103
oRGANIZMLARNING INDIVIDuAL
RIVoJLANIShI - oNToGeNeZ
V Bo‘LIM
faqat ko‘payish orqali saqlanib boradi. ko‘payish jarayoni asosida
doimo DNk molekulasining ikki hissa ortishi yotadi. hattoki mito-
xondriya va plastidalar ham hujayra ichida mustaqil holda ko‘paya
olish xususiyatiga ega. Bir va ko‘p hujayrali organizmlar ko‘payi-
shining asosiy usullari jinsiy va jinssiz ko‘payish hisoblanadi.
Jinssiz ko‘payish
. Jinssiz ko‘payish tirik tabiatda o‘simliklar
va hayvonlar orasida keng tarqalgan. Jinssiz ko‘payishda ona
organizmidagi bitta yoki bir nechta somatik hujayralar guruhidan
yangi orga
nizm rivojlanadi. ko‘pchilik
bir hujayrali organizmlar
jinssiz yo‘l bilan ko‘payadi. Bir hujayrali organizmlarning bo‘linib
ko‘payishini quyidagi xillarga ajratish mumkin (31- rasm):
1. Ikkiga bo‘linish.
Ikkiga bo‘linib ko‘payish
sodda hayvonlar-
da ko‘p uchraydi. unga misol qilib amyoba, yashil evglena, tufelka
kabilarning ikkiga bo‘linib ko‘payishini olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: