Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/23
tarix14.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#177566
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
o\'tkir pielonefrit

Differensial tashxisi.
O‘tkir pielonefritni ko‘pincha umumiy infeksion 
kasalliklar (sepsis, gripp va b.) hamda o‘tkir appenditsit va o‘tkir xoletsistit bilan
differensatsiya qilishga to‘g‘ri keladi. Kasallikning birinchi kunlarida, ya’ni o‘tkir 
pielonefritning o‘ziga xos klinik simptomlari bo‘lmaganda, odatda differensial 
tashxisda qiyinchiliklar paydo bo‘ladi.
Kasallikni birinchi kunlarida o‘tkir pielonefritning eng muhim belgisi
leykotsituriya kuzatilmaganda bakteriuriya kuzatiladi. Buyrakda yallig‘lanish 
jarayoni chegaralanganda umumiy infeksion kasalliklar bilan differsial tashxisdagi 
qiyinchiliklar ko‘proq kechki muddatda paydo bo‘ladi, chunki qilingan 
antibakterial davo ta’sirida patologik jarayon sekin–asta pasayib boradi va 
kasallikning simptomlari yana ham noaniq bo‘ladi. Bunday hollarda o‘rtacha 
leykotsituriya va siydikda faol leykotsitlarning borligi pielonefritdan dalolat beradi. 
CHuvalchangsimon o‘simta chanoqda joylashganda o‘tkir pielonefrit va 
o‘tkir appenditsitni differensiatsiya qilishga zaruriyat tug‘iladi, bunda siyishning 
tezlashishi – pollakiuriya kuzatiladi. Lekin sekin–asta chov–yonbosh sohada og‘riq 
kuchayishi va qorin pardaning ta’sirlanish simptomlari o‘tkir appenditsit borligi 
to‘g‘risida ko‘proq guvohlik beradi. Bu kasallikda to‘g‘ri ichak orqali 
paypaslaganda kuchli og‘riq aniqlanadi. Odatda, chuvalchangsimon o‘simta 
retrotsekal joylashganda qorin pardaning ta’sirlanish simptomlari bo‘lmaydi, lekin 
og‘riqlar xususiyati va ularning joylashishi appenditsit uchun xosdir. O‘tkir 
appenditsitda o‘tkir pielonefritdan farqli o‘laroq kasallikning boshlanishida og‘riq, 
odatda, epigastral sohada bo‘lib, ko‘ngil aynishi, qusish bilan kuzatiladi, keyinroq 


og‘riq o‘ng yonbosh sohaga o‘tadi. O‘tkir appenditsitda gavda harorati sekin–asta 
ko‘tariladi va yuqori darajada saqlanib turadi, o‘tkir pielonefritda esa u birdan 38,5–
39 
o
S gacha ko‘tariladi, qaltirish va kuchli terlash kuzatiladi, ertalab esa birdan 
me’yordagi darajagacha pasayadi. 
O‘tkir pielonefrit va o‘tkir xoletsistitning differensial tashxisida shu narsani 
e’tiborga olish kerakki, o‘tkir xoletsistit uchun og‘riqning o‘ng qovurg‘a ostida 
bo‘lishi, o‘ng ko‘krak va elkaga tarqalishi, qorin pardaning ta’sirlanish simptomlari, 
og‘izda achchiq ta’m bo‘lishi xosdir. 
O‘tkir pielonefritning sanab o‘tilgan kasalliklar bilan differensial tashxisida 
siydikni tekshirish natijalari muhim ahamiyatga ega. Leykotsituriya, anchagina 
bakteriuriya va siydikda ko‘p sonda faol leykotsitlar bo‘lishi o‘tkir pielonefritning 
patognomik belgilari hisoblanadi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin