bir-biriga parallel bo'Imagan uchta sterjen bilan bog' langan bo'lsa
Arkali sistema balkaga nisbatan qanday afzalliklarga ega? Arkali sistemalarda eguvchi moment qiymati kam, shu sababli ular iqtisodiy tomondan afzal hisoblanadi
Tugunlarni ajratish usulida tekis ferma tuguni uchun nechta muvozanat tenglamalarini tuzish mumkin? 2
Kuchlar ta'sirining mustaqillik prinsipi deganda nima tushuniladi? Kuchlar sistemasining birgalikdagi ta'siridan hosil bo'lgan natija har bir kuchning alohida ta siridan hosil bo'lgan natijalarning yig'indisiga teng
Uch sharnirli sistema zo'riqishlarining qiymatlari ta'sir chiziqlari yordamida qaysi formula bilan aniqlanadi? Rasmda
Qanday elementga sterjen deyiladi? Uzunligi kondalang kesim o'lchamlariga nisbatan bir necha marta kichik bo'lgan elementga
Qanday elementga massiv jism deyiladi? Uchta o'lchami ham bir-biridan deyarli farq qilmaydigan inshoot elementiga
Qanday elementga balka deyiladi? Egilishga ishlaydigan to g'ri sterjenga
Zo'riqishlarning ta'sir chizig'i deb nimaga aytiladi? Birlik kuch inshoot bo'ylab harakat qilganida uning ixtiyoriy kesimidagi zo'riqish miqdorining o'zgarishini ifodalovchi grafikka
Qanday yukka harakatlanuvchi yuk deyiladi? Inshootning turli joylariga ta'sir qiladigan yukka
Inshootlar ishlash xususiyatiga ko'ra qanday turlarga bo'linadi? Balka, rama va arka
Fermalar ahamiyatiga ko'ra qanday turlarga bo'linadi? Stropila (tom), kran va ko'prik fermalar
Qo shimcha toq sharnirlar qanday talablarga muvofiq joylashtiriladi? Bir sharnirli oraliqlar ikkinchi oraliqdan boshlab ketma-ket kelishi mumkin
Inshootni struktura jihatidan analiz qilish nima uchun zarur? Sistemaning geometrik o'zgarmasligining analitik sharti yetarli emas
Qanday sistemaga fazoviy sistema deyiladi? Uch o'lchamli sistemaga
Qanday yukka statik yuk deyiladi? Inshoatga ohista, asta-sekin, zarbsiz va vibratsiyasiz ta’sir qiladigan yukka
Yuk tugunlar orqali ta'sir etganda ferma sterjenlarida qanday zo'riqishlar paydo bo'ladi? Bo'ylama kuch
Qanday yukka tarqalgan yuk deyiladi? Yuza yoki bir chiziq bo'yicha tarqalgan yukka
Fermalar tashqi konturining ko'rinishi bo'yicha ko'ra qanday turlarga bo'linadi? Uchburchak shaklli, parallel belbog'li, poligonal shaklli
Inshootlarning mustahkamligi deb nimaga aytiladi? Inshootlarning tashqi kuch ta'siriga buzilmasdan qarshilik ko'rsatish qobiliyatiga
Asosiy balka deb qanday balkaga aytiladi? Zamin bilan kamida uchta tayanch sterjeni bilan bog' langan balkaga
Qanday sistemaga ferma deyiladi? Elementlari sharnirlar vositasida tutashtirilgan geometrik o'zgarmas
Sistemaga
Qo' shimcha juft sharnirlar ganday talablarga muvofiq joylashtiriladi? Ikki sharnirli oraliqlar ikkita sharnirli oraliglar bilan almashinib kelishi kerak
Inshootlarni hisoblash qaysi asosiy xususiyatlariga muvofiq bajariladi? Inshoot materiali mutlaqo elastik va yaxlit deb qabul qilinishiga
Qanday sistemaga statik noaniq sistema deyiladi? Hisoblash qo' shimcha deformatsiyaning bog lanish tenglamalari orqali bajariladigan sistemaga
Zo'riqishlarning qiymatlari ta'sir chiziqlari yordamida qaysi formula bilan aniqlanadi? Rasmda
Inshootlarning hisoblash sxemasini tanlash nimalarga bog‘liq? Inshootlarning o‘zaro bog‘lanishi va elementlarining ishlariga
Eguvchi moment nol nuqtasining abssissasi qaysi formula bilan aniqlanadi?
Qanday sistemaga fazoviy sistema deyiladi? Uch o‘lchamli sistemaga
Sistema erkinlik darajasining qaysi qiymatida geometrik o‘zgarmas bo‘lishi mumkin? W=0
Inshootlar ishlash xususiyatiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? Balka, rama va arka
Fermani hisoblash usullaridan qaysi birini qo‘llash maqsadga muvofiq hisoblanadi? O‘zaro bir-biri bilan bog‘langan tenglamalar sistemasini yechishni talab qilmaydigan usullarni qo‘llash orqali
Qurilish mexanikasi fanining maqsadi nima? Inshootlarni mustahkam, chidamli, maqbul shaklda, tejamli qilib loyihalashdan iborat
Inshootlarning ustuvorligi deb nimaga aytiladi? Inshootlarga tashqi kuch ta’sir etganda o‘zining dastlabki muvozanat holatini saqlab qolish qobiliyatga
Qanday sistemaga arka deyiladi? Siqilish va egilishga ishlaydigan, ikki uchi qo‘zg‘almas qilib biriktirilgan, ikkita egri sterjendan iborat sistemaga
Uch sharnirli arka zo‘riqishlarining ta’sir chiziqlari qanday usullar bilan chiziladi? Zo‘riqishlariningformulasi va ularning nolinchi ordinasidan foydalanib chiziladi
Qanday sistemaga rama deyiladi? Asosan egilishga ishlaydigan, tugunlari bikir va sharnirli qilib biriktirilgan sterjenli sistemaga
Qanday yukka statik yuk deyiladi? Inshootga ohista, asta-sekin, zarbsiz va vibratsiyasiz ta’sir qiladigan yukka
Bo‘ylama kuch nol nuqtasining abssissasi qaysi formula bilan aniqlanadi?
Inshootlarni hisoblash qaysi asosiy xususiyatlariga muvofiq bajariladi? Inshoot materiali mutlaqo elastik va yaxlit deb qabul qilinishiga
Qurilish mexanikasi yuklarning ta'sir harakteriga ko‘ra quyidagi tarkibiy qismlardan iborat? Inshootlar statikasi va dinamikasi
Qo‘shimcha toq sharnirlar qanday talablarga muvofiq joylashtiriladi? Bir sharnirli oraliqlar ikkinchi oraliqdan boshlab ketma-ket kelishi mumkin
Qanday sistemaga ikki sharnirli arka deyiladi? Ikkita qo‘zg‘almas sharnirli tayanchga tayangan egri diskdan iborat sistemaga
Elementlarining o‘zaro birikishi bo‘yicha inshootlar qanday turlarga bo‘linadi? Sharnirli, bikir tugunli va kombinatsiyalashgan
Qanday sistemaga geometrik o‘zgaruvchan sistema deyiladi? O‘zining geometrik shakli va holatini elementlar deformatsiyasiz o‘zgartiradigan sistemaga
Qanday elementga massiv jism deyiladi? Uchta o‘lchami ham bir-biridan deyarli farq qilmaydigan inshoot elementiga
Qanday sistemaga sharnirsiz arka deyiladi? Ikkita bikir tayanchga tayangan egri diskdan iborat sistemaga
Qanday yukka dinamik yuk deyiladi? Vaqt o‘tishi bilan qiymati va yo‘nalishi tez o‘zgaradigan yukka
Sistemaning erkinlik darajasi qaysi formula bilan aniqlanadi? W=3D-2Sh-St
Inshootlarga qo‘yilish joyiga ko‘ra yuklar qanday turlarga bo‘linadi? Qo‘zg‘almas va harakatlanuvchi yuklarga
Uchta diskni o‘zaro qanday tutashtirishda o‘zgarmas sistema hosil bo‘ladi? Agar disklar bir to‘g‘ri chiziqda yotmagan uchta sharnir bilan bog‘langan bo‘lsa
Qanday yukka tarqalgan yuk deyiladi? Yuza yoki bir chiziq bo‘yicha tarqalgan yukka
Ko‘p oraliqli sharnirli balkalar qanday tartibda hisoblanadi? Avvalo eng yuqori qavatdagi balka elementlarining zo‘riqishlari aniqlanadi, so‘ngra pastdagilarning
Qanday sistemaga uch sharnirli sistema deyiladi? Bir-biri bilan o‘zaro bitta sharnir vositasida va zaminga ikkita qo‘zg‘almas sharnirli tayanch yordamida bog‘langan ikki diskdan iborat geometrik o‘zgarmas sistemaga
Ko‘ndalang kuch ta’sir chizig‘i qanday chiziladi? x masofaga muvofiq ko‘ndalang kuchning miqdori birlik kuchning berilgan kesimga nisbatan ikki holati bo‘yicha aniqlanib chiziladi
Yüklə 13,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin