anchagina yaxshilashga va pielonefrit xurujini qaytarishga erishiladi. Juda kam
hollarda konservativ davo bu muddatda o‘tkir pielonefritning xurujini qaytarishga
olib kelmasa va uning yiringli destruktiv shakli saqlanib tursa,
unda operativ
davolash – buyrakni nefro – yoki pielostomiya yo‘li bilan drenajlash kerak. O‘z
vaqtida qilingan operatsiya buyrakda og‘ir yiringli jarayon rivojlanishining oldini
oladi va nefropielostoma bor bo‘lishiga qaramasdan homiladorlik tezda me’yordagi
tug‘ish bilan tugallanadi. Nefropielostomik drenajni tuqqandan keyin siydik
yo‘llarining tonusi tiklangungacha (4–6 hafta) saqlash kerak.
So‘nggi yillarda homiladorlarda pielonefrit xurujini qaytarib bo‘lmaganda
buyrakni drenajlash uchun ultratovush nazorati ostida bajariladigan teri orqali
punksiyali nefrostomiya muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Pielonefritning tez–tez
ro‘y beradigan xurujida uning yiringli shaklining profilaktikasi uchun jomni oddiy
kateterlash o‘rniga buyrakka uzoq muddatga(1–2 oy) qo‘yiladigan o‘zini ushlab
turadigan kateter (stent) dan foydalanilmoqda.
Agar siydik nayiga kateter
kiritilganda o‘tib bo‘lmaydigan to‘siq uchrasa, uning sababini aniqlash kerak. Faqat
shunday vaziyatda odatda siydik nayida tosh borligini aniqlash uchun umumiy
urografiya, ko‘rsatmasiga binoan retrograd ureteropielografiya qilinadi. Agar tosh
bor bo‘lib, uning kattaligi mustaqil ravishda chiqib ketishiga ishonch bo‘lsa hamda
u siydik nayining pastki uchdan birida joylashgan bo‘lsa va homiladorlik muddati
katta bo‘lsa (III oylik) siydik oqimini buyrakdan teri orqali punksiyali nefrostomiya
yordamida tiklash maqsadga muvofiqdir. Qolgan hollarda shoshilinch operativ
davo – ureterolitotomiya qilinadi.
Homiladorlar o‘tkir pielonefritini antibakterial davolashning o‘ziga xosligi
ma’lum. Xomiladorlikning 1
uch oyligida tetratsiklinlarni, ular teratogen ta’sir
ko‘rsatishi mumkinligi sababli buyurish mumkin emas. Homiladorlikda
aminoglikozidlarning quloqqa zararli ta’siri borligi sababli buyurish o‘rinsizdir.
Uzoq davolash uchun, tabiiy va yarim sintetik penitsillinlardan tashqari, nitrofuran
qatoridagi preparatlar (0,05–0,1 g/ sut), homiladorlikning 18–20 haftasidan keyin
esa nalidiks kislotasi qo‘llaniladi. Sulfanilamid dorilar chaqaloqlarda sariqlik paydo
qilishi mumkin. SHuning uchun ularni tuqqungacha 10–14 sut ichida to‘xtatish
kerak.
Homiladorlarda o‘tkir pielonefritning oldini olish uchun surunkali
pielonefritga olib keluvchi kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va to‘g‘ri davolash
kerak. Pielonefritning birinchi subklinik belgisi – asimptomatik bakteriuriyasi
bo‘lgan homiladorlarni majburiy davolash lozim. Homiladorlar siydigini har oyda
kamida bir marta bakteriologik tekshirish tavsiya qilinadi. Bunda o‘tkir
pielonefritning paydo bo‘lishi bo‘yicha xavfli guruhga ko‘p bolali, ko‘p suvli,
homilasi katta va chanog‘i tor homiladorlar kiritiladi. Ularda pielonefritning oldini
olish homiladorlikning II va III oyligida buyraklarni
ultratovush yordamida
tekshirib urodinamikaning klinik davrigacha bo‘lgan buzilishini, asimptomatik
bakteriuriyani aniqlash va davolashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: