168
genetika haqida umumiy ma’lumot
VI Bo‘LIM
da quyidagi asosiy: geneologik, egizaklar, sitogenetik, biokimyo-
viy,
populyatsion, ontogenetik usullardan keng foydalaniladi.
Endi bu usullarning ta’rifiga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Geneologik (shajara) usuli
ni dastlab F.Galton joriy etgan. Bu
usul mumkin qadar ko‘proq odamlarning nasl-nasabini o‘rga
nib
chiqishdan iborat. Shundan foydalanib, insonning ko‘pgina belgi-
lari, jumladan irsiy kasalliklarining nasldan-naslga o‘tib borishini
aniqlash mumkin bo‘ladi. odamdagi
qobiliyat, iste’dod va boshqa
fazilatlarning rivojlanishi irsiy omillarga bog‘liq ekanligi geneologik
usul bilan aniqlangan. Masalan, musiqa, matematikaga bo‘lgan
iste’dod va qobiliyatlar.
Tarixda qobiliyatli mashhur kishilar ko‘plab yetishib chiqqan
sulolalar, oilalar shajarasi ma’lum. Bunga
bir necha misollar kel-
tiraylik. Muqaddas diyorimiz va dunyo tarixida sharafli o‘rin egal
-
lagan Temuriylar sulolasi insoniyatga buyuk davlat arboblari,
sar
kardalar, olimlar, yozuvchilarni yetkazib berdi. ular orasida
ulug‘ bobokalonlarimiz Amir Temur, Mirzo ulug‘bek,
Zahiriddin
Muhammad Bobur va Akbarshohlar alohida o‘rin tutadi.
Ma’lumki, odamning genotipiga bog‘liq bo‘lgan u yoki bu ruhiy
xususiyatlari, jumladan, iste’dodning yuzaga chiqishi ijtimoiy mu-
hitga ham bog‘liq.
ko‘pgina kasalliklar retsessiv holda nasldan-naslga o‘tishi
geneologik usul yordamida aniqlangan. Jumladan: qandli diabet,
tug‘ma karlik, gemofiliya, shizofreniya (og‘ir ruhiy kasallik)ning
ba’zi formalari.
Faqat
retsessiv genlar bilan emas, balki dominant genlar bilan
belgilanadigan irsiy kasalliklarni braxidaktiliya yoki kaltabarmoqlik,
ko‘z shox pardasining ko‘rlikka olib keladigan irsiy degeneratsiya-
si, sil kasalligiga moyillik kabilar ham
geneologik usul yordamida
nasldan-naslga o‘tishi aniqlangan.
Dostları ilə paylaş: