Siydik tanosil a’zolarining nospetsifik yallig‘lanish kasalliklari


SHunday qilib, buyrakka bakterial floralar asosan gematogen va



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/23
tarix14.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#177566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
o\'tkir pielonefrit

SHunday qilib, buyrakka bakterial floralar asosan gematogen va 
urinogen (yuqoriga ko‘tariluvchi yo‘l) bilan kiradi
. Mikroorganizmlar urinogen 
yo‘l bilan kirganda buyrakka qaytib kelib, yana umumiy qon aylanishiga tushadi. 
Buyrakning infeksiyalanish yo‘llari 6.1– sxemada ko‘rsatilgan. 
Олиб келувчи артериола 
 
Буйрак калавалари 
Олиб кетувчи артериола
 
Калава базал мембранаси
шикастланиши 
Калаванинг базал 
мембранаси 
Каналча бўшлиғи 
 
Каналча 
Интерстициал тўқимага 
қўзғатувчилар кириши 
Интерстициал тўқима 
Йиғувчи 
найчалар 


6.1– sxema. Buyrakning infeksiyalanish yo‘llari. 
Pielonefrit kelib chiqishi uchun faqat mikroorganizmlarning buyrakka kirishi 
etarli emas, bulardan tashqari umumiy va mahalliy moyillik omillari zarur. 
Organizmning umumiy holati pielonefritning kelib chiqishi va rivojlanishida 
muhim rol o‘ynaydi. Umumiy omillardan eng muhimi immunologik reaktivlik 
hisoblanadi. U ko‘pincha har qanday joyda yallig‘lanish jarayonlari uzoq va sust 
kechgan bemorlarda pasaygan bo‘ladi. Immunologik reaktivlikning kamchiligi – 
pielonefrit qaytalanishiga imkon beradi, organizmning hatto juda kuchsiz virulentli 
infeksiyani yuqtirishini oshiradi. Qandli diabet ham pielonefrit rivojlanishiga 
moyillik tug‘diruvchi omil hisoblanadi. Ma’lumki, qandli diabet bo‘lgan 
bemorlarda pielonefrit 4–5 marta ko‘p kuzatiladi, ko‘pincha buyrak 
so‘rg‘ichlarining nekrozi (nekrotik papillit) bilan asoratlanadi, bu infeksiyaga 
qarshi to‘qimalar mustahkamligining pasayishi va so‘rg‘ichlarning qon bilan
ta’minlanishi yomonlashishi bilan bog‘liq. Bolalarda pielonefrit rivojlanishiga ona 
qornidagi rivojlanishning asoratli kechishi imkon beradi.
Перитубуляр капиллярлар 
Интерстицал тўқиманинг 
қайта инфекцияланиши 
Интерстициал 
тўқима 
 


Pielonefritning rivojlanishiga moyillik beruvchi mahalliy omillardan eng 
ko‘pi uro– va gemodinamika hamda limfa oqimining buzilishi bo‘ladi. 
Siydik oqimi buzilishining asosiy sabablari buyraklar va siydik yo‘llari 
anomaliyalari, ularning shikastlanishi, buyrak va siydik nayining toshlari, prostata 
bezining xavfsiz giperplazisi (adenoma), siydik chiqarish kanalining torayishi 
hisoblanadi. Pielonefrit buyraklar polikistozi, taqasimon buyrak, buyrakning 
qo‘shaloq bo‘lishi kabi anomaliyalari bo‘lgan shaxslarda taxminan 7–10 marta 
ko‘proq, paydo bo‘ladi. Ayollarda asoratlangan homiladorlikda, ginekologik 
kasalliklarda, jinsiy a’zolardagi operatsiyalardan keyin siydik yo‘llarining yuqori 
bo‘limida bo‘shalishning buzilishi kuzatiladi. Siydik oqimining buzilishi ba’zan 
siydik nayining tashqaridan o‘sma hosilasi, yallig‘lanish infiltrati bilan bosilishi 
yoki retroperitoneal fibroz (Ormond kasalligi) rivojlanishi natijasida paydo bo‘ladi. 
Siydik oqimi buzilganda kosacha–jom tizimida va buyrakning kanalchalarida 
gidrostatik bosim oshib, jom–buyrak reflyukslari rivojlanadi. Bundan tashqari, jom 
siydik bilan liq to‘lganda undagi bosim devori yupqa, yumshoq buyrak venalarida 
nisbatan yuqori bo‘ladi, buning natijasida ular qisiladi. Venoz dimlanish buyrakda 
qon va limfa aylanishining buzilishiga olib keladi. 
Venoz dimlanish va stromada shish paydo bo‘lishi natijasida ichki bosim 
ko‘tarilib, to‘qimalar trofikasi buziladi, bu buyrak to‘qimasining infeksiyaga 
qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini pasaytirib, tezda bakteriyalar ko‘payishiga olib 
keladi. 
Mahalliy moyillik omillari orasida qovuq–siydik nayi reflyuksi alohida 
ahamiyatga ega. U ko‘pincha surunkali sistit, infravezikal obstruksiyasi (qovuq 
bo‘yinchasi sklerozi, siydik chiqarish kanalining torayishi yoki qopqog‘i, urug‘ 
do‘mboqchasining gipertrofiyasi, fimoz) bo‘lgan bolalarda, prostata bezi xavfsiz 
giperplaziyasi (adenoma), siydik chiqarish kanalining torayishi yoki qovuqda uzoq 
muddatli yallig‘lanish jarayoni bo‘lgan bemorlarda kuzatiladi. 
Buyraklar va siydik yo‘llarini har xil asboblar bilan tekshirish: sistoskopiya, 
uretrografiya, sistografiya, ayniqsa retrograd pielografiya pielonefritning 
rivojlanishiga imkon beradi. Bunday tekshirishlarning katta xavf tug‘dirishi 


ko‘pchilik antibiotiklarga va kimyoviy antibakterial preparatlarga yuqori darajada 
chidamli gospital (kasalxona) infeksiyaning borligi bilan bog‘liq. Hattoki qovuqni 
oddiy kateterlashga befarq bo‘lish kerak emas, u siydik yo‘llarining 
infeksiyalanishi, keyinchalik uretrit, prostatit, keyin esa pielonefrit rivojlanishi 
bilan asoratlanishi mumkin. Doimiy kateterning qovuqda 24 soat davomida turishi 
100% bemorlarda siydik yo‘llarining infeksiyalanishiga olib keladi. 
Pielonefritning ko‘plab har xil tasniflari mavjud. Rossiya Davlat Tibbiyot 
universitetining urologiya klinikasi ishlab chiqqan pielonefritning tasnifi oddiy va 
buyrakdagi infeksiyali–yallig‘lanish jarayonining har xil bosqichlari va shakllarini 
etarli darajada to‘liq ko‘rsatadi (6.2–sxema). 
6.2 – sxema. Pielonefritning tasnifi. 
Йирингли 
 
Бир томонлама ёки икки томонлама пиелонефрит 
 
Бирламчи 
 
Иккиламчи 
 
Ўткир 
 
Сурункали 
 
Серозли 
 
Некротик 
папиллит 
Фаол 
яллиғланиш
даври 
Латент 
яллиғланиш
даври 
Ремиссия 
даври 
Апостематозли 
 
Буйрак карбункули 
 
Буйрак абсцесси 
 
Буйрак 
қовжираши ёки 
пионефроз 


O‘tkir pielonefrit
buyrak parenximasi va kosacha–jom tizimsining o‘tkir 
yallig‘lanish jarayonidan iborat. U ko‘p hollarda og‘ir infeksiyali kasalliklarga 
o‘xshab kechadi. YAqqol intoksikatsiya bilan kuzatiladi. O‘tkir pielonefrit 
birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Agar bemor ilgari buyraklar va siydik 
yo‘llari kasalliklari bilan og‘rimagan bo‘lsa, bunga birlamchi, agar u buyrakda 
siydik oqimining yoki qon va limfa aylanishining buzilishiga olib keluvchi boshqa 
urologik kasalliklar sababli paydo bo‘lsa ikkilamchi pielonefrit deb ataladi. Bu 
kasallik odamlarning hamma yoshdagi guruhlarida uchraydi, lekin bolalar hamda 
yosh va o‘rta yoshdagi ayollar ko‘proq kasallanadi. O‘tkir pielonefrit buyraklar 
hamma kasalliklarining 10–15 % ni tashkil qiladi. 
O‘tkir pielonefritning morfologik ko‘rinishiga qarab ikki bosqichi farq 
qilinadi: serozli va yiringli yallig‘lanish. Pielonefritning yiringli turi 25–30% 
kasallarda rivojlanadi. 
Buyrakning og‘ir yiringli yallig‘lanish jarayoniga apostematoz (yiringchali) 
pielonefrit, buyrak karbunkuli va abssessi kiritiladi. Bir qancha hollarda kasallik 
so‘rg‘ichlar nekrozi (nekrotik papillit) bilan asoratlanishi mumkin. 
Birlamchi o‘tkir pielonefrit.
 
Buyrak va siydik yo‘llari kasalliklari bilan
og‘rimasdan paydo bo‘lgan pielonefrit shartli ravishda birlamchi deb atalsa ham, 
lekin ko‘p hollarda birlamchi pielonefritga odatdagi tekshirish usullari bilan
aniqlanmaydigan va qisqa muddatli bo‘lsa ham urodinamikaning buzilishi oldin 
bo‘ladi. Birlamchi pielonefritda mikroorganizmlar buyrakka uzoqda joylashgan 
infeksiya o‘choqlaridan gematogen yo‘l bilan kiradi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin