Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/23
tarix14.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#177566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
o\'tkir pielonefrit

Etiologiyasi.
Pielonefrit infeksion kasallik bo‘lishiga qaramasdan, uning 
spetsifik qo‘zg‘atuvchisi yo‘q. Pielonefritning sabablari organizmda doimiy 
yashovchi (endogen infeksiya), shuningdek tashqi muhitdan tushuvchi (ekzogen 
infeksiya) mikroblar bo‘lishi mumkin. Pielonefrit bilan kasallangan bemorlar 
siydigidan eng ko‘p ichak tayoqchasi va ichak oldi tayoqchasi aniqlanadi hamda 
proteya guruhi bakteriyalari, stafilokokk, enterokokk, ko‘k yiring tayoqchasi, 
klebsiellalar topiladi. Mikoplazma, viruslar va zamburug‘larning etiologik 
ahamiyati isbotlangan.


YAqinda yiringli yallig‘lanish kasalliklari (panaritsiy, mastit, furunkul, 
angina, pulpit, sinusit, otit va b.) ni boshidan kechirgan bemorlarning siydigidan 
ko‘pincha stafilokokk ajraladi. Sovqotishdan yoki me’da–ichak kasalliklaridan 
keyin pielonefrit paydo bo‘lgan bemorlarning siydigidan ko‘pincha ichak 
tayoqchasi ajraladi. Avval qovuqni kateterlash, buyraklar va siydik yo‘llarida 
operatsiya qilingan yoki asboblar bilan tekshirishlar o‘tkazilgandan (kasalxona 
mikroflorasi) keyin pielonefrit paydo bo‘lgan bemorlarning siydigida proteya 
guruhi bakteriyalari, ko‘k yiring tayoqchalari aniqlanadi. 
Pielonefrit bo‘lgan ba’zi bemorlarda mikroorganizmlar noqulay omillar 
(antibakterial terapiya, antibakterial antitelalar titri balandligi, siydik rN o‘zgarishi) 
ta’sirida o‘zining qobig‘ini yo‘qotishi sababli L–shaklga va protoplastlarga 
aylanishi mumkin. Bunday mikroorganizmlar oddiy oziq muhitlarda o‘smaydi, 
tashqi muhit ta’siriga chidamliroq. Lekin ular uchun qulay sharoit vujudga 
kelganda, yana tegishli vegetativ shakllarga aylanib, kasallikning qaytalanishiga 
sabab bo‘ladi. Protoplast shakldagi mikroorganizmlar paydo qilgan pielonefritni 
davolash ancha qiyin, ko‘pincha o‘tkir pielonefritni surunkaliga o‘tishiga yordam 
beradi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin