Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/23
tarix14.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#177566
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
o\'tkir pielonefrit

Prognozi.
Homiladorlar o‘tkir pielonefritida prognozi odatda, yaxshi bo‘ladi. 
Lekin, agar homiladorlik vaqtidagi o‘tkir pielonefrit ilgari o‘tkazgan pielonefrit 
natijasida bo‘lsa, agar tuqqandan keyin to‘liq remissiyaga erishilmasa yoki takroriy 
homiladorlikda o‘tkir pielonefrit paydo bo‘lsa, surunkali pielonefrit rivojlanishi 
oqibatida prognozi yaxshi bo‘lmaydi. 
Apostematoz pielonefrit. 
Bu kasallik yiringli–yallig‘lanish jarayonidan 
iborat. Ko‘proq buyrakning po‘stlog‘ qavatida ko‘p mayda yiringchalar (apostem) 
hosil bo‘ladi. 
Apostematoz pielonefrit ko‘p hollarda ikkilamchi o‘tkir pielonefritning 
asorati yoki bosqichi sifatida paydo bo‘ladi va siydik oqimi buzilmaganda 
(birlamchi o‘tkir pielonefrit) yiringli infeksiya bilan «metastatik» zararlanishi 
ancha kamroq rivojlanadi, infeksiya buyrakka qon oqimi bilan boshqa a’zolardagi 
yiringli o‘choqlardan tushadi. Mikroorganizmlar ko‘proq kalavalarning tomirlar 
xalqasiga va buyrakning oxirgi tomirlariga o‘rnashadi. Bular natijasida hosil 
bo‘lgan bakterial tromblar tariqsimon (miliar) yiringchalar manbai hisoblanadi. 
Ular buyrakning po‘stloq qavatida yuzaki, shu bilan birga to‘g‘ridan–to‘g‘ri parda 
ostida (6.3–rasm) turadi, u erda kattaligi 1–3mm, sariqroq rangda ko‘p yiringchalar 
ko‘rinadi, ular bitta yoki guruh–guruh bo‘lib joylashadi. 


6.3–rasm. Apostematoz pielonefrit. a – buyrakning tashqi ko‘rinishi,
b – kesilgandagi buyrak.
Simptomlari va klinik kechishi. 
Apostematoz pielonefrit uchun, uning 
kechishi ko‘proq siydik oqimining buzilish darajasiga bog‘liq bo‘lib, gavda 
haroratining yuqori gektik bo‘lishi (39–40 
0
S), juda kuchli qaltirash va kuchli 
terlash bilan takrorlanadi, zaharlanish simptomlari (tez kuchayib boruvchi umumiy
holsizlik, bosh og‘rig‘i, taxikardiya, ko‘ngil aynishi, qusish, skleraning 
sarg‘imtirligi, tilning quruq bo‘lishi, adinamiya) ning yaqqol namoyon bo‘lishi va 
tez rivojlanishi xosdir. Odatda qaltirash 10daq. dan 1s gacha davom etadi. 
Ko‘pchilik bemorlarda buyrak sanchig‘i xurujidan yoki bel sohasidagi og‘riq 
kuchaygandan keyin sutkada u bir necha marta takrorlanadi. Qaltirashdan 
birmuncha vaqt o‘tgandan keyin, gavda harorati me’yoriy va me’yorga yaqin 
darajagacha pasayadi, kuchli terlash kuzatiladi, bel sohasidagi og‘riq va siydik soni 
kamayadi.
Apostematoz pielonefritda simptomlarining shunday ketma–ket bo‘lishiga, 
jom–buyrak reflyukslar hisobiga ko‘p sondagi mikroorganizmlarni, ularning 
toksinlari va yallig‘lanish jarayonining mahsulotlarini o‘zida saqlovchi yiringli 
siydikning vaqti–vaqti bilan jomdan qon aylanish tizimiga kirishi sabab bo‘ladi. 
Bu gavdaning yaqqol zaharlanishiga va bemorning ahvoli tezda yomonlashishiga 


olib keladi. Siydik oqimi buzilganda apostematoz pielonefrit, hatto o‘tkir pielonefrit 
rivojlanish paytidan 2–3 sutka o‘tgandan keyin ham paydo bo‘lishi mumkin. 
Zararlangan buyrak sohasini paypaslaganda hamma vaqt bel va qorin oldi 
mushaklarining himoyaviy taranglashishi va juda tez–tez qovurg‘a–umurtqa 
burchagida keskin og‘riq aniqlanadi. Ko‘pincha kattalashgan va kuchli og‘riqli 
buyrak paypaslanadi. Qonda leykotsitlar soni keskin ravishda oshadi, qon 
formulasining chapga siljishi va leykotsitlarning zaharli donachalari aniqlanadi. 
Leykotsituriya 
kasallikning 
boshlanish 
davrida 
bo‘lmasligi 
mumkin. 
Bakteriuriyaning yuqori darajada bo‘lishi eng xarakterli dastlabki simptomi 
hisoblanadi. Keyinroq leykotsituriya faol leykotsitlar bilan paydo bo‘ladi, lekin u 
ko‘pincha ozgina (1 ml siydikda 25.000 gacha leykotsitlar yoki siydikning umumiy 
tahlilida ko‘ruv maydonida 15–20 tagacha leykotsitlar) bo‘ladi, chunki apostemoz 
pielonefritda asosan buyrakning po‘stloq qavati zararlanadi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin