Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/23
tarix14.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#177566
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
o\'tkir pielonefrit

Differensial tashxislash. 
O‘tkir ikkilamchi pielonefritning rivojlanishida 
asosiy omil siydik yo‘llarining to‘silishi bo‘lsa, unda dastlabki klinik simptomi 
zararlangan buyrak sohasidagi og‘riq, ko‘pincha buyrak sanchig‘i hisoblanadi. Bu 
holat o‘tkir ikkilamchi pielonefritni umumiy infeksiyali kasalliklar bilan, o‘tkir 
appenditsit va o‘tkir xoletsistit bilan differensial tashxisini engillashtiradi. 
Buyrakning paypaslanishi, Pasternatskiy simptomining musbat bo‘lishi, dizuriya, 
bakteriuriya, leykotsituriya, siydikda ko‘p sonda faol leykotsitlar bo‘lishi, 
kasallangan tomonda buyrak funksiyasining pasayishi yoki bo‘lmasligi o‘tkir 
ikkilamchi pielonefrit ekanligidan dalolat beradi. Agar uning sababi siydik nayining 
pastki uchdan biridagi tosh bo‘lsa, unda bir qancha hollarda bachadon ortiqlarining 
yallig‘lanishi bilan differensial tashxis o‘tkazish kerak. Qorinning pastidagi og‘riq 
qorin parda chanoq qismining ta’sirlanishi simptomlari bilan birga kuzatilsa, qin 
orqali tekshirilganda bachadon ortig‘ining kattalashganligi va og‘riqli bo‘lishi, 
leykotsituriya va bakteriuriya bo‘lmasligi, siydik passajining buzilmaganligi o‘tkir 
adneksit deb tashxis qo‘yishga imkon beradi. Differensial tashxislashda buyraklarni 
ultratovush bilan tekshirish, ekskretor urografiya va ikkilamchi o‘tkir pielonefritda 


siydik oqimining buzilganligini aniqlaydigan xromotsistoskopiya katta yordam 
ko‘rsatadi. 
Davolash.
Ikkilamchi o‘tkir pielonefritda davolashni buyrakdan siydik 
oqimini tiklashdan boshlash kerak. Bu prinsipial muhim asosiy qoida. 
Siydik nayining kichikroq tosh bilan to‘silib qolishi natijasida paydo bo‘lgan 
o‘tkir pielonefritda, keyinchalik toshning mustaqil ravishda chiqib ketishiga 
ishonishga imkon bo‘lsa, buyrakdagi o‘tkir yallig‘lanish jarayoni boshlanishining 
dastlabki muddatlarida (1 dan 3 kunigagacha) siydik oqimini siydik nayini 
kateterlash yordamida tiklashga harakat qilib ko‘rish mumkin. Agar kateterni 
toshning yonidan jomga o‘tkazishga muvaffaq bo‘linsa va jom ichidagi siydik 
evakuatsiya qilinsa, pielonefrit xurujini to‘xtatish mumkin. Agar buyrak jomini u 
yoki bu sabablar bilan (ko‘pincha siydik nayining tosh turgan joyida o‘tkazib 
bo‘lmaydigan to‘siq bo‘lishi sababli) kateterlash imkoni bo‘lmasa, dorilar bilan
davolash esa birinchi 3 sutka davomida pielonefritning xurujini bartaraf qilishga 
olib kelmasa, unda shoshilinch operatsiya – ureterolitotomiya yoki kam 
shikastlaydigan teri orqali punksiya qilish usuli bilan ( teri orqali punksiyali 
nefrostomiya) buyrakni ultratovush nazorati ostida drenajlash o‘tkaziladi.
Agar jom–siydik nayi segmenti yoki siydik nayi tosh bilan to‘silgan bo‘lib, 
uning kattaligi tezda mustaqil chiqib ketishiga ishonch bermasa, shoshilinch 
operativ davo qilinadi. Bemorni operatsiyaga tayyorlash jarayonida yiringli 
zaharlanishni kamaytirish uchun vaqtinchalik chora sifatida siydik nayini yoki 
buyrak jomini kateterlashga ijozat berish mumkin. Bemorning yoshini va uning 
ahvolini hisobga olib, ayniqsa bolalarda ko‘rsatmasiga binoan kosacha–jom tizimi 
anchagina kengaygan sharoitda teri orqali nefrostomiya qilish maqsadga 
muvofiqdir, bu jomdan siydik oqimini adekvat chiqarishga imkon beradi. 
O‘zini ushlab turuvchi siydik nayi kateteri (stenti)ni qo‘llash nafaqat 
pielonefrit xurujini to‘xtatishga, balki keyingi muddatda buyrak jomidagi toshni 
ekstrakorporal yo‘l bilan maydalashga qilishga imkon beradi. Bundan tashqari
buyrakdan toshni teri orqali punksiyali nefrostomiya (mexanik, maxsus asbob bilan 
) yordamida olib tashlash yoki to‘lqinli zarba bilan (nefrostomik oqma orqali) 


jomda maydalash mumkin. Bu kateter (stent) toshni maydalagandan keyin 
buyrakdan siydik oqimini erkin ta’minlaydi, toshning bo‘lakchalari bilan siydik 
nayining to‘silib qolishi oldini oladi va o‘tkir ikkilamchi pielonefritning 
profilaktikasiga yordam beradi.
Buyrakni siydik nayi kateteri bilan drenajlash jomdan bemalol siydik 
oqimini ta’minlaydi va buning fonida maqsadga muvofiq buyurilgan jadal 
antibakterial davolash bemorning ahvoli yaxshilanishiga, gavda haroratining 
me’yordagi daraja pasayishiga, qaltirashning yo‘qolishiga, buyrak sohasida 
og‘riqning kamayishiga, qonda leykotsitozning tushishiga olib keladi. O‘tkir 
ikkilamchi pielonefritning hujumi sekin–asta to‘xtatiladi. Lekin bemorlarning 
siydigida hamma vaqt ko‘p sonda shilimshiq – yiringli parchalar bo‘lib, ular siydik 
nayi kateterining bo‘shlig‘ini to‘sib, siydik oqimini buzishi mumkin. Odatda, bu 
buyrakda yallig‘lanish jarayonining yana zo‘rayishiga olib keladi va teri orqali 
punksiyali nefrostomiya yoki ochiq operatsiya qilishga ko‘rsatma bo‘ladi. 
Ikkilamchi o‘tkir pielonefritning dastlabki bosqichida (2–3 kuniga), ya’ni 
buyrakda seroz yoki bir oz yiringli yallig‘lanish jarayoni borligiga taxmin 
qilinganda, juda cheklangan ko‘rsatmaga binoan buyrak jomini drenajlamasdan 
jomdan yoki siydik nayidan toshni olish choralarini ko‘rish mumkin. Kasallikning 
ko‘proq kechki muddatida (4–6 kuniga), ya’ni buyrakda yiringli nekrotik jarayon 
paydo bo‘lganda, buyrak yoki siydik nayidan toshni olgandan keyin albatta buyrak 
jomini pielo – yoki nefrostomiya yo‘li bilan drenajlash va bir vaqtning o‘zida 
buyrakni dekapsulyasiya qilish kerak. 
Buyrakda yiringli–yallig‘lanish jarayoni yanada kechki muddatlarda 
organizmning yaqqol zaharlanishi belgilari bilan kechganda operatsiyaning asosiy 
maqsadi buyrakni drenajlash va dekapsulyasiya qilishdan iborat. Ikkilamchi o‘tkir 
pielonefritning kelib chiqishi sabablarini yo‘qotishga esa, (masalan, siydik nayidagi 
toshni olish) agar u operatsiyani qiyinlashtirmasa va bemorning ahvolini 
og‘irlashtirmasa ruxsat etiladi. Buyrakda ko‘p karbunkullar bo‘lganda, uning 
parenximasi yiringli erib ketganda, pionefrozda ikkinchi buyrakning funksiyasi 
yaxshi bo‘lganda nefrektomiya qilinadi. 



Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin