hujayralari) osmotik konsentratsiyani tenglashtirish uchun bo‘yoqning leykotsitlar
ichiga kirishi natijasida ularning oqimtir–ko‘k rangga bo‘yalganligi ko‘rinadi.
Faol leykotsitlar ham, SHterngeymer–Malbin hujayralari ham siydik
yo‘llarida faol yallig‘lanish borligidan dalolat beradi.
Siydikni bakteriologik tekshirishdan maqsad nafaqat mikrofloralar
xarakterini, balki uning
sonini aniqlashdan iborat, ya’ni bunda 1 ml siydikdagi
mikroorganizmlar soni hisoblanadi. Hozirgi vaqtda shu narsa aniqlanganki,
ko‘pincha sog‘lom odamlar siydigida ham mikroorganizmlarni, shu jumladan
shartli patogenlarni (ichak tayoqchasi va proteyalar) aniqlash mumkin, chunki ayol
va erkaklar siydik chiqarish kanalining distal bo‘limida doimo mikroflora o‘sadi.
Agar, odatda, sog‘lom odamlarning yangi ajralgan 1ml siydigida 2x10
3
dan ko‘p
bo‘lmagan
mikroorganizmlar topilsa, unda buyraklar yoki siydik yo‘llarida
infeksion yallig‘lanish jarayoni paydo bo‘lganda, bakteriuriya darajasi 1 ml
siydikda –10
5
va undan ham ko‘proq mikroorganizmlar sezilarli ko‘payishi
kuzatiladi.
Bakteriologik tekshirish uchun siydikni ayollarda qovuqni kateterlash yo‘li
bilan olish kerak degan singib ketgan fikr noto‘g‘ri, chunki kateterni uretra orqali
o‘tkazgan vaqtda qovuqning infeksiyalanishi sodir bo‘ladi. SHu sababli tekshirish
uchun tashqi jinsiy a’zolar, siydik chiqarish kanalining tashqi teshigi sohasini
antiseptik eritma (furatsillin 1:5000, 2% li borat kislota eritmasi va b.) shimdirilgan
paxta sharcha bilan dastlab sinchiklab tozalagandan keyin mustaqil siyish vaqtida
siydikning o‘rta qismi olinadi. Olingan siydik xona haroratida va 4 soatdan kech
qoldirmay (muzxonada 4
o
S saqlanganda ) ekilishi kerak.
O‘tkir birlamchi pielonefritning (gematogen) tashxisida bakteriuriya
darajasini aniqlash juda muhim. CHunki bu simptom kasallikning birinchi
kunlarida leykotsituriyadan ancha avval paydo bo‘ladi, ba’zi hollarda bu
pielonefritga xos yagona belgi bo‘lishi mumkin.
Bu tekshirishda har xil
soddalashtirilgan usullar qo‘llaniladi, jumladan siydikni qattiqlashtirilgan oziq
muhitiga (agar) ekiladi, uchfeniltetazol xlorid bilan kimyoviy reaksiya o‘tkaziladi,
bunda buyoqning intensivligiga qarab bakteriuriya darajasi to‘g‘risida fikr yuritish,
shuningdek siydik cho‘kmasini mikroskopiya qilish mumkin, fazali kontrastli
uskunalar bilan qilish afzalroq hisoblanadi.
Keyingi yillarda siydikning optik zichligi o‘zgarishiga qarab yoki maxsus
plastinkalar (urikult) yordamida bakteriuriya darajasini 2 – 6
soat davomida
aniqlash mumkin bo‘ldi. Bir vaqtning o‘zida har xil usullar bilan
mikroorganizmlarning antibiotiklarga va kimyoviy dorilarga sezuvchanligini
aniqlash ham o‘tkaziladi.
Bakteriuriyani bakteriologik va bakterioskopik usullar bilan birga qo‘shib
aniqlash muhim ahamiyatga ega. O‘tkir birlamchi pielonefrit bo‘lgan ba’zi
bemorlarda antibakterial dorilarni qabul qilgach, 12–24 soat o‘tgandan keyin
siydigi ekilsa, mikroorganizmlarning o‘sishi
kuzatilmaydi, ammo siydik
cho‘kmasining mikroskopiyasida 1 ml siydikda 10
5
va undan ko‘proq bakteriyalar
borligini aniqlash imkoni bo‘ladi.
Leykotsituriya o‘tkir pielonefritning muhim belgilaridan biri. U anchagina
(ko‘ruv maydonida 30–40 dan ko‘p leykotsitlar) bo‘ladi. Hamma bemorlarda faol
leykotsitlar, ularning yarmidan ko‘prog‘ida SHterngeymer–Malbin hujayralari
aniqlanadi. Ko‘pchilik bemorlarda proteinuriya kuzatiladi, lekin siydikda oqsil soni
1g/l dan oshmaydi. Ba’zida bir oz silindruriya aniqlanib, u yallig‘lanish jarayoniga
buyrakning kalavalar apparati tortilganligini ko‘rsatadi. Qondagi o‘zgarishlar
leykotsitoz, oq qon formulasining chapga siljishi va ECHT ning oshishi ko‘rinishida
kuzatiladi.
YAllig‘lanish intoksikatsiyasining ko‘tarilish darajasi, qon zaharliligining
oshishi, bunda o‘rta
molekulalar, V
2
– mikroglobulin darajasining tobora
ko‘payishi, sodda hayvonlar hayot kechirish vaqtining qisqarishi – qonda
parametsiylar – 20 – 24 daq.dan kam bo‘lishi kuzatiladi.
Birlamchi va ikkilamchi o‘tkir pielonefritda davolash taktikasi prinsipial
ravishda farq qiladi, shuni hisobga olib ularni differensial tashxislash uchun birinchi
navbatda buyraklardan siydik oqimining xususiyatini aniqlash kerak. Agar siydik
oqimi buzilmagan bo‘lsa, unda shartli – birlamchi pielonefrit, agar u buzilgan bo‘lsa
– ikkilamchi pielonefrit bor bo‘ladi. Bunday maqsadlar uchun buyraklarni
ultratovush (kamroq invaziv va kam shikastlaydigan usul sifatida), ekskretor
urografiya, radioizotop urografiya va xromotsistoskopiya tekshiruvlari o‘tkaziladi.
Xromotsistoskopiyada indigokarminning me’yorda
ajralishi buyrakda
birlamchi yallig‘lanish jarayoni borligidan dalolat beradi. Lekin bunday tashxisni
ekskretor urografiya yordamida katta ishonch bilan qo‘yish mumkin, bunda
zararlangan buyrakning funksiyasi me’yorda yoki bir oz pasayganligi va siydik
oqimi uchun to‘siq yo‘qligi aniqlanadi. Tekshirishni hamma vaqt siydik
yo‘llarining umumiy rentgenografiyasidan boshlash kerak.
Dostları ilə paylaş: